Mavalar qo‘shig‘i bolalar uchun musiqa va matn
Primyera.
Xasanova Nilufar she’ri.
Xasan Xushvaqtov musiqasi.
Hosiljon bayramida foydalanish uchun!
Mevalar qo’shig’i.
Anor.
Bog’ning erka qizisan,
Yuzlari qirmizisan.
Shirin,nordon naving bor,
Naq foydaning o’zisan.
Naqarot:
Men anorman,anorman,
Vetamenlarga konman.
Sen anorsan,anorsan,
Nimjonlarga darmonsan.(2x)
Shaftoli.????
Oh-oh yuzlari lo’ppi,
Qizil,sariqdir ko’pi.
Pishgandan berib darak,
Sharbati tomar chak-chak.
Naqarot:
Men shaftoli,shaftoli,
Rangim qizil va oli.
Sen shaftoli,shaftoli,
Yeganga darmondori.(2x)
Uzum.????
Tokzorlarda tizilib,
Turar ko’zi suzilib.
Asalga to’lding buncha,
Yeymiz bugun to’yguncha,
Naqarot:
Men uzumman, uzumman,
Xushta’m,asal o’zimman.
Sen uzumsan,uzumsan,
Naq asalning o’zisan.(2x)
Naqorat.
Biz mevamiz,mevamiz,
Quyosh nurin sevamiz.
Bog’da o’sib,yetilib,
Dasturxonga kelamiz.(2x)