8-mart bayramiga yangi tadbir ssenariysi

8-mart bayramiga yangi tadbir ssenariysi

Maktabgacha talim tashkiloti uchun 8 mart tadbir senariysi. 

Ona-chashma farzandlar ana shu chashmadan oliyjanoblik, ezgulik, umuman insoniylik sharobini shimirib chanqog’ini qondiradilar. Ona aziz va motabar siymo. Onalarimiz haqidagi rivoyatlar, hikoyalar necha asirlar osha ana shu ulug’ siymolarning yaxlit ramzi sifatida saqlanib kelmoqda. Ona buyuk zot. Ona o’zida nafosat latofat, sadoqatni aks ettiruvchi zot.Dunyoga keltirib, to mukammal bo’lgunimizcha rohat farog’atdan kechadi.Olamni munavvar aylagan zot bu Ona. Ona so’zi uch harfdan iborat bo’lib,”O”-oriyat,”N”-Nafosat,”A”-andish degan ma’nolarni bildiradi. Ona go’zallik, donolik timsolidir.

8-mart tadbirlar ssenariysi

Kimdir savol berdi aytgil Muhammad yolg’iz sen rahimsan butgul olamda, kimga ko’p yaxshilik qilay o’zing ayt, ota-onamgani yoxud bolamga?

     Rasul javob qildi tingla birodar, gapimni uch bora quloqqa olgin, imkon topa olsang dunyoda agar eng avval onanga yaxshilik qilgin. Bu hikoyat sharhini o’yladim uzoq rostan ona erur qiblai olam garchan padarimiz biroq Onadan tug’ilgan payg’ambarlar ham.

O’quvchi: Men o’zbekning farzandi Onajonim dilbandi

                    Buvimning asal qandi Otamning jigarbandi

                    Tug’ildam Chirchiqda Oppoq qor yoqqan onda

                    Miraziz Shuhrat o’g’l O’zbek xalqin g’urur

                     Yollayman sizga salom Dildan salom, assalom.

O’quvchi:Go’zal O’zbekistonning

                  Samarqand goshasidan

                  Yollayman salom, onajonlar assalom.

                  Otam meni Sardor deya atadi

                  Elga Sardor bo’lgin deb hamdam

                  Bundan hursand bo’lgan olam

                                  Bundan hursand bo’lgan onam.

O’quvchi: Onajonlar sizga salom Opajonlar sizga salom

                  Barchangizga hurmat ehtirom Ustozjonlar sizga assalom

                  Tug’ilganman Chirchiq shahrida

                  Issiq yozning jazirama qahrida

                  Otam qo’ygan ismim bekzodjon

                  Onam tilar qayda bo’lsang bo’l omon.

O’quvchi:Tilimdan qolmas kalom

                  Mehmonjonlar assalom.

                   Doniyorjon qo’yganlar ismim

                   Bunga yarashar jismim

                   Tug’ildim Gulistonda

                   Bahor, gullar ochigan chog’da

                   Ilm olish maqsadim

                   G’olib chiqish istagim.

O’quvchi:Hatto biz deb onajonim,ayamaysiz joningizni

                  Betashvish-ku mehribonim,yeyolmaysiz noningizni

                  Sizga taqdim qilayin, podshohlarning taxtini

                  Xudoyimdan men tilayin, ikki dunyo baxtini.

O’quvchi:Farzandining oromi uchun,oromini yoqotar ona

                 Bormi dunyoda onadan aziz.

                 Farzandining oyoalariga,tasodifan kirsa bir tikan

                Eng avvalo mushfiq onaning,yuragiga sanchilar ekan.

                Bormi bu dunyoda onadan aziz,       

                ona bilan har bir honadon aziz.

O’quvchi:Gullar olib boray qoshinga,bulbul bo’lib qo’nay qoshinga

                 Bosib o’tgan aziz yoshinga,sadqa bo’lsin jonim onajon.

                Bahtiyorman o’g’il-qiziz ko’p,har biriga aytar so’ziz ko’p,

                Yodgorliging qolar sening ko’p, iftihorim jonim onajon.

          Olamni munavvar aylagan zot bu Ona. Ona so’zi uch harfdan iborat bo’lib,”O”-oriyat,”N”-Nafosat,”A”-andish degan ma’nolarni bildiradi. Ona go’zallik, donolik timsolidir.

                  Ona-chashma farzandlar ana shu chashmadan oliyjanoblik, ezgulik, umuman insoniylik sharobini shimirib chanqog’ini qondiradilar. Ona aziz va motabar siymo. Onalarimiz haqidagi rivoyatlar, hikoyalar necha asirlar osha ana shu ulug’ siymolarning yaxlit ramzi sifatida saqlanib kelmoqda. Ona buyuk zot. Ona o’zida nafosat latofat, sadoqatni aks ettiruvchi zot.Dunyoga keltirib, to mukammal bo’lgunimizcha rohat farog’atdan kechadi.

             Onalar haqqini tirikligida ado etish kerak zero o’lganida qabrtosh qo’ydirishdan ne hojat.        

