Ahad Qayum she'rlari,

Ahad Qayum she'rlari, Ahad Qayum she'rlari, sozi ahad qayum,

Ahad Qayum she'rlari,

Ahad Qayum she'rlari:

MEN BORMASAM, SEN KELMASANG...

Men bormasam, sen kelmasang,

Men yonmasam, sen yonmasang,

Bir kun kuyib kul bolarman,

Sevganimga ishonmasang.

Ortamizda gurur bordir,

Ikkimizga dunyo tordir.

Har kun eshik qoqadi baxt,

Umidvordir, umidvordir.

Kozlarimiz mahzun-mahzun,

Hislarimiz bizdan, mavhum.

Sozlarimiz qisqa-qisqa,

Shartlarimiz uzun-uzun.

Birovlarga oxsholmasak,

Odamlardek yasholmasak,

Oxiri qanday tugaydi,

Ozimizga ishomasak.

Bu darddan qutulay deyman,

Bir umrga uxlay deyman.

Bir zumga seni oylasam,

Yiglay deyman, yiglay deyman.

Men bormasam, sen kelmasang...

BOSHQAMI YO SEVGANING? 

 

Yuragim qon bo`lgan kun, 

Ichimda g`am to`lgan kun, 

Ko`z yoshim to`kilgan kun, 

Holim so`rab kelmading, 

Boshqami yo sevganing? 

 

Yursam, yo`lim adashar, 

Kulsam dilim adashar, 

So`zlab tilim adashar, 

Baxtim eding bilmading, 

Boshqami yo sevganing? 

 

Qalbimni ko`p g`ashlama, 

Sirli nigox tashlama, 

G`irrom o`yin boshlama, 

Rostmi ko`ngil uzganing, 

Boshqami yo sevganing? 

 

Oylar o`tar, yil o`tar, 

Javobing Ahad kutar, 

Seni qanday unutar, 

Ko`ngil uyin buzganing, 

Boshqami yo sevganing?

BECHORA MUHABBATIM... 

 

Azobdagi rohatim, 

Bedorlikda toqatim, 

Sendadir ko`ngil xatim, 

Bechora muhabbatim. 

 

Hech yo`qolmas izimsan, 

Bahorimda kuzimsan, 

Qismatimda to`zimsan, 

Bechora muhabbatim. 

 

Senga ne bor oylarda, 

Toza dil yo`q joylarda, 

Panoh izlab yurarsan, 

Mensiz yolg`iz kaylarda. 

 

Visoldagi furqatim, 

SHijoatsiz jur`atim, 

Hech o`zgarmas suratim, 

Bechora muhabbatim. 

 

Yurak deya adosan, 

Sen kechagi xatosan, 

Yaratgandan atosan, 

Bechora muhabbatim. 

 

Har bosgan yering cho`g`dir, 

Nigohing paykon o`qdir, 

Ozor berib to`ymasan, 

Ahadga rahming yo`qdir. 

 

Azobdagi rohatim, 

Bedorlikda toqatim, 

Sendadir ko`ngil xatim, 

Bechora muhabbatim.

SENI KECHIRMAYMAN... 

 

Seni kechirmayman ketganing uchun, 

O`zganing qo`lidan tutganing uchun, 

O`zingni arzonga sotganing uchun, 

Sevgi dunyosiga qo`ygandim qadam, 

Hayotimni buzding uchrab qaydanam. 

 

Sendan yashirmayman mendan ham o`tdi, 

Mening gunohlarim dard bo`lib qaytdi, 

Muhabbatim endi ko`z ochgan payti, 

Sevgi dunyosiga qo`ygandim qadam, 

Meni qaytarmadi birorta odam. 

 

Nimamga ishonib sevdim men nodon, 

-Men ham kuyib ketdim  

Qichqirar qozon, 

Yaxshi niyat bilan uyg`onib azon, 

Sevgi dunyosiga qo`ygandim qadam, 

Omadimni sinab ko`ray deb men ham. 

 

Yig`lama...! 

Shaytonning urg`ochisisan, 

Hammani do`zaxga chorlovchisisan, 

Yolg`onchilarning eng yolg`onchisisan, 

Sevgi dunyosiga qo`ygandim qadam, 

Bilmay bir shaytonni tanlab qo`yibman

AVVAL DO`STLIK... 

 

Avval do`stlik, keyin sevgi, keyin hijron, 

Avval ishonch, keyin quvonch, keyin yolg`on... 

Xoling ne deb so`rolmayman, so`rolmayman, 

Ko`zlaringga qarolmayman, qarolmayman. 

 

Avval aql, keyin yurak, keyin vijdon, 

Avval savol, keyin va`da, keyin armon... 

Sababini aytolmayman, aytolmayman, 

Ko`zlaringga qarolmayman, qarolmayman. 

 

Seni ko`rsam yoningdan ham o`tolmayman, 

Kecha kutgan Ahad kabi kutolmayman, 

Qo`llaringdan mahkam quchib yurolmayman, 

Ko`zlaringga qarolmayman, qarolmayman. 

