Ona-tili bayrami uchun sherlar, matnlar, malumotlar, ONA TILIM-JONU DILIM
ONA TILIM-JONU DILIM
ONATILIM (Qo’shiq matni )
Tilim chiqqa so’zing bilan
Dilim ravshan o’zing bilan
Faxr etadi xalqim, elim
Ona tilim, ona tilim
Naqorat
Yagonasan Vatan misol
Sendan topdim baxt iqbol
Xazinangdir qalbim dilim
Ona tilim ona tilim
Onam aytgan allalaring
To’y bayramda yallalaring
Eshitganim ertak naql
Ona tilim ona tilim
Naqorat
Yagonasan Vatan misol
Sendan topdim baxt iqbol
Xazinangdir qalbim dilim
Ona tilim ona tilim
Mexring to’la quchog’imda
Jaranglaysan qulog’imda
Sen tufayli to’ldi aqlim
Ona tilim ona tilim
Juda qadim sharqonasan
Asl zoting turkonasan
Hikmatlaring yodlar ahling
Ona tilim ona tilim
Naqorat
Yagonasan Vatan misol
Sendan topdim baxt iqbol
Xazinangdir qalbim dilim
Ona tilim ona tilim
ONA TILIM
Ona tilim,
Jonu dilim,
Sening bilan
Biyron tilim.
Ona tilim,
Bobo tilim,
Seni sevar
Yurti elim.
Ona tilim,
Koni ilm,
Sen-la olay
Chuqur bilim.
Ona tilim,
Momo tilim,
Sen borsan-ki,
Yorug’ yo’lim!
Ona tilimga
Ona tilim — jon-u dilimsan,
Menga buyuk, suyuk ilmsan
Navoiyning yangragan so’zi
Sen nurafshon, nurli yo’limsan
Yaxshilikni yaratgan so’zing,
Yomonlikdan yiroqda o’zing
Ezgulikka hamisha yorsan,
Ming bor shukur, dunyoda borsan!
ONA TILIM
Shu tilda Temur bobo
Lashkarga buyruq bergan.
Navoiy tuzgan navo,
Bobur gavharlar tergan.
«Til — xalqning shavkat-shoni»,
-Bu bobolar kalomi.
Ona tilim unvoni
-Davlat tili maqomi!
Ona tilim
O‘rgilayin,
Ona tilim,
O‘zginangdan.
Tillarimga
Bol keladir
So‘zginangdan.
Tilim, yana
Bo‘lavergin
Burro-burro.
Oh, naqadar
Ohangdorsan,
Yana a’lo.
Ona tilim,
Mening uchun
Yagonasan.
Aslida sen
Sharqonasan,
Turkonasan.
So‘zlaganda
Namoyondir
O‘zbekligim.
Namoyondir
Yaxshilarga
Ko‘zdekligim.
Uzoq-uzoq
Tarixlarga
Asosimsan.
Ulug‘-ulug‘
Allomalar
Navoiyimsan.
Me’rosimdan,
Ilm-u fandan
To‘l mazmunga.
Dunyolarga
Tanilaver
Kundan-kunga.
Ona allasi Ona, tashvishim tortib, goh opichlab ko‘tarding, Gohida alla aytding, dilingni anglamasam. Goho uzoq tunlarni bedor qilib o‘tkarding, Axir uxlay olmasdim, allangni tinglamasam. Bunchalar dilrabosan onaginam allasi? Buncha ohangrabosan, onaginam allasi? Dunyoga kelib neki, ezgulikni ko‘ribman, Bariga o‘zing guvoh, qo‘llarimdan tutgansan. Ne tong, sendan yiroqda she’r ishqida yuribman, Balki she’rga ishqimni allalab uyg‘otgansan. Ona tilim timsoli, onaginam allasi, Tirikligim kamoli, onaginam allasi, Mehringday bir quyoshni topolmadim hech qachon, Onajon, sen so‘ylasang, tog‘u toshlar qolar jim. Shodlikdan to‘lib -toshsam, quvonasan, onajon, Boshimga g‘am tushganda o‘zing yolg‘iz quvonchim. Ta’zimga egik boshim, onaginam allasi, Ham oyim, ham quyoshim, onaginam allasi.
ONA TILIM
Alla bo’lib jaranglagan,
Ona-tilim — jon-u dilim.