           Ba’zi farzandlar onalariga tik qarab hattoki qo’l ko’tarishgacha boradilar. Onaning qarzidan hech vaqt qutila olmaymiz. Shu orada bir rivoyat keltirmoqchiman. (sahna ko’rinishi)

          Bir yigit onasini opichlab makka-yu madinaga olib boribdi:

———Ey olloh, men endi onamning qarzidan qutildimmi?

____Sen onang bir kecha bedor bo’lib bir marta bergan oq suti haqqinidan endi qutilding,—deya ollohdan nido kelibdi. Ha buyuk zot ona qadrini ona bo’lganda bilasan deganlari rost.

           Senga dziz mehribon, oq sut bergan onadir.

           Yotsang, tursang soyabon, parvonang shu onajon.

          Yaxshi yomon kuningda, Peshonadan suyuvchi

          Holing ko’rib, bolam deb,ham quvonib kuyuvchi.

         Shu onadir unutma,ta’zimda bo’l eg boshing,

Bir kun qo’ldan ketganda,befoyda to’kkan yoshing.

Onajon qarzdorman,bugun qoshingda,

Senga iliq so’zlar baxsh etgum kelar,

Eng nafis gullarni to’kib boshingdan

Mehring yuragimda naqsh etgum kelar.

Qaylarda bo’lmayin, uzoq yaqinda

Hayollaring ila nafs olaman,mushtiparim,sensiz nur yoqdir.

Sizdan uzoqlashsam, dildan yonaman.

                   Onamni asragin.

Onam mening bxhtim

Mening hayotim,u mening borlig’im, ko’kdagi oyim.

Yuragimda o’chmas mangu bayotim

Xudoyim onamni asragin doim.

Tongda turib menga taxtlar tilagan

O’tirsa tursa ham baxtlar tilagan

Yig’lasam yupatib boshim silagan

Xudoyim onamni asragin doim.

                 Onamga deb.

Hursand bo’ldim—nigoh soldim, olamga deb

O’ynab kuldim, mung yarashmas nolamga deb,

Avvallari so’ramabman, o’zimdan hech,

Nima qildim yolqizgina onamga deb.

Mehri bilan murg’ak jonim o’sar edi,

menga kelgan balolarni to’sar edi.

Yuragimni ming bir armon kesar edi,

Nima qildim yolg’izgina onamga deb

Bol totmadim alla aytgan so’zi kabi,

Vafodor yoq zor-intizor ko’zi kabi

Topolmadim bir mehribon o’zi kabi,

Nima qildim yolg’izgina onamga deb.

Qator-qator uylar soldim, to’ylar qildim

Alvon-alvon kimlargadir gullar terdim,

Ulguraman hali vaqti bo’lar dedim,

Nima qildim yolg’izgina onamga deb.

Omad so’rab olgan edim duosini

Topdim katta dunyolarning dunyosini

Ammo netay pushaymon dil nidosini

Nima qildim yolg’izgina onamga deb.

Jon bo’lmadim jondardlar tuyganida

Jigarimni dog’I bilan kuyganida

Ojiz qoldim ajal uni suyganida,

Nima qildim yolg’izgina onamga deb.

Kechroq qolsam ilhaq bedor kutar edi,

Suv so’rasam darrov choylar tutar edi,

Goh koyinsam—ichlariga yutar edi,

Nima qildim yolg’izgina onamga deb.

Mening g’amim mayus qildi ko’zlarini

Sochini oq, ajin bosdi yuzlarini,

Endi yig’lab, izlad qoldim izlarini,

Nima qildim yolg’izgina onamga deb.

Achchiq- achchiq ko’z yosh aylar ho’l diydamni

Men o’zimga o’zim topdim shul sitamni,

Axir-axir sog’inaman volidamni

Nima qildim yolg’izgina onamga deb.

Onangiz gar bor bo’lsalar, mador bo’ling

G’animat deb xizmatida tayyor bo’ling,

Bobur kabi so’ng o’rtangmang, hushyor bo’ling,

Nima qildim yolg’izgina onamga deb.

                    Onajonim allasi.

Elas-elas esimda, bolaligim pallasi

Ruhimga kuch beradi, onajonim allasi.

Alla, qizim bolajon,tunda uhl;ab tong uyg’on.

Sarviqomat bir qiz bo’l,ulg’ayib quvvatga to’l.

Ovoz beraman mayin, yoqar edi quloqqa,

Ohangiga mast bo’lib, ketar edim pinakka.

Noming azizligin,boisi shunda

Ona barmoqlarin, tafti bor unda.

Gul yuziga yarashar holi, doim boshda turar po’moli

Farzandlarga bahti iqboli, o’zbegimning go’zal ayoli.

Qanchalar quvonamiz, boshimizda erta kech

Onajon parvonasiz,o’g’il qizim, baxtimdir deb bizga ishonasiz.

Onajonim azizam mehribonim yolg’izim,

Kechalari uxlamay alla aytganlar

Bilim, odob o’qitib tarbiya qilgan

Muqaddasim onajon bahtimga bo’ling omon.

Azizlikda yurtim onam barobar

Qaldim to’la ilhomim bor onamga

Umrim bo’yi elim uchun to’kib ter

Hurmatni etay izhor onamga.

Hurmatimni izhor etay onamga,

qoshiqlarim onaizor onamga.

