Alamim olaman.
Alamim olaman.
Bu dunyoda boy emasman bilaman,
Qo’limdan ne ishki kelsa qilaman.
Netay kuchim yetar faqat yoshga,
Yig’lab yig’lab alamimni olaman.
Shodon emas g’amdan ado bo’lganman,
Yurakni qon zardobga to’ldirganman.
Dushmanlarim ustimdan kulganida
Yig’lab yig’lab alamimni olaman.
Besh barmoq ham bir biriga o’xshamas,
Telba kabi o’z o’zimcha kulaman.
Dunyo asli bir charxpalak to’xtamas,
Yig’lab yig’lab alamimni olaman.
Do’st bilganim tanxo yaratgan egam,
Boshqa do’stni ayting nima qilaman,
Ba’zida ko’zimga tor bo’lar olam,
Shunda yig’lab alamimni olaman.
Bir so’z bilan yuragim yulishar oh,
Oh,Xudoyim yoqam tishlab qolaman.
Chalib o’tsa oyog’im yaqinim goh,
Yana yig’lab alamimni olaman.
Besh kunlik umrni yig’lab o’tkazib,
Bor dardimni yuragimga solaman.
Yig’lab yig’lab g’amlarimni ketgazib,
Ko’z yoshimdan alamimni olaman.
Irodaxon Qosimova