Do’st va Do’stlik haqida sara sherlar to‘plami
Sizlarga Do’st do’stlik haqida she’rlar ni taqdim etamiz. Ushbu she’rlardan foydalaning va o’z fikringizni bildiring.
Do’st , do’stlik va do’stlar haqida she’rlar
Do’stimga
Do’stlar yaxshilarni avaylab asrang.
Salom degan soz’ni salmog’in oqlang.
O’lganda yuz soat yig’lab turguncha,
Uni tirigida bir soat yo’qlang.
Do’stim

Bir tomchi suvdan favvora bo’lmas,
Do’sti bor inson hech qachon bechora bo’lmas.
Ishongin so’zlarim, rostdir hammasi,
Dunyoda hech bir do’st sendek bo’lolmas.
Do’stlik

D-östim senga eslash uchun deb
Ö-lmas dilga yozdim sahifa
S-evgi qalbga tushar yil sayin
T-ayyorladim arzimas sovg’a
I-shingizda rivoj tilayman
M-uhabbatda baxtiyor böling
G-archi qarib 100 kirganda
A-srang buni avaylab qöying!