Onam bergan yurak bilan qo’l bilan,

bog’im aro tutdim gullar onamga.

Sen yog’dusan ayol, yog’dularing mehr- muruvvati

Yer yuzin chiroyga ko’msin,also g’am ko’rmasin faqat.

 Sahna ko’rinishi:Onalarni behad ulug’lovchi ularning nuroniy, tiniq siymolarini gavdalantiruvchi ajoyib dostonlar, rivoyatlar ham talaygina.

Quyoshdan so’rashibdi:

Sening haroratingdan zo’roq harorat bormi?

Bor——-javob berdi Quyosh——ona mehri mening taftimdan ham kuchliroq.

O’limdan so’rashibdi: Senga bas keladigan kuch bormi? Bor-debdi o’lim-Ona mehri meni ham chekintiradi.

Daryoi azimdan so’rashibdi: Sendan kuchliroq jonzot bormi dunyoda? Bor-debdi Daryoi azim.Ona mehri mendan kuchliroq.

  Ha, ona mehri toshni eritadi, qahri tog’ni qulatadi daryoni jilovlay oladi.Quyosh – haroratini, oy nurini, hayot go’zalligini onadan olgan

Tabiat tarovati gullar isi,hayot nashidasidan inson ko’rkamligi,odamiyligi, inson aql-idroki, fahm-farosati bari-bari onaizordan.

                     Ona-ona,onajon,jaji nihol gul g’uncham

                     Mehringizdan bol ichaman,so’zlaringiz joylab dilga

                     Otlanaman porloq yo’lga,Siz quvonchim hayajonim,

                     Mehribonim onajonim.

Yurakdagi nozik ilhomim,sizga bugun jonim onajon.

Bag’ishlayman ulug’ ayyomim,doim sizga jonim onajon.

Bag’ishlading jonimga huzur,ko’zlarimga bera olding nur

Deding bolam doim to’g’ri yur,so’zing dilda jonim onajon.

Gullar olib boray qoshinga,bulbul bo’lib qo’nay qoshinga

Bosib o’tgan aziz yoshingga,Sadqa bo’lsin jonim onajon.

Baxtiyorsan o’g’il-qizing ko’p,har biriga aytar so’zing ko’p

Yodgorliging qolar sening ko’p, iftihorim jonim onajon.

Muborakbod etib kuylayin,erkalatib o’pib kuylayin

Dilda mehrim qo’shib kuylayin,gulbahorim jonim onajon.

Sahna ko’rinishi: Ona mehri.

Boshlovchi:Go’zal bir yurt bor emish, gulzor chamanzor emish

                     Bog’da sayrasa bulbul,olam guliston emish.

                     To’satdan bir kun yurtni,har tomondan yov bosdi.

                     Payhon etib ekinni,xalqni qatl etibdi,

                     Yurtda bir ayol qolib, omon qolish hohlarmish,

                      O’g’il qizini quchib,farzandiga jonin berarmish.

                     Bosqinchi shoh ayolni sinab ko’rmoqchi bo’ldi,

                     Uni omon qoldirib,o’g’lin qatl etmoqchi bo’ldi.

Bosqinchi shoh:

Seni o’ldirsam agar,o’g’ling qasdini olar

O’yib olsam o’ng ko’zing,bolang sog’ omon qolar.

Mushtipar ona shu on,kerak bo’lsa ol ko’zim

O’g’lim omon qolsa bas,ishonaver chin so’zim,

Menga ko’zim kerakmas.

Boshlovchi:Jallodlar ona ko’zin,hamon o’yib olishdi

                    Ona churq etmaganin,ko’rib hayron qolishdi.

                    Bosqinchi shoh ko’nmadi,ayolni tinch qo’yishga

                    Chap ko’zini so’radi,endi qizin o’rniga.

                   O’yib olsam chap ko’zing,qizing omon qoladi

                   Ona—kerak bo’lsa ol ko’zim,qizim omon qolsa bas

                   Ishonaver chin so’zim,menga ko’zim kerakmas.

Boshlovchi: Ona berib chap ko’zin,chiqarmabdi bir so’zin

                      Bosqinchi shoh oldida, yoqotmabdi hech o’zin.

                      Bahodirlar qo’zg’alib,shohni mag’lub etibdi

                      Ko’zsiz qolgan onani, yurtga bosh etishibdi.

 Odatda onadi Mehribon volida deymiz.Chunki har bir inson uchun onadan mehribon va yaqin kishi yoq, ona siz bilan bizni dunyoga keltirib, ko’z qorachig’idek asrab-avaylab voyaga yetkazibgina qolmay, hamma vaqt quyosh yanlig’ hayotimizga nur ato etadilar,tunimizni yorug’,yolimizni oydin qiladilar.

             Ona muqaddas ona aziz va mo’tabar siymo. Ona ulug’lik go’zallik donolik timsoli. Ona hayot chashmasi ona shu chashmadir

Onaning bir qo’li beshikni, ikkinchi qo’li dunyoni tebratadi.

Onaning dili og’risa, yer ham titraydi.

Dunyo tor bo’lganda ham,ona bag’ri keng’

Bolaning barmog;I og;risa’onaning yuragi achiydi

Onaning yaxshiligini bemor bo’lsang bilasan

Otasini og’ritgan el ichida hor bo’lur,onasini og’ritgan

Parcha nonga zor bo’lur.