 

Axir hayot kitob emas, kino emas, 

Turmush bilan ko`ngil boshqa ma`no emas, 

Men bu dardni yuragimga yutolmayman, 

Ko`zlaringga qarolmayman, qarolmayman.

SENGA ISHONISHNING BITTA YO`LI BOR 

 

Senga ishonishning bitta yo`li bor, o`zimni aldash… 

Yuragim yolg`onlar qamalgan diyor, qismati chalkash… 

O`zimni so`roqqa tutmoq istayman, lekin qo`rqaman. 

Seni unutmoqqa chora izlayman, shuni uqaman. 

 

Baxtliman, agar baxt azobda bo`lsa, tole`im butun. 

Qiynoqlar izma-iz so`roqlab kelsa, yashirmoq nechun. 

Axir o`z-o`zimdan qochmoqning bu dam iloji yo`q-ku. 

Garchi kul ostida bo`lgani bilan yuragim cho`g`-ku… 

 

Ey yuragim, nahot, nahotki bizlar qoldik zulmatda. 

Ko`kka tig` sanchardim topolsam xanjar bunday fursatda. 

Qalbimni aldashdir eng so`nggi choram azizim, tushun, 

Sen uchun o`zimni o`tga tashlayman bilmayman nechun…

HAMMA QILGANLARING OZINGGA QAYTAR 

 

Qachondir sen meni yodga olasan, 

Kimsasiz sahrodek yolgiz qolasan, 

Sevgimizni eslab oyga tolasan, 

Dunyo aylanadur bir kun vaqt otar, 

Hamma qilmishlaring ozingga qaytar. 

 

Yaxshiga yaxshilik qaytadi bir kun, 

El unga raxmatin aytadi bir kun, 

Yomonni lanatlar kutadi bir kun, 

Dunyo aylanadur bir kun vaqt otar, 

Hamma qilmishlaring ozingga qaytar. 

 

Mening muhabbatdan boshqa nimam bor, 

Bir sening xayoling doim menga yor, 

Bugun yuragimga sen berding ozor, 

Dunyo aylanadur bir kun vaqt otar, 

Hamma qilganlaring ozingga qaytar. 

 

Men-ku erta yana baxtim toparman, 

Xayotga qaytaman shahdim toparman, 

Yoqotgan davlat-u taxtim toparman, 

Dunyo aylanadur bir kun vaqt otar, 

Hamma qilmishlaring ozingga qaytar. 

 

Birov xaqqi birov qornida qolmas, 

Birov qarzi birov boynida qolmas, 

Yomonlik Ahadning konglida qolmas, 

Dunyo aylanadur bir kun vaqt otar, 

Hamma qilmishlaring o`zingga qaytar.

SIZNI YOQOTGANIM YOLGON BOLMADI 

 

Sizni yoqotganim yolgon bolmadi, 

Ozimni topishim oson bolmadi. 

YOlgizlik xayr endi, omon bol xijron, 

Otgan damlarimiz yomon bolmadi. 

 

Xammasini kordim, ne bersa qismat, 

Rux falakka yetdi tushganda kulfat. 

Boshimdan otgani bu qaro zulmat, 

Qayta xayot berdi, figon bolmadi. 

 

Azobingiz menga pinxon baxt berdi, 

Ijodimga ilxom, yangi dard berdi. 

Niyatim birgina vaslingiz edi, 

Dilda shundan boshqa armon bolmadi. 

 

Oylamang, bu kunlar emasdir mangu, 

Otginchi sinovdir xar qanday qaygu. 

Sizning labingizda uygondi kulgu, 

Lek mening yuragim vayron bolmadi. 

 

Yoq, xali xammasi tugagani yoq, 

Kunglingiz Ahaddan bolsin mudom toq. 

Dilda muxabbatdan yongan osha chog, 

Xech kimga yashirin pinxon bolmadi.

ALDANGAN QIZ 

 

(Endi ayt-chi,kimga keraksan, 

Gul umrini uvol qilgan qiz. 

Ming g'iybatchi tilda ermaksan, 

Yoshligini zavol qilgan qiz.) 

 

U yig'ladi artdim yoshini, 

Savol bersam,egdi boshini. 

Ko'tarolmas hasrat toshini, 

Aldangan qiz. 

 

Avji bahor ochilmagan gul, 

U bir dildor,sochilmagan dil. 

Yolg'iz qolsa,ne qilsin,axir, 

Aldangan qiz. 

 

Sevdi baxtli bo'laman deya, 

Aldanishin kutmagandi-ya. 

Yig'lar endi u kuya-kuya, 

Aldangan qiz. 

 

Daydi shamol ermaklab o'tar, 

U-chi bedor kimnidir kutar. 

Yostiqlari toshdan ham battar, 

Aldangan qiz. 

 

Baxti samoda yonmagan yulduz, 

Qalbi nafrat to'la bir dengiz. 

Gul umrini so'ldirdi essiz, 

Aldangan qiz. 

 

Aldangan qiz xazonga o'xshar, 

Hayotdan hech umidsiz yashar. 

Yolg'izlikdan ezilib qaqshar, 

Aldangan qiz. 

