Armon bilan, Armon haqida sher

Armon haqida sher, Armon bilan,

Armon bilan, Armon haqida sher

Armon bilan

Tular azob, uyqu qochganda, 
Oyga boqsam, sirim ochganda, 
Jim so‘roqsiz, hayol uchganda, 
Armon bilan,qolgan bir qizman! 

Ortga boqsam, o‘tmish yig‘laydi, 
Vasling hamon, dilim tig‘laydi, 
Sog‘ingchlarim yakun bilmaydi, 
Armon bilan, qolgan bir qizman! 

Shirin so‘zlan, bisotim hirmon, 
Yorim bo‘lsa men uchun armon,
G‘olib chiqdi, sevgidan gumon,
Armon bilan, qolgan bir qizman! 

Sochlarimni o‘ynagan shamol, 
Tinch qo‘ymaydi, devona hayol,
Nahot buncha, ojizmi ayol, 
Armon bilan, qolgan bir qizman! 

Nigohlarim intizor ko‘ngay,
Umid so‘nmay, gul umrim so‘ngay,
Alamimga qoyalar o‘ngay, 
Armon bilan, qolgan bir qizman! 

Dilnoza ham, sevilmadi lek,
Qoyalardek turar, qaddi tik,
Majnun toldek, boshlari egik,
Armon bilan, qolgan bir qizman! 

Dilnoza Abduqayumovna.
22.12.2023