Avaylab bizni, bir parcha go’shtidan,

Inson qiladi onaga ta’zim.

Ona borki bola bor, ona borki alla bor,ona borki olam bor,

Hush kelibsiz hush vaqt bo’ling hamisha hamma vaqt bo’ling, to’ling to’kilmang qatorimizdan kam bo’lmang. Xonadonlarimizda tashvish-u

Bemahal g’am ko’rmang. Yurtimiz obod bo’lsin, xalqimiz ma’naviy boy badavlat bo’lsin, to’y tomoshasi ko’p bo’lsin.

       Doimo siz ustozlar izzat hurmatda bo’lin.

 ******************************************

“Sen aziz va muqaddassan ayol”

8-mart — Xalqaro xotin-qizlar kuniga bag’ishlangan tadbir ssenariysi.

Maqsad: a) 8-mart-Xalqaro xotin-qizlar kuni, uning yer yuzida bayram qilinishi haqida, onajonlarimiz dunyodagi eng ulug’ zot bo’lib, olam ayol tuyfayligina mukammal ekanligi to’g’risida ma’lumot berish;

b) Bolalarni onajonlarimizni hurmat qilishga,onalar oldidagi farzandlik burchini ado etishga

   Sahna bayramona bezatilgan. Sharlar va rang-barang gullar sahnaga o’zgacha chiroy bag’ishlagan. Sahna to’rida ona va bolaning bir-biriga mehr bilan intilishi tasvirlangan rasmli kartina ilib qo’yilgan. O’quvchilar bayramona milliy liboslar kiyishgan. “Ayol-dunyodagi eng ulug’ zot” “Ayol qadam qo’ygan eshikka avliyolar chiroq yoqar ekan”, “Ayol bosh qo’ygan bolishga farishatalar sajda qilar ekan” kabi hikmatlar bilan sahna yanada ko’rkamlashgan.

  Tadbir o’qituvchining kirish so’zi bilan boshlanadi.

O’qituvchi: Assalomu alaykum, aziz ustozlar, qadrli ota –onalar, hurmatli o’quvchilar!

Hammangizga ma’lumki, ayol dunyodagi eng mo’tabar va muqaddas zotdir. Dunyoni ayolsiz tasavvur etib bo’lmaydi. Ayol bir qo’li bilan beshikni tebratsa, bir qo’li bilan dunyoni tebratadi.

Bugungi shodyona bayram ham ayol tufaylidir. Azizlar! 8-mart qachondan boshlab Xalqaro xotin-qizlar kuni sifatida nishonlanishini bilasizlarmi? Yo’q deysizlarmi? Bo’lmasa, eshiting.

Nishonlanadigan har bir sananing o’z tarixi bor, albatta. Nega har yili bahorda 8-martni xalqaro bayram sifatida keng nishonlaymiz?Ayniqsa, ayollarimiz bu bayramni intiqlik bilan kutishlarining sababi ne?

Hammasi 1857-yilning bahoridan boshlangan. Nyu-Yorkda to’qimachi ayollar Manxettin ko’chalari bo’ylab “Bo’sh kastryulkalar marshi” bilan o’tishadi. Ular oylik maoshlarini oshirish, mehnat sharoitini yaxshilashni va ayollar teng huquqliligini talab qilib chiqishadi. Bu gayrioddiy voqea katta shov-shuvga sabab bo’ladi. Uni “Ayollar kuni” deb atay boshlashdi.

Oradan 50 yil o’tib, 1908-yilning fevralida minglab ayollar yana Nyu-York ko’chalarida namoyishga chiqishdi. Bu namoyish ham yuqoridagi “Ayollar kuni”ga to’g’rilangan edi. Ayollar saylov ovozini talab qilishdi, ayniqsa, bolalar mehnatiga qarshi norozilik namoyishi uyushtirildi. 1910-yilda teng huquqlilik tarafdorlari butun dunyo bo’ylab “Ayollar kuni”ni o’tkazishadi. Keyinroq xuddi shu yili AQSH da Kopengagenga ikkinchi xalqaro konferensiyaga delegat ayollar jo’naydi va shu yerda germaniyalik inqilobchi ayol Klara Setkin bilan uchrashadilar.

Anjumanda Klara Setkin ayollarni aniq bir kunni belgilab olishlari va shu kuni o’z talablariga umumjamiyat diqqatini qaratish baravarida “Ayollarning huquqlari uchun kurashish kuni” ni ta’sis etish , har yili ma’lum bir sana ayollar kuniga bag’ishlanishi taklifi bilan chiqqan edi.

    Dunyoning 17 ming mamlakatidan kelgan 100 nafardan ziyod ayollar bu taklifni qizg’in ma’qullashadi. Sababi o’sha vaqtlarda ayollarning huquqlari cheklab qo’yilgan edi. Ular zavod va fabrikalarda erkaklar bilan teng 16 soatlab ishlasalar-da, erkalar oladigan oylik maoshning teng yarmiga ega bo’lishgan. Saylov huquqi ularda umuman bo’lmagan. Klara Setkinning dunyo bolalariga teng huquqlilik uchun kurashga chaqiriq bo’lib yangragan bu sa`y-harakatlari besamar ketmadi. Shu tariqa Xalqaro xotin-qizlar kuniga asos solingan desak mubolag’a bo’lmaydi.