 

Tinglang,do'stlar,Ahad dardini, 

Yig'lab yozgan har bir satrini. 

Sen Xudoga sol nomardlarni, 

Aldangan qiz.

SEVGANING YAXSHIMASMI? 

 

Gulim, menga qalbingni,  

Berganing yaxshimasmi?  

Bilganimda qadringni,  

Sevganing yaxshimasmi? 

 

Yaxshimasmi yonimda, 

Jonim bo‘lsang jonimda, 

Ayni yeog‘inganimda, 

Kelganing yaxshimasmi? 

 

Tushunmayman sshi ham,  

Qiynab yubording biram,  

Qaynoqqina mehrimga,  

To‘yganing yaxshimasmi? 

 

Ko‘zlarimga termulib,  

Dardlarim olib-olib, 

Dilga muhabbat solib,  

Qolganing yaxshimasmi? 

 

Eshitmasang dod desam, 

Kammi yo jonim bersam, 

G‘amdan to‘lmay boshginang,  

Kulganing yaxshimasmi? 

 

Gulim, menga qalbingni,  

Berganing yaxshimasmi?  

Bilganimda qadringni,  

Sevganing yaxshimasmi?

BEGOYIM 

 

Yo‘llarimga gul to‘kib,  

Keling demang guloyim.  

Dilim og‘ritib ketib —  

Begim demang begoyim. 

 

Ishq shahrining darchasi,  

Menga yopiq barchasi. 

Oh, xiyonat zarbasi, 

Begim demang begoyim. 

 

Siz quvnagan ko‘chalar, 

Biz yig‘lagan kechalar.  

Dilda afsus kuy chalar,  

Begim demang begoyim. 

 

Endi qadrimiz bilib,  

Yig‘laysiz, qaytib kelib.  

Poyimizga yiqilib,  

Begim demang begoyim. 

 

Nozikkina bilaklar,  

Endi kimni ermaklar.  

Menga aytmang ertaklar,  

Begim demang begoyim. 

 

Yo‘llarimga ko‘z tikib,  

Keling demang muloyim.  

Dilim og‘ritib ketib —  

Begim demang begoyim.

MENI SOG‘INMADINGMI 

 

Osmon titrab chaqmoq chaqar,  

Yuragimni chayon chaqar,  

Nafasimdan olov chiqar, 

Meni sog‘inmadingmi? 

 

Sevgi boshga balo bo‘ldi, 

Ko‘z yoshlarim daryo bo‘ldi, 

Bu qandayin jazo bo‘ldi, 

Meni sog‘inmadingmi? 

 

Sen uchun qonlar yutdim-ay,  

Umrbod seni kutdim-ay,  

Dunyodan yolg‘iz o‘tdim-ay, 

Meni sog‘inmadingmi? 

 

Quyosh ko‘rmagan qishmisan,  

Loyi pishmagan g‘ishtmisan, 

Shunchalar bag‘ri toshmisan,  

Meni sog‘inmadingmi? 

 

Chil-chil sinib sabr kosam,  

O‘zim seni izlab borsam,  

Qumlar bosgan qabring topsam,  

Meni sog‘inmadingmi? 

 

Bormikan azobning narxi,  

Ahadga yo‘q buning farqi, 

O‘sha sof muhabbat haqqi, 

Meni sog‘inmadingmi?

BORGAN SARI... 

 

Borgan sari go‘zallashib boryapsan, 

Ammo battar qaysarlashib boryapsan,  

Meni qiynab o‘jarlashib boryapsan,  

Ado bo‘ldim, 

Ahvolimni ko‘ryapsan... 

 

Sevasanmi, sevmaysanmi bildirmay,  

Kelasanmi, kelmaysanmi sezdirmay,  

Kel, muhabbat qasrin obod etaylik,  

Yonimda bo‘l, 

Ko‘p o‘zingdan bezdirmay...

MENI KECHIR 

 

Meni kechir, xato qildim, meni kechir,  

Seni baxtdan judo qildim, meni kechir,  

Kirib qoldim xiyonatning ko‘chasiga,  

Or-nomusni savdo qildim meni kechir. 

 

Dilda endi umid yo‘q bir dastagina,  

Yurakkinam yig‘lar endi astagina, 

Bosh ko‘tarib yurolmaysan endi men deb,  

Xastagina gulim meni, xastagina! 

 

Meni kechir, xato qildim, meni kechir,  

Qiynayverib ado qildim, meni kechir,  

Bergan eding menga oppoq ko‘nglingni sen,  

Yuzlaringni qaro qildim meni kechir! 

 

Yurar bo‘lsam kutar meni xazonyo‘llar,  

Yolg‘onyo‘llar, gumonyo‘llar, arzonyo‘llar,  

Nima qilay, nima qilay, nima qilay,  

Pushaymonlar yuragimni g‘ajiyverar! 

 

Yig‘lamagin, chidaymizda taqdir endi,  

Mendan ko‘ra senga ko‘proq og‘ir endi,  

Baxtsiz qolding nahotki sen meni o‘ylab,  

Yongin Ahad, dod sol endi, hayqir endi! 

