Ahad Qayum sherlari

MEN BORMASAM, SEN KELMASANG…

Men bormasam, sen kelmasang,
Men yonmasam, sen yonmasang,
Bir kun kuyib kul bo`larman,
Sevganimga ishonmasang.
O`rtamizda g`urur bordir,
Ikkimizga dunyo tordir.
Har kun eshik qoqadi baxt,
Umidvordir, umidvordir.
Ko`zlarimiz mahzun-mahzun,
Hislarimiz bizdan, mavhum.
So`zlarimiz qisqa-qisqa,
Shartlarimiz uzun-uzun.
Birovlarga o`xsholmasak,
Odamlardek yasholmasak,
Oxiri qanday tugaydi,
O`zimizga ishomasak.
Bu darddan qutulay deyman,
Bir umrga uxlay deyman.
Bir zumga seni o`ylasam,
Yig`lay deyman, yig`lay deyman.
Men bormasam, sen kelmasang
BOSHQAMI YO SEVGANING?

Yuragim qon bo`lgan kun,
Ichimda g`am to`lgan kun,
Ko`z yoshim to`kilgan kun,
Holim so`rab kelmading,
Boshqami yo sevganing?

Yursam, yo`lim adashar,
Kulsam dilim adashar,
So`zlab tilim adashar,
Baxtim eding bilmading,
Boshqami yo sevganing?

Qalbimni ko`p g`ashlama,
Sirli nigox tashlama,
G`irrom o`yin boshlama,
Rostmi ko`ngil uzganing,
Boshqami yo sevganing?

Oylar o`tar, yil o`tar,
Javobing Ahad kutar,
Seni qanday unutar,
Ko`ngil uyin buzganing,
Boshqami yo sevganing?

BECHORA MUHABBATIM…

Azobdagi rohatim,
Bedorlikda toqatim,
Sendadir ko`ngil xatim,
Bechora muhabbatim.

Hech yo`qolmas izimsan,
Bahorimda kuzimsan,
Qismatimda to`zimsan,
Bechora muhabbatim.

Senga ne bor oylarda,
Toza dil yo`q joylarda,
Panoh izlab yurarsan,
Mensiz yolg`iz kaylarda.

Visoldagi furqatim,
SHijoatsiz jur`atim,
Hech o`zgarmas suratim,
Bechora muhabbatim.

Yurak deya adosan,
Sen kechagi xatosan,
Yaratgandan atosan,
Bechora muhabbatim.

Har bosgan yering cho`g`dir,
Nigohing paykon o`qdir,
Ozor berib to`ymasan,
Ahadga rahming yo`qdir.

Azobdagi rohatim,
Bedorlikda toqatim,
Sendadir ko`ngil xatim,
Bechora muhabbatim

admin

Recent Posts

Marja 0 ga intilyapti

Marja 0 ga intilyapti Bozorlar to'yingani sayin, raqobat ham rivojlanib boraveradi, bu jarayonda esa mahsulotlarning…

2 дня ago

Odob va odobsizlik haqida maqollar

Avval salom, bad’az kalom. Odob va odobsizlik haqida maqollar…………………………………………………………………………………………………………………. Bir kattani bil,Bir kichikni bil. Bola…

2 дня ago

Agar siz yordam so’rab qichqirayotgan ayolni orzu qilsangiz

Agar siz yordam so’rab qichqirayotgan ayolni orzu qilsangiz Agar siz yordam so’rab qichqirayotgan ayolni orzu…

3 месяца ago

KONSTITUTSIYA haqida sherlar to’plami bolalar uchun

KONSTITUTSIYA haqida sherlar to'plami bolalar uchun KONSTITUTSIYA Eng sara qonunlardan, Qomusim-oftobro'ya, Yozilgan tilla harfdan, Bizning…

3 месяца ago

Qish fasli haqida eng sara sherlar, (bolalar uchun sheʼr)

Qish fasli haqida eng sara sherlar, (bolalar uchun sheʼr) Qish zavqi (bolalar uchun sheʼr) Tiniq…

3 месяца ago

Notanish qiz uchun ajoyib sher

Notanish qiz uchun ajoyib sher Notanish qiz uchun! Sherlarimda yozilgan bitik. Shunchaki tasodif qofiya halos.…

3 месяца ago