GASHT QILAMIZ – MASHQ QILAMIZ

GASHT QILAMIZ – MASHQ QILAMIZ

GASHT QILAMIZ – MASHQ QILAMIZ

Aka-uka bo‘lishib jam,

Kiyinvolib rosa ixcham,

Biz har kuni turib tongda –

Mashq qilamiz har ohangda.

Sog‘lomlikka intilamiz,

Maza qilib mashq qilamiz.

Har tomonga yuguramiz,

Ko‘p mashqlarga ulguramiz.

O‘zimizni erkin qo‘yib,

Nafas olib to‘yib-to‘yib.

Sog‘lomlikka intilamiz,

Maza qilib mashq qilamiz.

Goh o‘ltirib, goho yotib,

Har tomonga koptok otib,

To‘g‘ri, biroz charchagaymiz,

Terlagaymiz – chidagaymiz.

Sog‘lomlikka intilamiz,

Maza qilib mashq qilamiz.

Po‘lat Mo‘min

Прокрутить вверх