Kuz fasli haqida sherlar to‘plami bolajonlar uchun - yoshlar.ru

Kuz fasli haqida sherlar to‘plami bolajonlar uchun

Kuz fasli haqida sherlar to‘plami bolajonlar uchun

Kuz fasli

G’iy-g’iy shamol esibdi

O’lkamga kuz kelibdi

Mevalar ham pishibdi

Yerga tap-tap tushibdi

Savatchangni olib ol

Mavalarni terib ol.

******************  

​​????OLTIN KUZ

G’ir-g’ir shamol yeladi

Buni hamma biladi.

O’giradi yelga yuz:

Marhamat kel oltin KUZ.

Maktab borar qiz-o’g’il,

Qo’lda kitob hamda gul.

Oltin oqar daladan,

Tong yorishgan palladan,

Quyosh tushar taftidan,

Qo’rqib qishning taftidan.

Sarg’ayadi ko’katlar,

Barg to’kadi daraxtlar.

Hosil yig’ib olinar,

Qishda zamin solinar

Прокрутить вверх