Eslamaysan, sevgi haqida sherlar, yangi
Eslamaysan, sherlar Soginch toʻla yuragim sezib, Sevgi haqida sherlar to‘plami, Axtarmaysan bir izlamaysan, Sensizlikda qoldim-ku bezib, Nega meni xech eslamaysan.
Eslamaysan..
Soginch toʻla yuragim sezib,
Axtarmaysan bir izlamaysan,
Sensizlikda qoldim-ku bezib,
Nega meni xech eslamaysan.
Termilaman osmonga boqib,
Oyga siring sen soʻzlamaysan.
Shuncha payt yuragim yoqib,
Nega meni xech eslamaysan.
Oʻtar qancha bedor tunlarim,
Tunlar noxot bir qoʻmsamaysan,
Qaysarginam seni qoʻmsadim,
Nega meni xech eslamaysan
Yurak uksir sogʻinchda takror,
Xabar olib xol soʻramaysan.
Ishqing rostmi aytkin ey nigor,
Nega meni xech eslamaysan.
Bir koʻrinish bergin sen menga,
Naxot menday sen boʻzlamaysan.
Jonim tortiq qilsamda senga,
Nega meni xech eslamaysan...
Nurullo Nurliy
Sevgi haqida sherlar:
Xayot sinovidan nolimayman xech
Òzimga tilayman sabrlar yana.
Bilaman albatta ertami yo kech
Bir kun Bardoshlarim qilar tantana...
✍️Shodiyona
#Biz bahtli bo'lamiz
Майли-да, кимгадир
Ёқса,
Ёқмаса,
Уларга қўшилиб
Йиғлашармидик.
Биз бахтли бўламиз
Худо хоҳласа,
Худо хоҳламаса
Учрашармидик…
Райҳон ҳидларингни
Йўлларимга сеп,
Кут мени,
Ҳар оқшом,
Кўкка ой чиққан.
Фақат,
Йиғламагин,
Гуноҳим не деб,
Айбинг –
Онанг сени
Чиройли туққан!..
Менга
Бир табассум
Ҳадя эт, эй ёр,
Нур томсин
Лабларинг
Соҳилларидан.
Ўзинг айт,
Сендай қиз
Яна қайда бор,
Киприклари узун
Кокилларидан?..
Ийманиб яшама
Хаёл пинжида,
Ёйил,
Яйра жоним,
Ўртанма ғамда.
Ғийбатларга чида,
Туҳматга чида,
Сен биттасан, ахир,
Ёруғ оламда.
Мен эса
Ошиғинг сенинг –
Энг ғариб.
Тундан сўз
Қарз олиб,
Тонгга тутгувчи.
Сенинг ёнингда ҳам
Сени ахтариб,
Сенинг ёнингда ҳам
Сени кутгувчи.
Иста,
Тиз чўкаман
Ҳозир олдингда.
Севдим,
Севганимдан
Уялмоқ нечун.
Барча фаришталар
Сенинг қалбингда
Ижарада турган
Қизлар мен учун!..
Биз бахтли бўламиз
Худо хоҳласа,
Худо хоҳламаса,
Учрашармидик?!
⚘ Sevgi haqida sherlar
Камтарсиз бунча ҳам камтарсиз.
Кўнглингиз бунча кенг бунча оқ,
Индамай кўп ғамни ютгансиз.
Қадрдон эй Дўстим қизғалдоқ,
Камтарсиз бунча ҳам камтарсиз.
Ғамларни қучиб ҳам кулиб жим,
Тўсиқдан дард билан ўтгансиз,
Дардингиз айтмайин ҳеч кимга,
Камтарсиз бунча ҳам камтарсиз.
Нодонлар тош отган йўллардан.
Табассумлар билан ўтгансиз,
Нолимай ёмғирдан дўллардан,
Камтарсиз бунча ҳам камтарсиз.
Тикандан бир гўзал гул ясаб,
Кўз ёшни дарёдек тўкансиз,
Аллоҳдан энг яхши йўл сўраб,
Камтарсиз бунча ҳам камтарсиз.
НАВРЎЗ ЗИЁ
СЕВИШ ШАРТМИКАН??
Севиб севилмаганлар.
Ёрига етмаганлар.
Севги не билмаганлар.
Севиш шартмикан айтинг?
Боғида гуллар экиб,
Ёр учун асраганлар.
Шунча гўзал ичидан,
Бир уни танлаганлар.
Мухаббат келмай туриб.