 

Meni kechir xato qildim, meni kechir,  

Seni baxtdan judo qildim, meni kechir,  

Kirib qoldim xiyonatning ko‘chasiga,  

Or-nomusni savdo qildim meni kechir.

DIL BERMOQ AYBMI? 

 

Sevgim izhoriga ocholmay labni, 

Yoningda yonaman, qiynayman qalbni, 

Nega muhabbatim qabul qilmaysan, 

Sevish gunohmi ayt, dil bermoq aybmi?  

 

Qara, g‘unchalarin ochmoqda bahor,  

Atirgul atrini sochmoqda bahor,  

Yurakkinam seni qilmoqda xumor,  

Sevish gunohmi ayt, dil bermoq aybmi?  

 

Sog‘insam ko‘zimdan daryo toshganday,  

Qalbim har lahzada senga shoshganday,  

Sensiz hayotimdan ma’no qochganday, 

Sevish gunohmi ayt, dil bermoq aybmi?  

 

Yurak malikasiz qasrday vayron,  

Ko‘nglim qaldirg‘ochlar tark etgan ayvon,  

Nima gap deb sevgi o‘rtada hayron,  

Sevish gunohmi ayt, dil bermoq aybmi?  

 

Seni aldamadim, ranjitmadim hech,  

Ismingni tilimdan qo‘ymay erta-kech, 

Endi xotiralar mendan olar o‘ch, 

Sevish gunohmi ayt, dil bermoq aybmi?  

 

Sevaman, poyingga ko‘zlarim surtib,  

Ko‘zda yoshlarimni shamolda artib,  

Tushun, hayotimda qolmadi tartib,  

Sevish gunohmi ayt, dil bermoq aybmi?  

 

Bilaman, savollar yoqmaydi senga, 

Bir kuni yolg‘onlar aylanar chinga, 

Ertaga pushaymon naf berar kimga, 

Sevish gunohmi ayt, dil bermoq aybmi?

KETDIMU... 

 

Ketdimu, ortimga qaytolmay qoldim, 

Eng‘ so‘nggi so‘zimni aytolmay qoldim.  

Bedavo, bedavo, dardim bedavo, 

Bunga sabab xiyonating, bevafo. 

 

Alvido, alvido, senga xayr-xo‘sh, 

Sen yo‘qsan, hayotim, qalbim ham bo‘m-bo‘sh.  

Ishqning bozorida mening narxim yo‘q,  

Kelib ko‘r, telbadan mening farqim yo‘q.  

 

Ketdimu, ko‘changdan o‘tolmay qoldim, 

G‘azabdan o‘zimni tutolmay qoldim.  

Yashirmayman tunlar ko‘z yoshim daryo,  

Yomonam sog‘inib ketaman goho. 

 

Sevaman qalbingni nolasigacha, 

Sevaman sochingni tolasigacha... 

Bilgin, nega o‘zga qo‘lini tutdim, 

Seni, faqat seni unutish uchun. 

 

Uni men senchalik balki sevmasman, 

Ammo, butun umr tashlab ketmasman...  

Yillar o‘tib ko‘zlar tushganda ko‘zga,  

Tilimiz kelmasa biror bir so‘zga. 

 

Istayman, sening ham baxting ko‘rmoqni,  

O‘zim ham baxtiyor yashab o‘lmoqni. 

Bir kun senu men baxt toparmiz axir,  

Ammo ikki o‘tda sevgiga og‘ir. 

 

So‘nggi so‘zlarimni eshit ey makkor, 

Bir kuni bo‘larsan aftoda va xor. 

Ketdimu, ortimga qaytolmay qoldim, 

Eng so‘nggi so‘zimni yutolmay qoldim.

DILBAR 

 

Meni shaydo qilgan dilbar, 

Ishqi sarmast etdi do‘stlar,  

Qarashlari sirli-sirli, 

O‘tli boqar, o‘tli boqar. 

 

Atrofimda parvonadir,  

Ta’rifi bir afsonadir,  

Yurishlari mayin-mayin,  

Qoshlar qoqar, qoshlar qoqar.  

 

Diydoriga qarab to‘ysam, 

Lablariga labim qo‘ysam, 

Nafaslari shirin-shirin, 

Biram yoqar, biram yoqar. 

 

Oshiq Ahad ado bo‘ldi,  

Qomatiga gado bo‘ldi, 

Qarab qo‘yea kulib-kulib,  

Gullar sochar, gullar sochar.

SEVAMAN... 

 

Sevaman, o‘ziga aytolmayman hech, 

Ammo ortimga ham qaytolmayman hech,  

O‘zi ham indamas bir sado kutsam, 

Nima qilay bir zum kutolmayman hech. 

 

Boshim og‘riyapti, 

Kallam ishlamayapti  

Axir sevaman deb aytaman qanday,  

Menday dilbezovta tentak oshiq yo‘q, 

Muhabbatga asir ko‘ngil yo‘q menday...

YIG‘LA KO‘NGLIM... 

 

Yig‘la ko‘nglim, yig‘la bu oqshom, 

Yig‘la, eslab baxtli kunlarni, 

Baxt o‘rniga bizning muhabbat, 

Boshlab keldi qaro tunlari. 