Biroq shu kuni aniq bir sana belgilanmadi. 1914-yil 8-martga qadar bu bayram Yevropa shaharlarida turli sanalarda nishonlangan. 1914-yildan boshlab, Xalqaro xotin-qizlar kuni ilk bor 8-martda bayram qilingan. Chunki 8-mart yakshanba — dam olish kuniga to’g’ri kelgan.Shundan keyin har yili bu bayram 8-mart kuni nishnonlanadigan bo’lgan.

Barchangizni bugungi qutlug’ bayram – Xalqaro xotin-qizlar kuni bilan chin ko’ngildan tabriklayman. Hamisha sog’-salomat bo’lib, bahor gullariday ochilib yuringlar. Ollohim, barchangizga uzoq umr ato etsin! Har kuni davlat eshigingizdan kirib, omad ortingizdan chopqillab yursin!

(Sahnaga boshlovchilar kirib kelishadi).

I boshlovchi: 

Bu kun o’zgachadir jilvayi olam,

Bu kun o’zgachadir borliqda xanda.

Bu kun ko’zlarimga hatto quyosh ham

Shafaq gulshanida tarang chirmanda.

II boshlovchi:

Bugun shunday quvonch, shunday shodyona,

Bugun quvonchlarga to’lar bu jahon.

Tonggacha yangrasin kuy, qo’shiq, navo,

Bayramingiz muborak, aziz onalar!

I boshlovchi: Assalomu alaykum, qalbi nurli saxovatga to’la, mehri daryo uztozlar hamda hurmat va ehtirom ila ushbu dargohga tashrif buyurgan munis onajonlar-u mehribon opa-singillar! Mana, o’lkamizda o’zining ajib bir sehri bilan bahor fasli ham o’z sepini yoymoqda. Sizlarni o’z husni- tarovati ila o’ziga maftun qilayotgan bahor oyining ilk bayrami- 8-mart- Xalqaro xotin-qizlar kuni bilan muborakbod etamiz.

II boshlovchi: Bugungi bayram tadbiri har birimiz uchun ulug’ va tabarruk siymo bo’lgan onajonlarimizga bag’ishlangan.

(Sahnaga 5 nafar o’quvchi chiqadi).

1-o’quvchi:

Salomdan boshlanar hurmat — ehtirom,

Salomdir dunyoda eng ulug’ kalom,

Ey aziz, mehribon, dono ustozlar!

Avvalo, sizlarga

Hamma: Salom – assalom!

2-o’quvchi:

Dunyo beshigini ijod aylagan,

O’sha mo’tabar zot ayoldir, ayol!

Barcha odamzodni bunyod aylagan,

O’sha tabarruk zot ayoldir, ayol!

3-o’quvchi:

Avliyo, anbiyo, payg’ambarlarni,

Olum-u fozil-u chahoryorlarni,

Jamiki siz-u biz insonlarni

Dunyoga keltirgan ayoldir, ayol!

4-o’quvchi:

Ayol farzandidir barcha insonlar,

Dunyoni so’ragan shoh-u sultonlar

Poyiga bosh urar xon-u hoqonlar,

Chunki bunyodkori ayoldir, ayol!

5-o’quvchi:

Olloh mo’jizasi, mohisan ayol,

Shodlik malikasi, shohisan ayol,

Buyuk- buyuklikda sening tenging yo’q,

Olamning baxtisan, tojisan ayol!

I boshlovchi: Bugun maktabimizda onajonlarimiz bayrami tantanali tarzda nishonlanmoqda. Avvalo, bugungi tantanamizga

Hamma: Xush kelibsizlar!

Olima:Ayol-ona va sevimli yor, qondosh opa yoki singil.

Zafar:Bola tarbiyachisi,

Nodira:Ayol- go’zallik, nazokat sohibasi.

Karim:Ayol borki, dunyo o’z muvozanatini saqlab turadi.

Lola:Ayol- quyoshni uyaltiruvchi taftli mehr.

Javohir:Ayol-tog’larni dog’da qoldiruvchi cheksiz g’urur va bardosh.

Kumush:Ayol — najot farishtasi.

Nodir:Uning allasi oldida dunyoning bor go’zal ohanglari o’zligini yo’qotadi.

Vasila:Uning go’dagi boshidagi bedorligi qarshisida oy-u yulduzlar ham nigohlari tinib, oxiri tong chog’i taslim bo’ladi.

II boshlovchi:Hayot nima uchun munavvar? Ishoning,onajonlar, dunyoda Siz borligiz uchun! Siz tufayli charog’on,go’zallikka limmo-lim!

Siz, azizlar, yuraklarga quvonch, shodlik ulasharsiz, shuning uchun biz sizlarni yaxshi ko’ramiz, ardoqlaymiz, ko’klarga ko’taramiz.

I boshlovchi: Bugungi davramizga hurmatli o’qituvchilarimiz, aziz ota-

onalarimiz va mehmonlarimiz tashrif buyurishgan. Ularga tabrik so’zlarini bersak.Dastlabki tabrik so’zini maktabimiz direktoridan eshitsak.

