Testosteronni oshirish usullari
Testosteronni oshirish usullari
bo’lgan zararli moddalarning organizmga ta’sirini kamaytirish kerak. Buni amalga oshirish uchun shahar tashqarisida ko’proq vaqt o’tkazish kerak. Avtotransportda sayohat qilishda va tirbandlikda turganda, oynalarini yopib qo’yish kerak. Shuningdek, bisfenol saqlovchi losyon, shampunlar va boshqalarni o’z ichiga olgan shaxsiy gigiena mahsulotlaridan foydalanishdan voz kechish tavsiya etiladi. Yuvinish uchun oddiy sovundan foydalanish mumkin. Hatto tish pastasida ham bisfenol bor, shuning uchun tishlarni tozalash uchun eng kam miqdordagi pasta olish kerak — maksimum no’xat kattaligicha.
Uxlash
Testosteronni ko’paytirish uchun ko’proq uyqu kerak bo’ladi, chunki organizmdagi gormon darajasiga to’laqonli uyqu sezilarli darajada ta’sir qiladi. Kuniga kamida 7 soat uxlash kerak, tavsiya etiladigan davomiyligi 8-9 soat. Uyqu yuzaki emas, balki chuqur bo’lishi muhimdir.
Muntazam jinsiy hayot
Erkaklar gormonining darajasiga jinsiy yaqinlikning ko’pi ham, kami ham salbiy ta’sir ko’rsatadi. Aytish kerakki, gormon chiqarilishiga go’zal jins vakillari bilan muoqot qilish ham ta’sir ko’rsatadi.
Quyoshda toblanish
Testosteronni ko’paytirish uchun quyoshda toblanish ham yordam beradi. Organizm quyosh nurlari ta’siriga duchor bo’lganda vitamin D ishlab chiqaradi, u esa testosteron ishlab chiqarilishga ijobiy ta’sir ko’rsatadi. Bu omil ham hisobga olinishi kerak.
Testosteronni oshiruvchi dorilar
Biroq, tabiiy usullar ko’p vaqt va kuch talab qiladi. Qanday qilib gormon darajasini tezda ko’tarish kerakligini bilmasangiz, unda dori vositalaridan foydalanishingiz mumkin. Hozir kunda dorixonalarda testosteronni ko’paytirish uchun ko’p turdagi dori-darmonlar sotib olish mumkin. Bular BFQ va shifokor tavsiyasiga ko’ra qabul qilish kerak bo’lgan gormonal preparatlar bo’lishi mumkin. Dorixonalarda testosteron preparatlari odatda shifokor retsepti bo’yicha sotiladi.
Gormon darajasini oshirish uchun mo’ljallangan asosiy preparatlar:
testosteron propionat (in'yektsiya);
Testosteron undekanoat (tabletkalar);
Proviron;
Gormonlar ishlab chiqarilishi stimulyatorlari (Siklo-Bolan, Paritet, Vitriks, Enimal Test).
Testosteron darajasini oshiruvchi va potentsiyani kuchaytiruvchi vositalarni adashtirmang. Birinchisi potentsiyaga to’g’ridan-to’g’ri ta’sir qilmaydi, lekin bilvosita unga ijobiy ta’sir ko’rsatishi mumkin. Ikkinchisi esa, qoida tariqasida, erkak gormoni darajasini oshirish bilan bog’liq emas.