 

U kelmaydi, unut, sog‘inma, 

Uchrab qolsa, baxli bo‘l deb ayt,  

Ammo, izlab borma, yalinma, 

Telba kunglim shu fikringdan qayt...

YOLG‘ON TUSHIB O‘RTAGA 

 

Ikkimizni ishq o‘ti, 

Devona qilib qo‘ydi. 

Yolg‘on o‘rtaga tushib, 

Begona qilib qo‘ydi. 

 

Umidlar so‘na so‘na,  

Qancha kuydim mengina.  

Gap-so‘zlar anchagina,  

Ovora qilib qo‘ydi. 

 

Hech nima talashmadik, 

Baxt uchun kurashmadik, 

Charchadim men shunchalik, 

Yuragim to‘yib bo‘ldi. 

 

Og‘rir yurak voy-voylab,  

Birgina seni o‘ilab,  

Kimlar yo‘limiz poylab,  

Tuzog‘in tashlab ko‘ydi.  

 

Ikkimizni ishq o‘ti, 

Devona qilib qo‘ydi. 

Shayton o‘rtaga tushib, 

Begona qilib qo‘ydi.

MEN UCHUN HAM O‘ZINGNI ASRA 

 

Sevdim degan so‘zingni asra, 

Meni kutgan ko‘zingni asra, 

Seni topgum, yoningga borgum, 

Men uchun ham o‘zingni asra. 

 

Asra, dilda muhabbatingni,  

Asra menga ko‘ngil xatingni,  

Menga atab hamma gapingni, 

Men uchun ham o‘zingni asra.  

 

Ko‘ksingdan otilsa ming faryod, 

Seni ko‘p yig‘latsa bu hayot, 

Sabr qil, topmasang bir najot, 

Men uchun ham o‘zingni asra. 

 

Sinab bir bor va’dalar kuchin,  

Dildan olmay xatolar o‘chin,  

Urtada sof sevgimiz uchun, 

Men uchun ham o‘zingni asra. 

 

Uzun yillar kitobin yopgum, 

Bir kun yig‘lab izlaring o‘pgum, 

Bir kun seni baribir topgum, 

Men uchun ham o‘zingni asra. 

 

Yurakka in qurmayin qayg‘u,  

Hayotingga solmagin og‘u, 

Sendan bitta iltimosim shu -  

Men uchun ham o‘zingni asra.  

 

To‘ldir jonim, qalbingni nurdan, 

Go‘zal bo‘lsin tunlaring kundan, 

Sevsang agar Ahadni chindan, 

Men uchun ham o‘zingni asra.

QAYLARDASAN 

 

Qaylardasan, bergin menga, 

Sado, sado. 

Muhabbatdan kechib qilma, 

Xato, xato. 

 

Yuragimda g‘amtoshlarim,  

Tugar sabr-u bardoshlarim,  

Sen kelmasang, kuz yoshlarim,  

Daryo, daryo. 

 

Sochlaringni tarashlaring,  

Boshqachadir yurishlaring,  

Kipriging qarashlaring, 

Dunyo, dunyo. 

 

Qara, hayot bir sahnadir,  

Umr o‘zi bir lahzadir, 

Seni dilga solgan Xudo,  

Tanho, tanho. 

 

Qaro, qaro qoshginangda, 

Buncha savdo boshginangda, 

Oh, o‘n sakkiz yoshginangda, 

Buncha g‘avg‘o. 

 

Senga jonim fido, fido,  

Buncha qilma ado, ado,  

Qilgin vafo, qilmay jafo,  

Zebo, zebo. 

 

Oshiq Ahad tilagida, 

Qonli bu ishq ko‘ylagida, 

To‘lib ketgan yuragida, 

Navo, navo.

KELMASANG 

 

Dil osmonim toraydi,  

Zulmat tushib qoraydi,  

Mendan kim hol so‘raydi,  

Kelmasang. 

 

Umid ipin uzgani, 

Ishq qasrini buzgani,  

Sevolmayman o‘zgani,  

Kelmasang. 

 

Xazonlarga dil ochgum,  

Armonlarga qo‘l ochgum,  

Gumonlarga yo‘l ochgum,  

Kelmasang. 

 

Uzim izlab borayman,  

Ostonangda tunayman,  

Sevmaydi deb o‘ylayman,  

Kelmasang. 

 

Uyg‘onsaydim bag‘ringga,  

Uchramayin qahringga,  

Qanday kiray qalbingga  

Kelmasang. 

 

Yetolmay ming tilakka,  

Qolsam, g‘iybat ermakka,  

Nima deyman yurakka,  

Kelmasang.

BILAMAN, XALI HAM UNI SEVASIZ 

 

Siz ham sevgingizdan ayrilgansizku,  

Nega buncha menga azob berasiz, 

Yarim ko‘nglingizda hamon yashar u,  

Bilaman, hali ham uni sevasiz. 

 

Meni yupatasiz. 