Азобин англаганлар,
Ёр ишқида девона..
Бўлиш шартмикан айтинг
Ёрини эсга олиб,
Золим деб йиғлаганлар.
Бешавқат дунё дея.
Юрагин тиғлаганлар..
Айрилиқдан бағри қон,
Етолмайин саргардон..
Хаётдан тўйдику жоон..
Севиш шартмикан айтинг??
Бўса олсам лабидан,
Ғубор кетса қалбидан.
У севмаса чин дилдан.
Севиш шартмикан айтинг??
Камрон Нур
TABASSUM QILING
NAVRUZ ZIYO
G‘am qayg‘uga arzmas dunyo,
Alamlarni bir chetga suring.
Tabassum ham bir mehir giyoh,
Ey Do‘stginam tabassum qiling
❄Shodiyona ⚘:
Qalbingizga yetmasin ozor
Davr suring davronlar suring.
Quvonchlardan gullasin bahor
Ey dòstginam tabassum qiling.
NAVRUZ ZIYO
Kim ham to‘sqin qilardi sizga,
SHondonlikda olamni yenging.
Men ham shuni ilindim sizga,
Ey do‘stginam tabassum qiling.
❄Shodiyona ⚘:
Mayli yomon desin birovlar
Parvo qilmay jilmayib qòying.
Yengolmasin sizni sinovlar
Ey Dòstginam tabassum qiling
NAVRUZ ZIYO
Har qadamda yashnasin gullar,
Yomonlikga siz mag‘rur turing.
Ko‘z yoshlarga arzimas bulur,
Ey do‘stginam tabassum qiling.
❄️Shodiyona⚘
Boshingizni egmasin hech ģam
Dildan qayģu doģlarni yuving.
Qòl siltangda dunyo ishiga
Ey Dòstginam tabassum qiling.
NAVRUZ ZIYO
Unutamiz barcha g‘amlarni,
Kelsa sinov siz olg‘a yuring.
Eslab yuring shirin damlarni,
Ey do‘stginam tabassum qiling.
❄Shodiyona ⚘:
Dòstim dedim dòstimsiz axir
Keragimsiz siz shuni biling.
Shirin xayot bòlmasin taxir
Ey dòstginam tabbasum qiling.
NAVRUZ ZIYO
Sira g‘amga egilmasin bosh,
Bog‘lar uzra gullarni eking.
Nega kerak aytingchj ko‘z yosh,
Ey do‘stginam tabassum qiling.
MUALLIFLAR
NAVRUZ ZIYO VA SHODIYONA
Seni sogʻindim
Jahl toʻla soʻzlarim yolgʻon,
Jerkib boqqan yuzlarim yolgʻon,
Kulib turgan koʻzlarim yolgʻon,
Hudo haqqi seni sogʻindim!
Azoblarim jonimni yoqar,
Gavharimdan jolalar oqar,
Taqdir toʻyib poʻstagim qoqar,
Hudo haqqi seni sogʻindim!
Borgin boʻldi, ketgin desam ham,
Orzuyingga yetgin desam ham,
Meni baxtli etgin desam ham,
Hudo haqqi seni sogʻindim!
Chindan ihlos qoʻyganim oʻsha,
Sendan ziyod suyganim oʻsha,
Olib... Berib qoʻyganim oʻsha,
Hudo haqqi seni sogʻindim!
Qaytarmisan aytgin sevgilim?
Hazon boʻldi yurakda gulim,
Uzoq yilmas, ayrilgan kunim,
Hudo haqqi seni sogʻindim!
Azobmi bu? Iztirobmi bu?
Bilmayman-u juda ogʻrindim.
Mumtozingni soʻngi soʻzi shu:
"Hudo haqqi seni sogʻindim!"
✍ Mumtozbegim
МEН ТEЛБАНИ СEВМАГАН ҚИЗЛАР.
Бир бор кулиб боқмаган кўзлар,
Йердаги хас емасмиз бизлар.
Қўлим йетмас ойга ўхшайсиз,
Мен телбани севмаган қизлар.
Димоғингиз осмонда гўйо,
Ўзингизга қўйманг кўп бино.
Ўзгаларга бўлиб махлиё,
Мен телбани севмаган қизлар.
Орзуйимга армон илдингиз,
Ғамдан юрак бағрим тилдингиз.
Севгим оёқ ости қилдингиз,
Мен телбани севмаган қизлар.
Қайга қараб кетмоқда замон,
Яна ўша биз бўлдик ёмон.
