hashorotlar haqida sher bol ari
Bolari.
Nima uchun arilar,
Qo’nar gul yaprog’iga,
Ashulalar aytishar,
Gullarning qulog’iga.
Ninachi.
Bog’da uchar ninachi,
Gulni quchar ninachi.
Biram chiroyli qarang,
Qanotlari rang-barang.
Shisha kabi yuzi bor,
Yum-yumaloq ko’zi bor.
Barmoqlar mashqi.
Kapalak.
Kapalagim, kapalak.
Uchgin osmon-u falakka.
Sakrayver guldan-gulga,
Raqsing yoqar ko’ngilga.
Tilla qo’ng’iz.
Tilla qo’ng’iz
Deydi “g’iz-g’iz”.
Birovga sen,
Berma ozor.
Qo’yvor meni,
Ishim tig’iz.
Bekorchidan
El ham bezor.
Kapalak.
-Kapalakjon beri kel,
Buncha parvoz etasan.
-Meni quvma, Erkinjon,
Gulni bosib ketasan.