Yolg‘onlar zanjir, 

Uzingizni aldab nima qilasiz, 

Quying, hammasini bilaman axir,  

Bilaman, hali ham uni sevasiz. 

 

Ko‘zlaringiz sotqin. 

Dardingiz oshkor, 

Ko‘ngil qasringizdan meni quvasiz,  

Yurak osmoningiz mening uchun tor,  

Bilaman, hali ham uni sevasiz. 

 

Menga qarab turib o‘ylaysiz uni, 

Uning yo‘llaridan umid uzasiz. 

Sizning fojeaga aybim ne meni,  

Bilaman, hali ham uni sevasiz. 

 

Nima qilay axir, 

Nima qil deysiz, 

Orzular yovvoyi kapalaklarim, 

Bilaman, hali ham uni sevasiz, 

 

Axir, buning uchun yo‘q mening aybim... 

Siz ham sevgingizdan ayrilgansizku,  

Nega buncha menga azob berasiz, 

Yarim ko‘nglingizda hamon yashar u,  

Bilaman, hali ham uni sevasiz.

SEVGI KO‘CHASIDA 

 

Sevgi ko‘chasida yig‘laydi bir qiz,  

Ojizgina qalbin tig‘laydi bir qiz, 

Gul umrini barbod qildi u yigit,  

Beshafqat taqdirni qarg‘aydi bir qiz... 

 

Xiyonat xanjaring qonlar sachratdi, 

U nomardni hayot qaydan uchratdi,  

Falakni titratar shu bitta dardi,  

Sevgi ko‘chasida yig‘laydi bir qiz. 

 

U bir malaksiymo, pariro‘y bir qiz.  

Sarviqomat barno, tishlari dur qiz,  

Uning aybi nima tushuntir hayot, 

Sevgi ko‘chasida yig‘laydi bir qiz. 

 

Sotilgan, or-nomus, pushaymonga qasd,  

Endi u hech kimga ishonmaydi bas,  

Yo‘qotish, insonga saboqmaktab, dars,  

Sevgi ko‘chasida yig‘laydi bir qiz, 

 

Nafratning qo‘ynida uxlaydi bir qiz,  

VISOLning uyiga sig‘maydi bir qiz,  

Qalbini titratib shoir Ahadni, 

Hayot ko‘chasida yig‘laydi bir qiz,

KECHIR MENI, KECHIR, YURAK 

 

Endi u yo‘q hayotimda, 

Yashar faqat faryodimda, 

Ayrildim bir qanotimdan, 

Qaytib sevolmasam kerak, 

Kechir meni, kechir, yurak. 

 

Nahot qaytib uchrashmayman,  

Ko‘rishmayman, so‘rashmayman,  

Baxtlibosda yarashmayman,  

Qalbimda kuz xazonko‘ylak,  

Kechir meni, kechir, yurak.  

 

Pushaymonlar qavat-qavat, 

Bir yon alam bir yon nafrat, 

Dilda shovqin shahri hasrat, 

Yig‘lar xasta dil jonsarak, 

Kechir meni, kechir, yurak. 

 

Jim yig‘layman o‘ltirvolib,  

Suratlaring keltirvolib,  

Dilni dardga to‘ldirvolib,  

Kechagi baxt shirin ertak, 

Kechir meni, kechir, yurak.  

 

Ko‘zimizga termilar ishq, 

Gumonlarga cho‘milar ishq, 

Qay qabrga ko‘milar ishq, 

U kelmaydi yo‘qsir darak, 

Kechir meni, kechir, yurak. 

 

Qon qaqshayman yolg‘izliqda, 

Oshiq Ahad yorsizliqsa,  

Sensizlikda, holsizlikda, 

Vasli umid telba istak, 

Kechir meni, kechir, yurak.

UYQUSIZ KECHALAR 

 

Uyqusiz kechalar ko‘zlarimda yosh,  

Beshafqat g‘amlarga yuragim talosh,  

Yodimga tushadi o‘sha bag‘ritosh, 

Jim, bir zum gapirma yurak yig‘lasin,  

Uning yo‘llariga umid bog‘lasin... 

 

Qo‘y, ovutma meni bir yig‘lab olay,  

Telba, tentakkinam yodimga solay,  

Xayolda bo‘lsa qam yoniga boray,  

Sog‘inchlar xanjari qonli tig‘lasin,  

Yolg‘ondan bo‘lsa ham ruhim uxlasin. 

 

Nima qilay axir ezilib ketdim, 

Uni esga olsam jimirlar etim, 

Ey dil, gulfaslimni kimlarga berdim,  

Dod sol, qichqiriqqa dunyo sig‘masin,  

Jim, bir zum gapirma, yurak yig‘lasin. 

 

Boshim urib yorsam chidarmikin tosh,  

Farqini bilmayman qon bilan ko‘z yosh,  

Yodimga tushganda o‘shal bag‘ritosh,  

Uyqusiz kechalar dardim cho‘g‘lasin,  

Tushimda bo‘lsa ham meni yo‘qlasin. 

 

Uyqusiz kechalar ko‘zlarimda yosh,  

Beshafqat g‘amlarga yuragim talosh,  

Yodimga tushadi o‘sha bag‘ritosh, 

Jim, bir zum gapirma yurak yig‘lasin,  

Uning yo‘llariga umid bog‘lasin...

