Kasblar haqida sherlar
KAVSAR TURDIYEVA
UCHUVCHI
Yo bo‘lsammi uchuvchi
Samolarni quchuvchi.
Samolyotlar » IL» , » TU «, » AN «
Senga shoshaman Vatan.
————————————————
KAVSAR TURDIYEVA
QURUVCHI
Yo bo‘lsammi quruvchi
Uylar qurib beruvchi.
Uy topshirib ko‘p qavat
Desam , yashang marhamat.
___________________________
KAVSAR TURDIYEVA
HAYDOVCHI
Yo bo‘lsammi haydovchi
Qo‘l ko‘tarsa yo‘lovchi.
Mashinam g‘iz-g‘iz etsa
Darrov manzilga elitsam.
OSHPAZ
Yo bo‘lsammikan oshpaz
Hamma qilardi havas.
O‘ylab topsam bir taom
«O‘zbekiston » bersam nom.
_____-_-_-_-_—__-_-_-_-_-_-_-_-_-_-
CHO‘PON
Yo bo‘lsammikan cho‘pon
Podani saqlab omon.
Chiqsam tog‘u adirga
Bepoyon yaylov-qirga
_-_—_-__-___-_-_-_-_-_-_-_-_-_-__———