BAXTLI BOLA TARBIYALASH SIRI
BAXTLI BOLA TARBIYALASH SIRI
BAXTLI BOLA TARBIYALASH SIRI...
Yaponiyalik bolalar psixologi Masaru Ibukaning asosiy maslahatlari :
1. Bola kichik yoshidanoq insoniyatning eng yaxshi yutuqlari ichida bo'lsin. Mumtoz musiqa tinglang, san'at asarlarini ko'rsating, badiiy adabiyot o'qib bering.
2. Bolani tez-tez qo'lingizda ko'taring.Bunday muloqot bolaning aqliy rivojlanishida katta ahamiyatga ega.
3. Chaqaloq bilan chuchuk tilda gaplashmang. Bola bilan tug'ilgan paytidan boshlab kattalar tilida gaplashing.
4. Bola bilan har kuni shug'ullaning.
Hatto bir kunlik mashq ham hayratlanarli natijalarga olib keladi.
5. Bolaning oldida urishmang. Farzandingiz salbiy holatlarni ta'sirchanlik bilan his etadi.
6. Farzandingizga sizning joyingizda birga uxlashga ruxsat bering. Birgalikda uxlash bolaga rivojlantirish ta'sirini o'tkazadi.
7. Bolani boshqa bolalar bilan muloqotga kirishishga ruhlantiring. Bu bola aqli, raqobatbardoshlilik, birinchi bo'lish xissini oshiradi.
8. Farzandingizga o'z manfaatlarini ilgari surish va hatto urishishni ham man etmang. Bahslar muloqot qilish ko'nikmalarini rivojlantiradi.
9. Bolani cheklamang. Bola qo'llari bilan amalga oshiradigan barcha mashg'ulotlar uning aqliy qobiliyati va ijodiy ko'nikmalarini rivojlantiradi.
10. Bolani ehtiyotkorlik bilan maqtang va jazolang. Ayniqsa o'g'il bolalarni ishlari uchun maqtash kerak, juda kam jazolang.
11. O'zingizning “yaxshi” va “yomon”ingizni bolaga singdirmang. Bolaga o'z hayot tajribasini sizning yordamingizda olishiga qo'yib bering, vaqt o'tishi bilan u hamma narsani o'zi farqlay oladigan bo'ladi.
12. Bolada biror narsaga qiziqish uyg'oting. Buning uchun barcha sharoitlarni yaratib bering.
13. O'tilganlarni takrorlang. Bu bola miyasida to'g'ri chizmalarni shakllantiradi.
14. Bolaga nafaqat ona, ota ham kerak.Ota va farzand o'rtasidagi muloqotda hech qanday cheklovlar bo'lmasligi darkor.
15. Bolalar hayoloti (fantaziya) sini ahmoqona deb hisoblamang. Orzu va hayol qilish qobiliyati bolaning ijodiy salohiyatini shakllantiradi.
16. Bolaga o'zingizning shaxsiy buyumingiz sifatida qaramang. Bunday emas. Bundan tashqari, bu bolaning o'z kuchiga ishonmasligiga sabab bo'lishi mumkin.
17. Bolada qo'l orqali his qilish qobiliyatini rivojlantiring. Bolaga turli materiallar – yumshoq va qattiq, og'ir va engil, tekis va g'adir-budir predmetlarni bering.
18. Bolaga u so'ragan barcha o'yinchoqlarini sotib olib bermang. O'yinchoqlarning ko'pligi diqqatni oladi, buning oqibatida ilm olish murakkablashadi.
19. Bolaga detallardan iborat o'yinchoqlarni taqdim eting. Bola o'yinchoqni o'zi yig'a olganida quvonchga to'ladi. Tayyor o'yinchoqlar davrida bu juda noyob.
20. Bolaning kichik motorikasini - yasash, applikatsiyalar, shakllarni kesish va yig'ish orqali rivojlantiring. Ma'lumki, “bolaning aqli – uning barmoqlarining uchida”.
21. Bola bilan piyoda sayr qiling. Piyoda yurish juda foydali, axir yurish vaqtida tananing 639 ta mushaklaridan 400 tasi harakatda bo'ladi.
22. Bola biror narsa bilan shug'ullanishni boshlaganida natijaga katta ahamiyat ko'rsatmang. Axir uning uchun natija emas, jarayon muhim hisoblanadi. Unga qanchalik qiziq bo'lsa, shuncha mehnat qilishiga qo'yib bering.
23. Bola irodasiga qarshi chiqmang .Uning irodasiga qarshi ish qilishga majburlash orqali uning o'ziga bo'lgan ishonchini sindirasiz.
24. Bolada nostandart fikrlash ko'nikmasini shakllantiring. Standartlar standart odam qilib tarbiyalaydi.
25. Farzand uchun eng yaxshi tarbiya – bu onaning mehridir.
Yoshlar.Ru