SEVGI SHAROB 

 

Sevgi — sharob, 

Ichib bo‘lmas. 

Sevgi — azob, 

Kechib bo‘lmas. 

Nima qilay, 

Dil cho‘g‘ endi,  

Qanday kulay, 

U yo‘q endi. 

Sevgi - yig‘lab,  

Kuldiradi, 

Sevgi - qiynab,  

O`ldiradi... 

Kuta-kuta, 

Dilim ko‘ndi. 

Jon bezovta, 

U yo‘q endi. 

Sevgi - bahor, 

Ko‘z yosh - yomg‘ir, 

Sevgi - ozor. 

Chidash og‘ir... 

Dil - qush bilmay,  

Qayga qo‘ndi, 

So‘rar tinmay, 

U yo‘q endi. 

Sevgi - kitob, 

O‘qib bo‘lmas, 

Sevgi - uzuk, 

Taqib bo‘lmas. 

Ahad yig‘lab, 

Bag‘ri yondi, 

Jim, yiroqlab, 

U yo‘q endi...

SENI KO‘RSAM EDI 

 

Nafasim iztirob, qadamim azob,  

Sening darding ila bo‘lyapman xarob,  

Visoling qalbimga bo‘lmasdan sarob,  

Sog‘ingan yurakni etmay umidvor,  

Seni ko‘rsam edi azizim bir bor. 

 

Qo‘llaring eslayman, ko‘zing eslayman,  

Oppoq nurga cho‘mgan yuzing eslayman,  

Meni kuting degan so‘zing eslayman,  

Muzlayman, nigoxing eslab betakror,  

Seni ko‘rsam edi azizim bir bor. 

 

Dil ko‘ndi, o‘tindi, yoring qayda deb,  

Sen deb ado bo‘lgan zoring qayda deb,  

Nomusing qayda deb, oring qayda deb,  

Nasib etarmikan eng so‘nggi diydor,  

Seni ko‘rsam edi azizim bir bor. 

 

Sochlaringni silab o‘lsam qaniydi,  

Yoningda yig‘lasam kulsam qaniydi,  

Sen meni unutsang, qalbim taniydi, 

U menga intizor, menga vafodor, 

Seni ko‘rsam edi azizim bir bor. 

 

Men yolg‘iz emasman, xayoling hamroh,  

Muhabbatdan ortiq yo‘q menga panoh,  

Bu yo‘lda jon bermoq bo‘lsa ham gunoh,  

Oshiq Ahad mudom aybiga iqror, 

Seni ko‘rsam edi azizim bir bor.

BOSHQACHA YASHAYMAN... 

 

Boshqacha yashayman ertadan boshlab, 

Yo‘q, bugundan boshlab o‘zgaraman men.  

Yomon odatlarim hammasin tashlab,  

Yangidan ochaman hayot daftarim. 

 

Unutaman hamma pushaymonlarni, 

Do‘st, dushman hech kimdan olmayman o‘chim.  

Yurakni muzlatib qo‘ysam ham hatto, 

Seni unutmoqqa yetmaydi kuchim.

SIZ BARIBIR BOSHQACHASIZ 

 

Siz baribir boshqachasiz, 

siz boshqacha go‘zalsiz,  

Siz boshqacha yoqasizda, 

boshqalardan o‘zarsiz,  

Ucharsiz dilosmonimda, 

boshqalardan o‘jarsiz,  

Dilsahromda siz kezarsiz, 

dildaryomda suzarsiz! 

 

Oshiqman, savdoyiman, 

telbaman shaydoyiman,  

Husningiz adoyiman, 

mehringiz gadoyiman,  

Sevaman, baxtim sizda, 

yuragim, dardim sizda,  

Dardingiz davoyiman, 

qalbingiz navoyiman. 

 

Sizga baxt yarashadi, 

bizga dard yarashadi,  

Uzgalar havas bilan 

termulib qarashadi,  

Bir qiyo boqsangiz bas,  

oshiq dil yasharadi, 

Siz ketsangiz dilda g‘am,  

ko‘z yoshim sharsharadir. 

 

Sizni o‘ylab yasharman, 

yolg‘izlikda qaqsharman,  

Poyizga dil to‘sharman, 

poyizga gul to‘sharman,  

Ahad yashar kim uchun, 

qiynaysiz uni nechun,  

Yig‘lab bag‘rim tesharman, 

devonaga o‘xsharman. 

 

Siz baribir boshqachasiz, 

siz boshqacha go‘zalsiz,  

Siz boshqacha yoqasizda, 

boshqalardan o‘zarsiz,  

Ucharsiz dilosmonimda, 

boshqalardan o‘jarsiz,  

Dilsahromda siz kezarsiz, 

dildaryomda suzarsiz!

YODINGGA TUSHSIN 

 

Kimnidir sog‘inib yolg‘iz qolganda,  

Seni sevganlarim yodingga tushsin,  

Qismatning oldida ojiz qolganda,  

Meni kuyganlarim yedingga tushsin. 

