Alisher Navoiy haqida malumot, g‘azallar dostonlari, sherlari
Alisher Navoiy haqida malumot, g‘azallar dostonlari, sherlari
Alisher Navoiy haqida malumot, g‘azallar dostonlari, sherlari
Alisher Navoiy:
Alisher Navoiy (1441 , 9 - fevral - 1501 , 3 - yanvar) ulugʻ oʻzbek va boshqa turkiy xalqlarning shoiri, mutafakkiri va davlat arbobi boʻlgan. G‘arbda adabiyotining buyuk vakilideb qaraladi, sharqda „nizomi millati va d-din“ (din va millatning nizomi) unvoni bilan ulugʻlanadi.
Sharofiddin Ali Yazdiy nazariga tushgan, Mavlono Lutfiy yosh shoir isteʼdodiga yuqori baho bergan, Kamol Turbatiy eʼtirofini qozongan.
Sayyid Hasan Ardasher, Pahlavon Muhammad kabi ustozlardan taʼlim olgan, Abdurahmon Jomiy bilan ijodiy hamkorlikda boʻlgan. Navoiy 1469 yilgacha temuriylar orasidagi ichki nizolar sababli Hirotdan yiroqroqda yashagan.
Husayn Boyqaro Xuroson taxtiga oʻtirgach (1469), Navoiy hayoti va ijodida yangi bosqich boshlanadi, muhrdorlik (1469) mansabiga, vazirlik (1472) va Astrobod hokimligi (1487)ga tayinlanadi. 1480—1500 yillar mobaynida oʻz mablagʻlari hisobidan bir necha madrasa , 40 rabot (safardagi yoʻlovchilar toʻxtab oʻtish joyi), 17 masjid , 10 xonaqoh, 9 hammom, 9 koʻprik, 20 ta hovuz qurdiradi. Husayn Boyqaro Alisher Navoiyga „muqarrabi hazrati sultoniy“ („sulton hazratlarining eng yaqin kishisi“) degan unvonni beradi. Unga koʻra Navoiy davlatning barcha ishlariga aralasha olardi.
Неча бағрим тўлса қон, боқмас даме дилдор анга,
Бир югурук тифл эрур кирпикларим ичинда ёш,
Ким йиқилиб, санчилибтур ҳар тарафдин хор анга,
Номам элтур қуш агар мазмунин айтиб қилса шарҳ,
Сочқай ўт қақнус киби минг чок ўлуб минқор анга.
Лаълинг оллида чекар эл жонини олғач кўзунг,
Баҳ, не шарбатдур лабингким, жон берур бомор анго.
Ақл эви сори инонин бошламоқ, носиҳ не суд,
Телбаким, дашт узра маркабдур бузуқ девор анга.
Тортасен исён юкин, хам қил қадннг тоатғаким,
Юк оғир бўлса, рукуъ ул дам бўлур ночор анга.
Умр ғафлат уйқуси бирла тиларсен кечса, оҳ,
- Кўз юмуб-очқунча кимнинг эътимоди бор анга?
Мен худ ўлдум, эй сабо, кўнглумни кўрманг кўйида,
Чиқма андин, деб насиҳат қилғасен зинҳор анга.
Зор жисмим тушгали ҳажр ўтидин ғам чанггига,
Эй Навоий, ўхшашур ҳам уд анга, ҳам тор анга.
Til shirinligi — ko’ngilga yoqimlidir; muloyimligi esa — foydali.
Shirin so’z sof ko’ngillar uchun asal kabi totlidir; bolalar uchun muloyim tabiatli odam — halvofurush kabi sevimlidir.
Har kimningki so’zi — yolg’on,
Yolg’onligi bilingach, uyatga qolg’on.
Yolg’onni chindek gapiruvchi so’z ustamoni — kumushga oltin qoplab sotuvchi zargar.
Yolg’on - afsonalar bilan uyqu keltiruvchi,
Yolg’onchi — uyquda alahlovchi.
Kimki, yolg’on so’zni birovga to’nkagay,
Oʻz qora yuzini yog’ga bulaydi.
Ozgina yolg’on ham ulug’ gunohdir, Ozgina zahar ham halok qiluvchidir.
Chin so’z — mo’tabar;
Yaxshi so’z qisqa — muxtasar.
Agar bir ko’ngilda til nayzasining jarohati bordir, faqat yaxshi so’z va shirin til unga malham va rohatdir
Navoiy maqbarasi - Hirot (Afgʻoniston)dagi meʼmoriy yodgorlik. Shahar tashqarisidagi Musallo markazida, Injil arigʻining jan. qirgʻogʻi yaqinida joylashgan gumbazli oddiy bino.
