Bayroq haqida sher

Bayroq haqida sher

Bayroq haqida sher

Bayroq haqida sher

Bayrog'imizga qarang,
Yashil,oq va havorang.
Mustaqillikni yoqlab,
Turibdi u hilpirab.
Yulduzlar va yangi oy,
Bayroqqa berib chiroy.
Osmon uzra yaltirar,
Uzoqlardan ko'rinar.

O'ZBEKISTON RAMZLARI

Bobom uqtirgan takror
Istiqlol bu - baxt, deya.
Ozod Vatan ramzi bor: 
Bayroq, gerb va madhiya. 
Bugun dadam berar dars
Asramog'ing shart, deya,
Ramzlar ham muqaddas:
Bayroq, gerb va madhiya.

O'n ikkita yulduzcha
Hamda bitta yarim oy.
Yashil, oq va ko'k ranglar.
Uni bezar, Bozorboy.
Qani top-chi, u nima?
Bilimingni sinab boq!
- Topish muammo emas,
U yuzimiz - u bayroq.
Bayroqga va Vatanga
Sodiq bo'lgin, o'rtoqjon.
Bayroq tug'i ostida,
Yashnagay O'zbekiston

Vatanim shon-shuhrati,

Salohiyat, qudrati,

Mustaqillik nusrati

Aks etgan Bayrog‘imda,

Bayrog‘im – ko‘z qarog‘im-da.

 

Ranglarining manosi,

Xalqning ruhi, navosi,

O‘zbekiston havosi –

Aks etgan Bayrog‘imda.

Bayrog‘im – ko‘z qarog‘im-da.

 

Men shu Vatan erkasi,

Men shu Vatan ertasi.

Alpqomat yelkasi –

Aks etgan Bayrog‘imda,

Bayrog‘im – ko‘z qarog‘im-da!