Unga, axir, payvastadir
Qadr-u qimmat, mehr, bilim
Buyuk Temur jahon bo’ylab
Dovrug’ini solgan tilim.
Mir Alisher bobomlardan
Meros bo’lib qolgan tilim.
Bobur Mirzo she’rlaridan
Rang va ohang olgan tilim.
Ona-tilim — jon-u dilim.
ONATILIM (Qo’shiq matni )
Tilim chiqqa so’zing bilan
Dilim ravshan o’zing bilan
Faxr etadi xalqim, elim
Ona tilim, ona tilim
Naqorat
Yagonasan Vatan misol
Sendan topdim baxt iqbol
Xazinangdir qalbim dilim
Ona tilim ona tilim
Onam aytgan allalaring
To’y bayramda yallalaring
Eshitganim ertak naql
Ona tilim ona tilim
Naqorat
Yagonasan Vatan misol
Sendan topdim baxt iqbol
Xazinangdir qalbim dilim
Ona tilim ona tilim
Mexring to’la quchog’imda
Jaranglaysan qulog’imda
Sen tufayli to’ldi aqlim
Ona tilim ona tilim
Juda qadim sharqonasan
Asl zoting turkonasan
Hikmatlaring yodlar ahling
Ona tilim ona tilim
Naqorat
Yagonasan Vatan misol
Sendan topdim baxt iqbol
Xazinangdir qalbim dilim
Ona tilim ona tilim
Ona tilim
Po‘lat Mo‘min
O‘rgilayin,
Ona tilim,
O‘zginangdan.
Tillarimga
Bol keladir
So‘zginangdan.
Tilim, yana
Bo‘lavergin
Burro-burro
Oh, naqadar
Ohangdorsan,
Yana a’lo.
Ona tilim,
Mening uchun
Yagonasan.
Aslida sen
Sharqonasan,
Turkonasan.
So‘zlaganda
Namoyondir
O‘zbekligim.
Namoyondir
Yaxshilarga
Ko‘zdekligim.
Uzoq-uzoq
Tarixlarga
Asosimsan.
Ulug‘-ulug‘
Allomalar —
Navoiyimsan
Me’rosimdan,
Ilm-u fandan
To‘l mazmunga.
Dunyolarga
Tanilaver
Kundan-kunga.
21 oktyabr Ўзбек тилига Давлат тили мақоми берилган кун!
«Она тилим ўлмайди»
Нотиқ деди: «Тақдир шул,
Бу жаҳоний ирода.
Тиллар йўқолур буткул,
Бир тил қолур дунёда».
«Эй воиз, пастга тушгин,
Бу гап чиқди қаердан?»
Навоий билан Пушкин
Туриб келди қабрдан.
Ким дарғазаб,ким ҳайрон,
Чиқиб келдилар қатор:
Данте, Шиллер ва Байрон,
Фирдавсий, Бальзак, Тагор.
«Ваъзингни қўй, биродар,
Сен айтганинг бўлмайди».
Барча деди баробар:
«ОНА ТИЛИМ ЎЛМАЙДИ!».
-Ҳей, бу қандай ақида! —
Қўлида табаррук жом,
Гўзал форсий ҳақида
Рубоий айтди Ҳайём.
Эҳтиросли, оташдил
Беранже сурди нолон:
-Наҳотки, фаранги тил
Йўқолгуси бир замон!
Неруда, Лорка турди
Сервантеснинг ёнига:
-Ким қасд этиб тиғ урди
Она тилим жонига!
Фузулий ёнди:-Озар
Тили гулдек сўлмайди.
Барча деди баробар:
«ОНА ТИЛИМ ЎЛМАЙДИ!»
Камалакдек ранго-ранг
Бўлсин деб санъат, тиллар,
Асрларча қилдик жанг,
Армон қилдик минг йиллар.
Беқадр бўлса, наҳот,
Тиллардаги тароват?
Йўқолди бу кун, ҳайҳот,
Қабрларда ҳаловат!
«Фауст» ёнди гуриллаб,
«Ҳамса» ўтга туташди.
Бир садо жаҳон бўйлаб
Таралди, тоғлар ошди.
Бу садо янграр ҳамон,
Сира адо булмайди.
Олам айтар:-Ҳеч қачон
ОНА ТИЛИМ ЎЛМАЙДИ!
© Эркин Воҳидов