Meva va sabzavotlar haqida sara sherlar to‘plami
Meva va sabzavotlar haqida sara sherlar to‘plami

SABZI
Suv ichib ariq-ariq,
Rang oldim qizil-sariq.
Hammaga bo‘lib oziq
Nom oldim otin qoziq
QO‘ZIQORIN

Qo‘ziqorin qalpog‘ing
Gòyo mitti soyabon
Uni qayerdan olding
Deb sòrabdi olmaxon.
LEYLA BAHTIYAROVA
???? BODIRING
Rosa uxlab qotibman,
Tursam palak o‘tibman.
Dehqonjon, tezroq turing,
Sarg‘aymasin bodiring.
GILOS

Bizlar nordon mevamiz,
Murabboni sevamiz,
Pishmay turib olchalar,
Yeb ketadi g‘alchalar.
LEYLA BAXTIYAROVA
OSHQOVOQ
Деманг мени ковок бош
Хажмим катта, узим ёш.
Мендан фойда топинглар.
Ковок сомса ёпинглар.
???? TARVUZ
Suvsiz qolsam ozaman,
Men ham palak yozaman.
Ichim to‘la darmonda,
Yemaganlar armonda.
LEYLA BAXTIYORO‘VA
PIYOZ
Mensiz qozon osilmas,
Oshga guruch bosilmas,
Artilganda po‘stl‘arim,
Yeg‘lamanglar do‘stlarim.
LEYLA BAXTIYAROVA
UZUM
Ishkom uyim, xondamir,
Yozma chalpak onamdir.
Shirin-shakar o‘zimman,
G‘uj-g‘uj pishgan uzumman.
LEYLA BAXTIYAROVA
???? KARTOSHKA
Vatanimdir dalalar,
Yer tagida bolalar,
Shoshilmanglar artishga,
Qovurmanglar kartoshka.
LEYLA BAXTIYAROVA
ShOLG‘OM
Suvni rosa simirdim,
Yer tagida semirdim.
Dangasaligim yolg‘on,
Meni deydilar sholg‘om.
LEYLA BAXTIYAROVA