II boshlovchi:Rahmat, ustoz, ishlaringizga rivoj, omad yor bo’lsin!

I boshlovchi:Azizlar, hozir ijro etiladigan “Lazgi” raqsini bayram tabrigi sifatida qabul qilgaysiz.(“Lazgi” raqsi ijro etiladi).

II boshlovchi:Ayol! Bu so’z jaranglashi bilan ko’z oldimizga guldan-da nafis,jannat gullarining iforlarini eslatuvchi nozik bir xilqat- farishta namoyon bo’ladi.Ayol bor xonadon farishtali, nurlidir.

I boshlovchi: Ayol — dunyodagi tengi yo’q ulug’ zot. Aytishlaricha, u bosh qo’ygan bolishga farishtalar sajda qilarkan.

II boshlovchi:Ayol qadam qo’ygan eshikka avliyolar chiroq yoqar ekan.

I boshlovchi:U aytgan alladan xudolar oyat to’qirkan, ular allalarida bolalariga butun mehrlarini qo’shib aytisharkan.

Qadim zamonlarda bir kelin bo’lgan ekan. U farzand ko’ribdi-yu, ammo bolalari birin-ketin nobud bo’laveribdi.Uchinchi farzandi tug’ilganda, u bor alamlarini qo’shib, alla aytibdi. Shunda go’dak chinqirab yig’lashdan to’xtabdi.Alla ta`sirida bolaning joni omon qolibdi.Shundan buyoygn onalar go’daklariga alla aytib uxlatishar ekan. Alla ana shunday sehrli qo’shiqdir.Hozir qizlarimiz ijrosida “Alla” ijro etiladi.

(“Alla” ijro etiladi).

II boshlovchi: Ayol bosgan qadamlar o’rnida poklik chechaklari unadi.Shu bois ham “Jannat onalar oyog’i ostidadir” deya takalluf etiladi.

I boshlovchi: Shoirga yo’l bo’lsin, sizni chizay deb,

Bo’yoq quyultirib turar rassomlar.

Mukammal husningiz yog’dusi uchun

Oy ham navbatchilik qilar oqshomlar.

II boshlovchi: Shoirga yo’l bo’lsin, kuylay deb sizni,

Bastakorlar yurar yoqachok, tajang.

Torni temirchiga topshirvoqgudek

Har jarang ustida qilar necha jang.

I boshlovchi: Aziz onajonlar, sizni ta`riflash uchun dil so’zi-yu, qalam kuchi ojiz.

Ona — buyuk allomarimizning beshigini tebratgan mehribon, buyuk zahmatkash zot. Quyosh saxiylikni, dengiz tiniqlikni, tog’lar ulug’vorlikni, osmon kenglikni, bahor latofatni, gullar tarovatni, chashmalar poklikni Sizdan o’rgansin! (“Onajonim” qo’shig’i ijro etiladi).

1-o’quvchi: O’zingiz umrning avvali, boshi,

Farzandlar qalbining porloq quyoshi,

Hayot chamanining mohir naqqoshi,

O’zingiz azizsiz, aziz ayollar.

2-o’quvchi:Sizsiz bu dunyoning sodiq bekasi,

Bu go’zal olamning Sizsiz egasi,

Sheryurak mardlarning sevgan erkasi,

O’zingiz azizsiz, aziz ayollar!

3-o’quvchi: Alloh asli sizni suyub yaratmish,

Qalbingizga mehrni quyib yaratmish,

Go’zal qilib sizga ko’pni qaratmish,

O’zingiz azizsiz,aziz ayollar!

4-o’quvchi: Bahor asli sizning ko’nglingizdadir,

Sadoqat va vafo yo’lingizdadir,

Dunyoning beshigi qo’lingizdadir,

O’zingiz azizsiz, aziz ayollar!

5-o’quvchi:Bu foniy dunyoning jannati Sizsiz,

Dunyo dunyo emas,gar qolsa sizsiz,

Olamni bor qilgan hayotbaxsh kuysiz,

O’zingiz azizsiz, aziz ayollar!

6-o’quvchi:Sizga chin yurakdan baxtlar tilayman,

Iqboldan tojlar-u taxtlar tilayman.

Ayol bo’lganumchun shukur qilaman,

O’zingiz azizsiz, aziz ayollar!

(“Andijon polkasi” raqsi ijro etiladi)

II boshlovchi:Endigi tabrik so’zini ota-onalar qo’mitasi raisidan eshitsak. Ota-onalar qo’mitasi raisi: Aziz onajonlar! Hammangizga ma’lumki, quyoshsiz yoruq’lik ayolsiz esa muhabbat yo’qdir. Onasiz inson ham, qahramon ham dunyoga kelmaydi. Ona har birimiz sig’inadigan mabudadir. Ona bola uchun havo, suvdek zarurdir. Barchangizni bu bayram bilan qutlayman! Oqqushlarni vafodor deb, maqtashadi, bulbullarni gullarning mahliyosi deyishadi. Dunyodagi jamiki narsa, vafodorlikni Sizdan o’rgansin.

I boshlovchi: Rahmat, otaxon, ishlaringizda rivoj tilaymiz.