Gavharshodbegim maqbarasiga qiyoslab hirotlik savdogar hoji Gʻulomhaydar Muxtarzoda qurdirgan (1947). Tarhining tashqarisi 10x10 m, ichkarisi 6x6 m. Devor qalinligi 1 m.
"Hazrat Amir Kabir Nizomiddin Alisher Navoiy Hiraviy. Tavalludi 844, vafoti 906 hijriy, Donishparvar vazir"
Alisher Navoiy ulug’ lirk shoirdir.U Saddiy,Xofiz, Xisrav Dexlaviy va Abduraxmon Jomiy kabi mashxur sharq lirk shoirlarining,Xorazimiy,Sayfi Saroiy,Atoiy, Sakkokiy va Lutfiy kabi o’zbek dunyoviy adabiyoti namoyondalarining eng yaxshi adabiy tradsiyalarini davom ettirdi va rivojlantirdi,xalq poetik ijodiyotining g’oyaviy-badiiy boyliklaridan unumli foydalandi.Badiiy adabiyotning xayotga,jamiyat extiyojlariga xizmat qilish uchun kurashgan Navoiy lirik poeziyaning tematikasi, g’oyaviy motivlari va obrzlari sistemasini boyitdi, takomillashtirdi.
Navoiy juda katta va boy lirik xazina yaratib qoldirdi. Bu lirik xazinaning asosiy 45 ming misraga yaqin o’zbek tilidagi sherlarini o’z ichiga olgan ,,Xazoyinul maoniy’’ va 12 ming misradan ziyod fors-tojik tilidagi sherlarni o’z ichiga olgan ,,Devonni Foniy’’, fors-tojik tildagi 6 falsafiy qasidadan iborat
Noxush xabarni chin bo’lsa ham do’stingga yetkazma
Ваҳки, расвомен яна довонаву оқил аро,
Булажаб ҳолим эрур афсона ҳар маҳфил аро.
Музтар эрдим ҳажридин, ёр этгай эрмиш тарки меҳр
Мушкуледур ишқдин ҳар дам манга мушкил аро.
Ақлу сабру ҳуш итиб, кўнглумда қолди доғлар,
Корвон кўчса қолур ўтлар ери маизил аро.
Ўқларинг мужгон киби гирён кўзум атрофида,
Рост бордур ул қамишлиқким бўлур соҳил аро.
Кирпигинг тушкап кўнгул ичра хаёлинг, эй пари, Гўиё
Юсуф нузул этмиш чаҳи Бобил аро.
Куллуғунг догидин ўлсам, истамон озодлик,
Ким бу тамғодур нишоне мудбиру муқбил аро.
Кўюнг-ўқ истар Навоий, нася жаннат — аҳли зуҳд,
Мунча-ўқ бўлғай тафовут олиму жоҳил аро.
OʻXSHAMAS
Charx avzoi bu dam, avvalgilarga o‘xshamas,
Ko‘nglim ichra dardu g‘am, avvalgilarga o‘xshamas.
Kotibi rahmu raqam, avvalgilarga o‘xshamas,
Endi inson qadri ham, avvalgilarga o‘xshamas,
Kim ul oyning hajri ham, avvalgilarga o‘xshamas.
Har kishi kim bir ulug‘ ishga yetibdur jon misor,
Shiddati pastu baland kelganda ham qilmaydi or,
Ey falak, hech kimni qilma besamar yo‘llarda xor,
Jabridin erdi alamlar endi tutmish o‘zga yor,
Ne sitam endi kimdir alam, avvalgilarga o‘xshamas.
Ona Sharq tojin kiyib zulmatda ushlatmang meni,
Bodai haq mastiman yolg‘onga uyg‘otmang meni,
O‘z xayolimga qo‘ying, o‘zgaga ishlatmang meni,
Ishq aro Farhod ila Majnunga o‘xshatmang meni,
Kim bu rasvoi ajam, avvalgilarga o‘xshamas.
Kotibi rahmu raqam, avvalgilarga o‘xshamas,
Endi inson qadri ham, avvalgilarga o‘xshamas.
Ғурбатда ғариб шодумон бўлмас эмуш,
Эл анга шафиқу меҳрибон бўлмас эмуш,
Олтин қафас ичра гар қизил гул битса,
Булбулға тикандек ошиён бўлмас эмуш.

Kecha kelgumdur debon...
Kecha kelgumdur debon ul sarvi gulro‘ kelmadi,
Ko‘zlarimg‘a kecha tong otquncha uyqu kelmadi.
