Prikol sherlar

1 aprel kuniga hazil sms va latifalar to‘plami

1 aprel kuniga hazil sms va latifalar to‘plami

1-aprelni kutasiz mushtoq,

Yolg’onchi so’zlarga keltirib e’zoz.

Ajab, o’zingizni tutasiz o’rtoq,

Xuddi 12 oy gapirgandek rost…

1 aprelga hazil sms

Келди кетти таниш билиш, 

Олди кочди гийбат килиш, 

Алдаб сулдаб лагмон илиш, 

Мани ишиммас понел малиш !

Kimni ko‘rma bugun qo‘shiqchi

Тўй ярашар юрт бўлса обод, 

Куй ярашар кўнгил бўлса шод. 

Аммо ёмон кўпайди, ҳайҳот –

Кимни кўрма, бугун қўшиқчи. 

Ёши ўтган раққоса борми, 

Режессёрми ёки актёрми, 

Заргар, табиб, ҳатто атторми, 

Кимни кўрма, бугун қўшиқчи. 

Кимлар эди кеча сухандон, 

Бугун улар ҳофизу хушхон. 

Қўшиқчида кўпми шараф-шон, 

Кимни кўрма, бугун қўшиқчи. 

Дуппа-дуруст шоир, даҳолар, 

Ҳофизман деб қилар даъволар. 

Ўзи куйлаб, ўзи баҳолар, 

Кимни кўрма, бугун қўшиқчи. 

Қолиб кетди бир четда кетмон, 

Қўшиқ айтар тўйма-тўй деҳқон. 

Ашулачи боғбон-у чўпон, 

Кимни кўрма, бугун қўшиқчи. 

Куйлар бугун жўшиб ташмачи, 

Куйлар безори-ю ўғри, босмачи. 

Куйлар ҳатто бузуқ, қўшмачи, 

Кимни кўрма, бугун қўшиқчи. 

Билмас нима дегани – Устоз, 

Билмас нима соз, овоз, пардоз. 

Яна ўшалар зўр, ўшалар мумтоз, 

Кимни кўрма, бугун қўшиқчи. 

Қабрида тик турар Маъмуржон, 

Суяклари қақшар Жўрахон. 

Лол-у ҳайрон эмиш Комилжон, 

Кимни кўрма, бугун қўшиқчи. 

Каримберди Тўрамурод

Kulgi kuni yoki Hazil kuni — aprel oyining birinchi kuni. Koʻp mamlakatlarda shu kuni odamlarni hazil qilib aldash udumga aylangan. AQShda hazil qurboni „aprel ahmogʻi» („April fool») deb ataladi.

Hazil kuni udumi qayerda boshlanganini hech kim bilmaydi.[1] Baʼzi tarixchilar bu odat Fransiyada boshlangan boʻlishi mumkin deb ishonadi. U yerda eski yangi yil bayrami 25-martdan 1-aprelgacha nishonlangan va odamlarning sovgʻa almashishi bilan yakunlangan. 1560-yillarning oʻrtalarida Qirol Charles IX yangi yilni 1-yanvarga surgan. Yangi yilni shundan keyin ham aprelda nishonlaganlar „aprel baliqlari» deb atalgan va ularga hazil bilan masxaralab sovgʻalar yuborilgan.

Hazil kuni yana qadimiy Rim bahor festivali Hilariaga bogʻliq boʻlishi mumkin. Bu bayram Attis xudosining qayta tirilishini nishonlagan.

admin

Share
Published by
admin

Recent Posts

Marja 0 ga intilyapti

Marja 0 ga intilyapti Bozorlar to'yingani sayin, raqobat ham rivojlanib boraveradi, bu jarayonda esa mahsulotlarning…

2 дня ago

Odob va odobsizlik haqida maqollar

Avval salom, bad’az kalom. Odob va odobsizlik haqida maqollar…………………………………………………………………………………………………………………. Bir kattani bil,Bir kichikni bil. Bola…

2 дня ago

Agar siz yordam so’rab qichqirayotgan ayolni orzu qilsangiz

Agar siz yordam so’rab qichqirayotgan ayolni orzu qilsangiz Agar siz yordam so’rab qichqirayotgan ayolni orzu…

3 месяца ago

KONSTITUTSIYA haqida sherlar to’plami bolalar uchun

KONSTITUTSIYA haqida sherlar to'plami bolalar uchun KONSTITUTSIYA Eng sara qonunlardan, Qomusim-oftobro'ya, Yozilgan tilla harfdan, Bizning…

3 месяца ago

Qish fasli haqida eng sara sherlar, (bolalar uchun sheʼr)

Qish fasli haqida eng sara sherlar, (bolalar uchun sheʼr) Qish zavqi (bolalar uchun sheʼr) Tiniq…

3 месяца ago

Notanish qiz uchun ajoyib sher

Notanish qiz uchun ajoyib sher Notanish qiz uchun! Sherlarimda yozilgan bitik. Shunchaki tasodif qofiya halos.…

3 месяца ago