Қиз топилар бош бўлса омон,
Мен телбани севмаган қизлар.
Устимиздан роса кулдингиз,
Содда қалб деб мазах қилдингиз.
Мени сизлар шоир қилдингиз,
Мен телбани севмаган қизлар.
Ўзгарибсиз фикрингиз айниб,
Ёнингизга келмайман қайтиб.
Юрар эдим кўчангиз санғиб,
Мен телбани севмаган қизлар.
Йиғлайверар юрак бечора,
Ортингиздан бўлдим оввора.
Бунчалар хам ичингиз қора,
Мен телбани севмаган қизлар.
Омад берар бир кун кўрасиз,
Афсуслардан сочиз юласиз.
Шерим тилдан қўймай юрасиз,
Мен телбани севмаган қизлар.
Юрагимни юлиб олдингиз,
Кўнглимизнинг торин чалдингиз.
Совчиларим қувиб солдингиз,
Мен телбани севмаган қизлар.
Сулаймондан бўлдингиз нари,
Соғинасиз вақт ўтган сари.
Шерларимни ўқийсиз хали,
Мен телбани севмаган қизлар.
Муаллиф: Сулаймон Султон.
#Sevgi_yo‘q!!!
Bu dunyoda sevgi bo‘lmagan
Agar bo‘lsa ko‘rsating qani
Hayotta yo‘q hammasi ertak
Yozuvchilar aldar hammani
Ishonmayman sevgi yo‘q rosdan
Uydurma gap isbotmi?! Hozir!
Agar sevgi bo‘lganda bormi
Shu hayotda bo‘lardi Tohir
Majnun faqat Alisher o‘yi
Qani menga ko‘rsating Laylin
Zamonamdan topib bo‘lmaydi
Farhod mavjud o‘ylar tufayli
To‘g‘ri mehr bo‘lishi mumkun,
Adashtirmang ishq sevgi o‘lgan
Qani o‘sha Otabek, Kumush,
O‘tgan kunlar o‘tmishda bo‘lgan
Tirik bo‘lsa so‘ranglar qani
Javob bersin bizlarga Lutfiy
Ana so‘rang ishonmasangiz
Mashrabmasmi ishqi ilohiy?!
Ehhe qani bizlarda Ra'no,
Qani bizga Anvar sevgisi?!
Ular ishqin chaqib o‘ldirgan
Mehrobdagi chayonmasmidi?!
Yana bormi kimlari qoldi
Romeo yo Julettamidi
Ishq vaslidan o‘limni ustun
Ko‘rishganlar shularmasmidi?!
Tortishmanglar sevgi yo‘q tamom
Yana davom etishim mumkun
Qanday qilib sevgan ayolin
Atellodek bo‘g‘ishi mumkun?!
Tahrirlanmagan?! O‘qilsinu Tegilmasin! Davomi ham bor...
Muallif: Akbaraliyeva
Baxtli bo‘l deb Seni Menga bergan Xudo
Yaxshimanmi yomonmanmi ko‘nikasan
Unutmagin tabassumu so‘zingdan to
Kiprigingni uchigacha MENIKISAN
Internetning erka qizini.
Tinglab har kun shirin so‘zini
Suratlarda ko‘rib yuzini.
Sevib qoldim o‘zim bilmasdan,
Internetning erka qizini.
Onlaynda turib qolganman.
Har xil hayol surib qolganman.
Netay yaxshi ko‘rib qolganman,
Internetning erka qizini.
Koshki yurak gapimni olsa.
Atrofiga bir razm solsa.
Oshiqlari ko‘p ekan rosa,
Internetning erka qizini.
Men bedorman ul ham bedordir.
Hayotda ul qanday dildordir.
Balki boshqa sevgani bordir,
Internetning erka qizini.
Tarmoqlarda bor hamma joyda.
Bizlar yerda u ekan oyda.
So‘rab bilsam hayoli boyda,
Internetning erka qizini.
✍ Sobitjon Eshtemirov. 06.10.2024.
Yigit omadiga o‘ynashib bo‘lmas
Bo‘ron to‘xtab qolsa tindi demanglar,
Kuchga to‘lib qaytsa to‘xtatib bo‘lmas.
Yigitni hech qachon sindi demanglar,
Yigit omadiga o‘ynashib bo‘lmas.
Aqli butun bo‘lsa sog‘-u salomat.
Pul bu qo‘lning kiri qilmang malomat.