Lahza-lahza chiqdim-u, chektim yo‘lida intizor,
Keldi jon og‘zimg‘a-yu, ul sho‘xi badxo‘ kelmadi.
Orazidek oydin erkonda gar etti ehtiyot,
Ro‘zgorimdek ham o‘lg‘onda qorong‘u kelmadi.
Ul parivash hajridinkim, yig‘ladim devonavor,
Kimsa bormukim, anga ko‘rganda kulgu kelmadi.
Ko‘zlaringdin necha su(v) kelgay, deb o‘lturmang meni –
Kim bori qon erdi kelgan, bu kecha su(v) kelmadi.
Tolibi sodiq topilmas, yo‘qsa kim qo‘ydi qadam,
Yo‘lg‘akim, avvalqadam ma’shuqe o‘tru kelmadi.
Ey Navoiy, boda birla xurram et ko‘nglung uyin,
Ne uchunkim, boda kelgan uyga qayg‘u kelmadi.
#Gʻazal
O’n sakkiz ming olam oshubi agar boshindadur,
Ne ajab, chun sarvinozim o‘n sakkiz yoshindadur.
Desa bo‘lg‘aykim, yana ham o‘n sakkiz yil husni bor,
O’n sakkiz yoshinda buncha fitnakim boshindadur.
O’n sakkiz yil dema, yuz sakson yil o‘lsa, uldurur,
Husn shohi... ul balolarkim ko‘zu qoshindadur.
Hayrat etmon husni naqshidaki, har hayratki bor,
Barchasi Ezid taolo sun’i naqqoshindadur.
Tan anga siymu ichinda tosh muzmar ko‘nglidin,
Aqlg‘a yuz hayrat ul oyning ichu toshindadur.
May ketur, ey mug‘ki, yuz hayrat aro qolmish Masih,
Bul’ajablarkim, bu eski dayir xuffoshindadur.
To Navoiy toʻkti ul oy furqatidin bahri ashk,
Har qachon boqsang quyosh aksi aning yoshindadur.
#Gʻazal
Qon yutub umri jahon ahlida bir yor istadim...
Lekin ul kamrak topildi, garchi bisyor istadim.
Kimga kim jonim fido aylab sog'indim dam-badam.
Ermas edi yorlikda chun vafodor istadim.
Bilmadim olam elida yo'qturur mutlaq vafo,
Vahki, umri ulcha yoq'tir sog'inib yor istadim.
Ulki, topilmas bashar jinsida vah g'aflat ko'rung,
Kim pari xaylida men devonai zor istadim.
Sirri ishqimni ko'ngul ko'z birla fosh etmak ne tong,
Qalbu tardomanni men chun sohib asror istadim.
Shayx birla xonaqahdin chun yorug'liq tolmadim,
Dayr piri xizmatiga ko'yi xammor istadim.
Ey Navoiy, chun rafiqi topmadim, bu g'ussadin,
O'zni bekaslik balosig'a giriftor istadim.
Yigitlikda yigʻ ilmning maxzani,
Qarilik chogʻi xarj qilgʻil ani.
Ilm Navoiy senga maqsud bil,
Emdi ki ilm oʻldi amal aylagil!
Hazrat Alisher Navoiy
#Gʻazal
Qaro ko‘zum, kelu mardumlug‘ emdi fan qilg‘il,
Ko‘zum qarosida mardum kebi vatan qilg‘il.
Yuzing guliga ko‘ngil ravzasin yasa gulshan,
Qading niholig‘a jon gulshanin chaman qilg‘il.
Takovaringg‘a bag‘ir qonidin hino bog‘la,
Itingga g‘amzada jon rishtasin rasan qilg‘il.
Firoq tog‘ida topilsa tuprog‘im, ey charx,
Xamir etib, yana ul tog‘da ko‘hkan qilg‘il.
Yuzung visolig‘a yetsun desang ko‘ngillarni,
Sochingni boshtin-ayog‘ chin ila shikan qilg‘il.
Xazon sipohig‘a, ey bog‘bon, emas moni’,
Bu bog‘ tomida gar ignadin tikan qilg‘il.
Yuzida terni ko‘rib o‘lsam, ey rafiq, meni
Gulob ila yuvu gul bargidin kafan qilg‘il.
Navoiy, anjumane shavq jon aro tuzsang,
Aning boshog‘lig‘ o‘qin sham’i anjuman qilg‘il
#Gʻazal
Qoshi yosunmu deyin...
