Menga sodiq sirdosh bo’l do’stim!

Menga sodiq sirdosh bo’l do’stim!

Ichimga ham sig’masa dardim,
Yo… bu dunyo sinasa sabrim..!
Yaqinlarim bilmasa qadrim,
Menga sodiq sirdosh bo’l do’stim!
*************

Sen kabi yo’q, menga yaqinim!
Ko’rolmaydi goh og’a-inim!
Dunyolarga sig’magan kunim…
Menga dildan dildosh bo’l do’stim!
*************
Omad qushi, yiroqqa uchsa…
Ulfatlarim yonimdan qochsa…
Og’ir tashvish yilkamga tushsa..
Menga sen yilkadosh bo’l do’stim!
*************
Shod kunimda, g’amgin kunimda…
Suyangayman xasta onimda..!
Ko’nglim to’qdir bo’lsang yonimda!
Menga, doim darddosh bo’l
do’stim!
*************
Yolg’on emas, rost bo’lgin menga.
To qiyomat, do’st bo’lgin menga!
Qayda bo’lmay muhtojman senga.
Menga hardam yo’ldosh bo’l
do’stim!

Прокрутить вверх