Uch marta keladi yigitga omad,
Yigit omadiga o‘ynashib bo‘lmas.
Kimdan qolib ketmas o‘tkinchi dunyo.
Yerdan o‘zilibsiz kukdasiz guyo.
Boshqa narsa bilan o‘ynashing ammo,
Yigit omadiga o‘ynashib bo‘lmas.
Shundoq quyib quymas gar zulm qilsa.
Mard yigit qaytmagay gar o‘lim kelsa.
Alloh karami keng ol qulim desa,
Yigit omadiga o‘ynashib bo‘lmas.
Boyman deb kuksingiz buncha kerasiz.
Kambag‘al deb buncha yerga urarsiz.
Hali soyasiga salom berarsiz,
Yigit omadiga o‘ynashib bo‘lmas.
Qo‘rqoqqa yuymanglar goho jimligin.
Yengib chiqar hatto taqdir shumligin.
Isbotlab beradi asli kimligin,
Yigit omadiga o‘ynashib bo‘lmas.
Bo‘ron to‘xtab qolsa tindi demanglar,
Kuchga to‘lib qaytsa to‘xtatib bo‘lmas.
Yigitni hech qachon sindi demanglar,
Yigit omadiga o‘ynashib bo‘lmas.
✍ Sobitjon Eshtemirov. 07.10.2024.
SENI QANDOQ UNUTIB BOʻLAR
Yuragimdan koʻchib ketmaysan,
Ketsang yoddan oʻchib ketmaysan...
Mendan sira kechib ketmaysan,
Seni qandoq unitib boʻlar?
Bitilgandek umrbodimga,
Armon boʻlding iltifodimga.
Har kun tushib tursang yodimga,
Seni qandoq unitib boʻlar?
Koʻz oldimda qiyosi jisming,
Beixtiyor tilimda isming...
Yuragimda yashar bir qisming,
Seni qandoq unitib boʻlar?
Hayollarim yoninga daydib,
Ketaverar sogʻinchin aytib.
Kelib tursang tushimda qaytib,
Seni qandoq unitib boʻlar?
Doston aytdim kuygan baxshidek,
Goʻya hijron umrim naqshidek...
Unutmoqdan oʻlgan yaxshidek,
Seni qandoq unitib boʻlar?
Duchor boʻldim qancha qasamga,
Oshiq boʻlib bitta sanamga...
Oʻrnab qolgandaysan tanamga,
Seni qandoq unitib boʻlar?
✍ Odilbek Qodirov
Bir paytlar biz,.edik eng yaqin,
Qalblarda kuy chalinar sokin.
Balki mensiz yashashing mumkin,
Ammo baxtga erisholmaysan.
Har ne bilan o'zing aldama,
Yurgimni yetar tirnama.
Ko'z- yosh to'kib, endi yig'lama,
Meni ortga qaytarolmaysan.
Buncha zolim beshvqat taqdir,
Seni mendan ayirdi ahir,
Hayot bazan bo'larkan tahir,
So'zlagani so'z topolmaysan.
Ishq o'tida bizlar sarsona,
Qalbimizni etar vayrona,
Afsuz endi bizlar begona,
Chidaysanu ko'nikolmaysan.
08.11 2024. 21:21
Robiya Rasulova✍
"Armon bilan''
Tular azob, uyqu qochganda,
Oyga boqsam, sirim ochganda,
Jim so‘roqsiz, hayol uchganda,
Armon bilan,qolgan bir qizman!
Ortga boqsam, o‘tmish yig‘laydi,
Vasling hamon, dilim tig‘laydi,
Sog‘ingchlarim yakun bilmaydi,
Armon bilan, qolgan bir qizman!
Shirin so‘zlan, bisotim hirmon,
Yorim bo‘lsa men uchun armon,
G‘olib chiqdi, sevgidan gumon,
Armon bilan, qolgan bir qizman!
Sochlarimni o‘ynagan shamol,
Tinch qo‘ymaydi, devona hayol,
Nahot buncha, ojizmi ayol,
Armon bilan, qolgan bir qizman!
Nigohlarim intizor ko‘ngay,
Umid so‘nmay, gul umrim so‘ngay,
Alamimga qoyalar o‘ngay,
Armon bilan, qolgan bir qizman!
Dilnoza ham, sevilmadi lek,
Qoyalardek turar, qaddi tik,
Majnun toldek, boshlari egik,
Armon bilan, qolgan bir qizman!
Dilnoza Abduqayumovna.
22.12.2023