CHAROS,sevgi haqida sherlar
CHAROS,sevgi haqida sherlar
CHAROS
Ish buyursam nuqul, har doim,
Nega yuzing burasan, Charos,
Eding-ku mening erkatoyim,
Endi mendan koʻrasan, Charos.
Ne desam ham jimgini koʻnib,
Chizigʻimda yurasan Charos,
Holing boʻlar kundan-kun battar,
Endi mendan koʻrasan, Charos.
Oʻrganasan reja tuzishni,
Tong saharlab oltidan tursang,
Koʻrsataman asab buzishni,
Endi mendan koʻrasan, Charos.
Topolmaysan mensizlikka kuch,
Qancha boʻldim sinovlarga duch,
Indamadim shu kungacha hech,
Endi mendan koʻrasan, Charos.
Sinovimdan oʻtolmading sen,
Emassan sen Karimbekka mos,
Sevgan edim sendan koʻproq men,
Endi mendan koʻrasan, Charos.
Oʻrganasan reja tuzishni,
Tong saharlab oltidan tursang,
Koʻrsataman asab buzishni,
Endi mendan koʻrasan, Charos.
✍????_ Karimbek Asatullayev
20.11.2024
***