(“Onam derman” ashullasi ijro etiladi).

II boshlovchi:Ona dunyodagi o’zi kabi ulug’ siymolarni qoldirgan buyuk zotdir.

 I boshlovchi: Samarqand shahrini qadimiy deyishadi, uning 2500 yilliini tantanali tarzda nishonladik. Dono kishilar savol bermishlar:

1-o’quvchi: Hoy,yoshi tarixing tubiga tutashgan Samarqand! Navoiy va Ulug’bek kabi siymolarni yaratgan sen emasmi?

2-o’quvchi:Yo’q, yo’q, ularni onalar yaratgan.

1-o’quvchi: Hoy, Sharqning ko’hna kitobi, bunchalar donishmandlikni qayerdan olding?

2-o’quvchi: Nuroniy onalardan.

1-o’quvchi: Hoy,ona shahar, farzandingman, seni madh etmoqchiman.

2-o’quvchi: Farzandim bo’lsang, meni emas, onalarni madh et.

Ha, onalarni madh etaylik. (“Olamni asrang,do’stlar!” ashulasi ijro etiladi).

II boshlovchi:Endigi tabrik so’zini maktab kasaba uyushmasi raisidan eshitamiz:

Maktab kasaba uyushmasi raisi:Qadrli onajonlar! Men ham sizlarni bayram ila tabriklayman. Onajonlar!Siz Olloh mo’jizasidir. Buyuklikda sizning tengingiz yo’q. To’g’ri, ayollardan payg’ambarlar yetishib chiqmagan. Onalar payg’ambar bo’lishdan ko’ra,uning onasi bo’lishni afzal ko’rishgan. Sizning madhingizni kuylash har birimiz uchun sharafdir.

Onajon!Bu galgi yurak so’zimni,

Senga bag’ishladim,

Senga azizim!Qaniydi,

Tabiat qo’lidan kelsa,

Abadiy etolsa, sening umringni!

Roziydim, onajon! Iloji bo’lsa —

Senga qo’shib bersa, mening umrimni.

Bir kechalik allang hurmati uchun,

Yuz yillik umrimni bag’ishlasam kam.

Ko’chirsam,

Qalbingga qalbimning kuchin.

Qarzim uzolmasman, qolur shunda ham.

Mabodo!

Bo’lsaydim zo’r haykaltarosh,

Senga yuragimdan yasardim haykal.

Yo agar bo’lsaydim mo’yqalam,naqqosh,

Surating chizardim berib ming sayqal.

Oralab qolibdi sochlaringda oq,

Ol mening sochimning qoralarini.

Tishlaring tushibdi!

Xo’rsinma,biroq

Ol mening tishlarim saralarini

Xiralashib qolmish ko’zlaringda nur

Ko’zlarim nurini olgin, mehribon!

Roziman!

Xizmating qilsam bir umr

Yuragim qo’rini olgin,onajon!

I boshlovchi:Rahmat,sizga,akajon. Ishlaringizga baraka tilaymiz, Onajonlarimiz baxtiga hamisha sog’ bo’ling (“Tanovor” raqsi ijro etiladi).

Munira: Olloh mo’jizasi, naqshisan ayol,

Quvonch malikasi, taxtisan ayol,

Buyuk-buyuklikda sening tenging yo’q,

Bu yorug’olamning baxtisan ayol!

Laziz: Yarmi ayol erur insoniyatning,

Ayollar yaratmish qolgan yarmin ham,

Ayol yarmi erur ushbu hayotning,

Unga baxsh etadi qolgan yarmin ham.

Anvar: Dunyoning quyoshi bo’lsangiz porloq,

Oyi ham o’zingiz sohibjamollar!

Olloh joiz desa,o’zidan so’ngroq,

Bizga sajdagohsiz,aziz ayollar!

II boshlovchi: Shuning bilan “Muqaddas ayol ” nomli tadbirimiz nihoyasiga yetdi

******************************************************

 Ona — ulug’ zot

Assalom ey davramizning

Ey aziz mehmonlari

Assalom ey ilmu – fanning

Sohibi – davronlari

Assalom ye aziz do‘stlar

Ham fikrdosh o‘rtoqlar

Davramizga xush kelibsiz

Barcha do‘stu – qondoshlar

Dunyoda shunday ulug‘ zot borki, biz undan hamisha qarzdormiz.

Xalqaro xotin – qizlar kuni 8 mart bayramini nishonlash uchun tartibot

Sahnada Davlat madhiyasi ijro etiladi. Boshlovchilar paydo bo‘ladilar.

1 –boshlovchi: Assalomu alaykum, aziz mehmonlar, onajonlar! Bugun biz sizlarni

madh etishga yig‘ildik. Chunki bugun sizlarning dunyodagi eng ulug‘ zot –

onajonlarning bayrami. Biz sizlarni shu qutlug‘ kuningiz — 8 mart bayrami bilan

muborakbod etgani keldik. Bugun gulzordagi turfa gullarni, dildan otilib turgan

mehru muhabbatni, tabiat ato etgan shafqat va muruvvatni, dildagi qaynoq

haroratni sizga armug‘on etgani keldik. Qabul qiling, aziz ustozlar, sizni ta’riflash

uchun dil so‘ziyu qalam kuchi ojizdir. Buyuk allomalarning beshigini tebratgan,

mehribon, munis, mag‘rur buyuk jafokash, zahmatkash zot, bu – onadir. Quyosh

saxiylikni, dengiz tiniqlikni, tog‘lar ulug‘vorlikni, osmon kenglikni, bahor

latofatni, gullar tarovatni, chashmalar poklikni, shabnamlar pokizalikni sizdan

o‘rgansiz!

