GASHT QILAMIZ – MASHQ QILAMIZ
GASHT QILAMIZ – MASHQ QILAMIZ, bolalar uchun sherlar, sog‘liq haqida sher
GASHT QILAMIZ – MASHQ QILAMIZ
Aka-uka bo‘lishib jam,
Kiyinvolib rosa ixcham,
Biz har kuni turib tongda –
Mashq qilamiz har ohangda.
Sog‘lomlikka intilamiz,
Maza qilib mashq qilamiz.
Har tomonga yuguramiz,
Ko‘p mashqlarga ulguramiz.
O‘zimizni erkin qo‘yib,
Nafas olib to‘yib-to‘yib.
Sog‘lomlikka intilamiz,
Maza qilib mashq qilamiz.
Goh o‘ltirib, goho yotib,
Har tomonga koptok otib,
To‘g‘ri, biroz charchagaymiz,
Terlagaymiz – chidagaymiz.
Sog‘lomlikka intilamiz,
Maza qilib mashq qilamiz.
Po‘lat Mo‘min