Qoshi yosinmu deyin, ko‘zi qarosinmu deyin,
Ko‘ngluma har birining dard-u balosinmu deyin?
Ko‘zi qahrinmu deyin, kirpiki zahrinmu deyin,
Bu kudurat aro ruxsori safosinmir deyin?
Ishq dardinmu deyin, hajri nabardinmu deyin,
Bu qatiq dardlar aro vasli davosinmu deyin?
Zulfi dominmu deyin, la'li kalominmu deyin,
Birining qaydi, yana biring adosinmu deyin?
Turfa holinmu deyin, qaddi niholinmu deyin,
Moviy ko‘nglak uza gulrang qabosinmu deyin.
Charx ranjinmu deyin, dahr shikanjinmu deyin,
Jonima har birining javr-u jafosinmu deyin?
Ey Navoiy, dema qosh-u ko‘zining vasfini et,
Qoshi yosinmu deyin, ko‘zi qarosinmu deyin?
#Gʻazal
Ne navo soz aylagay…
Ne navo soz aylagay bulbul gulistondin judo,
Aylamas to‘ti takallum shakkaristondin judo.
Ul quyosh hajrinda qo‘rqarmen falakni o‘rtagay,
Har sharorekim, bo‘lur bu o‘tlug‘ afg‘ondin judo.
Dema, hijronimda chekmaysen fig‘on-u nola ko‘p,
Jism aylarmu fig‘on bo‘lg‘an nafas jondin judo?
Hajr o‘lumdin talx emish, mundin so‘ng, ey gardun, meni,
Aylagil jondin judo, qilg‘uncha jonondin judo.
Bo‘lsa yuz ming jonim ol, ey hajr, lekin qilmag‘il,
Yorni mendin judo yoxud meni ondin judo.
Vasl aro parvona o‘rtandi hamono bildikim,
Qilg‘udekdur subh ani shami shabistondin judo.
Bu egasiz it bo‘lub erdi Navoiy yorsiz,
Bo‘lmasun, yo rabki, hargiz banda sultondin judo.
#Gʻazal
Ey sabo, holim borib...
Ey sabo, holim borib sarvi xiromonimg‘a ayt,
Yig‘larimning shiddatin gulbargi xandonimg‘a ayt.
Buki aning ahd-u paymonig‘a men o‘lsam dag‘i,
Yaxshi fursat topsang, ul bad ahd-u paymonimg‘a ayt.
Buki aning zulfi zunnorida dinim hosili,
Kufr ila bo‘lmish mubaddal, nomusulmonimg‘a ayt.
Buki qilmisham jahon-u jonni aning sadqasi,
Yuz tuman jon-u jahondan yaxshi janonimg‘a ayt.
Buki yuz jon sadqasi qilsam pushaymon bo‘lmag‘um,
Vaslig‘a bir va’da qilg‘andin pushaymonimg‘a ayt.
Buki yuz ming fitnako‘zlig‘ bo‘lsa paydo onsizim,
Qilmag‘um nazzora hargiz, ko‘zi fattonimg‘a ayt.
Buki chok aylab yoqa, usruk chiqar el qasdig‘a,
Men o‘lib el jon topar, beboki nodonimg‘a ayt.
Dahr bog‘i gullari husnin vafosiz erkanin,
Yuzi gul, jismi suman, ko‘yi gulistonimg‘a ayt.
Ey Navoiy, hech gulshanning seningdek xushnavo,
Bulbuli yo‘q erkanin shohi suxandonimg‘a ayt.
#Gʻazal
Ko‘nglung istar yorlar...
Ko‘nglung istar yorlar birla hamisha shod bo‘l,
Mendin-u kimdinki, ko‘ngling istamas, ozod bo‘l.
Garchi sabrim uyi yanglig‘, aylading vayron meni,
Doimo, yo Rabki, husning mulkidek obod bo‘l.
Men chekib anduh o‘lay, el joni bo‘lsun ul Masih,
Sovrul, ey charxi nigun, vey dahri dun barbod bo‘l.
Bevafolar zulm-u bedodig‘a ermassin harif,
Ey sinuq ko‘nglum, agar xud shisha, gar po‘lod bo‘l.
Tuttum o‘lmakdin tirilmak hajrida tengdur manga,
Emdi gar bergil ziloli Xizr, agar jallod bo‘l.
Chekma boshkim, emin ermassen xazon yag‘mosidin,
Bu chaman ichra agar savsan, agar shamshod bo‘l.
Ey Navoiy, olam ahlig‘a chu yo‘q ermish vafo,
Kel-u mundin nari bekaslik bila mo‘tod bo‘l.