2 –boshlovchi: Assalomu alaykum! munis onaxonlar

Siz emasmu Navoiyning onasi

Siz emasmu Amir Temur onasi

Siz emasmu Ulug‘begu Bobur onasi

Siz barcha, barcha buyuk zotlar onasi.

Sizga ta’zim, sizga ehtirom

Sizga olqish, sizga sharaf – shon!

Lazgi o‘yini ijro etiladi.

1 – boshlovchi: Buyuk alloma Alisher Navoiy sizlar haqingizda shunday

deydi:

Onalarning oyog‘i ostidadur

Ravzai jannatu junon bog‘i

Ravza bog‘i visolin istar esang,

Bo‘l onaning oyog‘i tufrog‘i

Onajonginam! Bir parcha etni avaylab, e’zozlab, ardoqlab katta qilgan, hayot

bergan, qanot bergan Ona! Muruvvatli, adolatli, saxovatli, eng og‘ir damlarda ham

peshonamizni silab dalda bergan Ona! hayotga muhabbatni, yoshlarga, kattalarga

izzat – hurmatni, odamgarchilikni, jamiki insoniy fazilatlarni qonimizga, jonimizga

oq suti bilan singdira olgan, birgina tabassum, birgina jilmayishimizga aziz umrini

qurbon etishga tayyor turgan fidoyi, mushfiq, mehribon siz –Onalarsiz biz yashay

olarmikanmiz?

2 – boshlovchi: Oqqushlarni vafodor deb maqtashadi, bulbulllar gulning mahliyosi

deyishadi. jahondagi jamiki jonzot vafodorlikni sizdan o‘rgansin, bulbulllar xonish

aylashni sizning allangizdan o‘rgansiz, Onajonlar!

Axir tonggacha ko‘z yummasdan bedor chiqqan siz emasmu? Belanchagimizni,

beshigimizni quchoqlab alla aytgan siz emasmi?

1 – boshlovchi: To‘qqiz oy bizni avaylab qalbingiz tagida saqlab, hali tug‘ilmagan,

bu jahonga kelmagan farzandga chiroyli orzu – umidlar bilan liboslar tikkan chevar

siz emasmi, Onajon!

Shuning uchun jonim sizga qurbon onajon,

Shuning uchun maqtasam, burro tilim, onajon.

Biz ona ta’rifi zaminida shu o‘tirgan aziz o‘qituvchilarimizning go‘zal

chehralarini ham ko‘ramiz. Chunki ular ham ona!

2 – boshlovchi: Aziz ustozlar, onajonlar! Eshiting, shoirimiz Tolib Yo‘ldosh

sizni shunday ta’rif etibdi.

1 –boshlovchi: Jon – dil farzand panohi, mehri daryo onasiz,

Onaizor, boshimizdan o‘girilib parvonasiz

Yurasiz yo‘ldosh, hamdam, joy tuzab o‘ltirasiz.

Birgasiz, ko‘ngiz uyida bir chiroqdek yonasiz

Vaqtida bo‘lmay yoningizda hayallar bo‘lsamiz,

Tunlari qush uyqusidan ming to‘lg‘onib uyg‘onasiz

Hech zamon bo‘lgan emas, bu sabr – bardosh sizdagi,

“Uh” desak, o‘rtab yurakdan yonasiz, qiynolasiz

Benazir xizmatlaringiz haqqi deyman, onajon.

Onalikdan olam – olam orzunguzga qonasiz.

2 –boshlovchi: Sen borsan, saodat bog‘i bexazon,

Sen borsan, g‘amsizmiz, yorqin hayotim

Sen borsan, toshqindir, ilhom bulog‘im,

Sen borsan, porloqdor iqbol chirog‘im

Sobitsan, sodiqsan, mangu yasharsan,

Sen bilan to‘lqindir ravzai bayot,

Sen bilan gulgundir shu buyuk hayot

(O‘yin)

1 – boshlovchi: Quvonchlarim bir jahon

Bayramingiz muborak,

Aziz ona, Onajon!

2 – boshlovchi: So‘zlari bol, durdona,

Mehnatda eng mardona

Olam ichra yagona

Sizsiz, ey, aziz ona

3 –boshlovchi: Ona – dongdor quruvchi,

Ona – mohir paxtakor,

Ona – lochin uchuvchi

Ona – doktor shifokor

Shundan keyin bayram tabriklari boshlanadi.

Bayram hazily o‘quvchilar bilan o‘yin.

A’lochi o‘quvchilarga faxriy yorliqlar taqdim etiladi.

Boshlovchilar: Aziz ustozlar, hurmatli maktabdoshlar, ruxsat bering shu bilan

kechamizni yopiq deb e’lon qilamiz

Прокрутить вверх