 

Sendan baxtlar yuzin bursa, yig‘lama,  

Yuraging alamga tulsa, yig‘lama,  

Hayotdan umiding so‘nsa, yig‘lama,  

Meni aytganlarim yodingga tushsin. 

 

Suyganing yuz burib vafo qilmasa,  

Bitta shirin so‘zin ravo qilmasa,  

Va’dalar bersa-yu, ammo kelmasa,  

Meni kutganlarim yodingga tushsin. 

 

Qalbingni dardini aritolmasang,  

Umringni bir kunin yoritolmasang,  

Kimnidir qiynalib unutolmasang,  

Alam yutganlarim yodingga tushsin. 

 

Ko‘z oldingda yoring xiyonat qilsa, 

Sen ko‘z yosh to‘ksang-u beparvo kulsa,  

Atayin yoningda o‘zgani quchsa, 

Meni ko‘rganlarim yodingta tushsin. 

 

Mayli, men roziman eslamasang ham,  

Ahad qaydasiz deb izlamasang ham,  

Kimgadir bu haqsa so‘zlamasang ham,  

Seni sevganlarim yodingga tushsin.

KUYIB KUYIB 

 

Yo‘llaringda har kun seni kutar bo‘ldim,  

Seni kutib bu dunyodan o‘tar bo‘ldim,  

Yonib-yonib ozorlaring yutar bo‘ldim, 

Nima ko‘rdim yolg‘iz seni suyib-suyib,  

Oxir qoldim hijroningda kuyib-kuyib. 

 

Ikki o‘tda sarson bo‘ldi muhabbatim, 

Sen kelmading, vayron bo‘ldi muhabbatim,  

Yuragimda armon bo‘ldi muhabbatim, 

Nima ko‘rdim yolg‘iz seni suyib-suyib,  

Oxir qoldim hijroningda kuyib-kuyib. 

 

Kulib-kulib bu ko‘ksimni tig‘laysana-a,  

Sog‘intirib o‘zingga jim bog‘laysan-a,  

Qayerlarda diling xushlab chog‘laysan-a,  

Nima ko‘rdim yolg‘iz seni suyib-suyib,  

Oxir qoldim hijroningda kuyib-kuyib. 

 

Oshiq Ahad hayronadir, hayronadir,  

Seni o‘ylab devonadir, devonadir, 

Har bir ohi afsonadir, afsonadir,  

Nima ko‘rdim yolg‘iz seni suyib-suyib,  

Oxir qoldim hijroningda kuyib-kuyib. 

 

Yo‘llaringda har kun seni kutar bo‘ldim,  

Seni kutib bu dunyodan o‘tar bo‘ldim,  

Yonib-yonib ozorlaring yutar bo‘ldim,  

Nima ko‘rdim yolg‘iz seni suyib-suyib,  

Oxir qoldim hijroningda kuyib-kuyib.

AYTGIL QACHON DILING OCHASAN 

 

Bilolmadim kimda yuraging,  

Menga bordir sening keraging,  

Kelib bir bor qalbim so‘ragin,  

Sevdim desam mendan qochasan,  

Aytgil qachon diling ochasan? 

 

Bu yuraging otashmi, muzmi,  

Nigohlaring oymi, yulduzmi,  

Muhabbatim endi afsusmi,  

Sevdim desam mendan qochasan,  

Aytgil qachon diling ochasan? 

 

Mening ham zor oshiqlarim ko‘p,  

Senga aytar qo‘shiqlarim ko‘p,  

Lekin boshqa ma’shuqlarim yo‘q,  

Sevdim desam mendan qochasan,  

Aytgil qachon diling ochasan? 

 

Nahot bekor shuncha xonishim,  

Sening uchun yolg‘on yonishim,  

Sensizlikka qiyin ko‘nishim,  

Sevdim desam mendan qochasan,  

Aytgil qachon diling ochasan? 

 

Oshiq Ahad xatolari bor, 

Olib bo‘lgan jazolari bor,  

Yuragida nidolari bor, 

Sevdim desam mendan qochasan, 

Aytgil qachon diling ochasan?

EY QOSHLARI KAMONIM 

 

Ey qoshlari kamonim, 

Ey ko‘zlari jayronim, 

Sizni sevaman degan, 

Muhabbati yolg‘onim. 

 

Dilingdagi ishq emas,  

Tilingdagi rashk emas, 

Ahdu vafo qilganlar, 

O‘zgasini tanlamas. 

 

Ey visoli xumorim, 

Ey nozlari makkorim, 

Ishqini o‘yin qilgan, 

Oshiqi beqarorim. 

 

Bilganing hoyu havas, 

Aldolmay olmas nafas, 

Bular o‘ziga o‘zi, 

Dunyoni aylar qafas. 

 

Ey lablari xandonim, 

Ey yulduzsiz osmonim,  

Suyganini yo‘qotib, 

O‘z holiga hayronim. 

 

Ahadni izlama bas, 

Hijron senga bo‘lsin dars,  

So‘zlarimdan ranjima, 

Buni aytmoq menga qarz.