IRODAXON QOSIMOVA ijodidan sherlar to’plami

IRODAXON QOSIMOVA ijodidan sherlar to’plami

Qachongacha o’zni aldaysan,
Qo’y,yolg’onla bag’ring tig’lama.
Bevafo dunyoni  bilmaysan,
O’tkinchidan mehr izlama.

Til uchida holing so’raydi,
Kelsang agar qo’lga qaraydi.
O’ylamagin menga yaraydi,
O’tkinchidan mehr izlama.

Darding tinglab,ustingdan kular,
Mansabingga qarab,so’ng suyar,
Jonin berib bir onang kuyar,
O’tkinchidan mehr izlama.

Haqdan so’ra,udir berguvchi
Sabr qilsang,chindan suyguvchi
Seni yolg’on do’stim deguvchi,
O’tkinchidan mehr izlama.

IRODAXON QOSIMOVA.


Azoblarni begona bilib,
Ayriliq ham yurakni tilib,
Xalovatsiz qolgan oshiqni,
Armonlarda qoldirma kulib.

Sohib Umar

Azoblarga doʻstman netayin
Ayriliqlar yuragim tilar.
Sarson boʻlgan bizday oshiqni
Taqdir boplab ustidan kular.

IRODAXON QOSIMOVA

Shu qismatga koʻnamiz biroq,
Vaqt davomi ikkimizga ham,
Olislading mendanda yiroq,
Baxt kulmadi netay bizga ham.

Sohib Umar


Qismatimiz ayriliq hijron
Koʻnmaslikka boshqa iloj yoʻq. 
Olisladim, ishon majburman
Yurak sen der, boshqaga joy yoʻq.

IRODAXON QOSIMOVA


Koʻz yoshlaring toʻkma yetar,
Yurak bardosh berolmaydi,
Bu kunlar ham oʻtib ketar,
Mendek xechkim sevolmaydi.

Sohib Umar


Ishqdan daryo boʻldi yoshim
Yurak netay koʻnmaydi hech. 
Unut, desam qaysar sendek
Oʻylayverar kunduzi, kech.

IRODAXON QOSIMOVA

Takror kelmas bunday kunlar ham,
Vaʼdalarning qayerda  qoldi,
Xamrox edim qaro tunlar ham,
Seni kutib koʻzim toldi.

Sohib Umar


Unutmoqqa yetmas majolim
Iltimosim ishqim olib ket. 
Deyman,afsus istamas yurak
Oʻshal yorni yuksak baxtga elt. 

IRODAXON QOSIMOVA


Sevgi deya hayqirma yetar
Sen sevgini bilmaysan koʻngil. 
Muhabbat bu ilohiy tuygʻu
Yolgʻizlikka mahkumsan koʻngil.

IRODAXON QOSIMOVA


«DIYDOR SHIRIN» to’ldiradi.

Dunyo o’zi manfatparast
Goh kuldirib kuydiradi.
Yaralangan yuraklarni
«DIYDOR SHIRIN» to’ldiradi.

✍Irodaxon Qosimova 

Bo’lsa hamki baland_u past.
Yo’llar yurib suydiradi,
Mexri ila qilib sarmast,
«DIYDOR SHIRIN» to’ldiradi.

✍Baxriddin Mirzo 

Do’stlar bilan tun tonggacha
Bor g’amlaring o’ldiradi.
Qo’ling silkit dunyosiga
«DIYDOR SHIRIN» to’ldiradi.

✍Irodaxon Qosimova 

O’sha anduh keragi yo’q.
Tikon gulni so’ldiradi,
Birodar ko’ngling qilgin to’q,
» DIYDOR SHIRIN» to’ldiradi.

✍Baxriddin Mirzo 

Sirlashasan yulduz bilan
Goh yolg’izlik to’ydiradi.
Ko’ngil yarim topar huzur
«DIYDOR SHIRIN» to’ldiradi.

✍Irodaxon Qosimova 

Aytsam senga bir haqiqat
Hayot yo’li toldiradi,
Oramizni bilgin faqat,
«DIYDOR SHIRIN» to’ldiradi.

✍Baxriddin Mirzo 


She’r buyurtmaga asosan yozildi she’r mualliflari: ✍Baxriddin Mirzo hamda ✍Irodaxon Qosimova.


YURAK OʻGʻRISI.... 

Sevgan yorini jimib ketganidan havotirlangan qiz ikkilana ikkilana unga qoʻngʻiroq qildi. Uzoq chaqiruvdan soʻng qoʻngʻiroqqa javob berildi. Ayol kishini ovozidan qizgina shoshib qoldi. 
Alo, kim bu, aloo, — dedi nargi tarafdan. 
Qiz tezda oʻzini qoʻlga oldi, balkim opa, singlisidir deya oʻzini ovutdi.
— Menga Anvar aka kerak edilar,siz kimlari boʻlasiz, shoshgancha soʻzladi Saida. 
— Men ayollariman, tashqariga chiqib ketgandilar,kimsiz, nima ishingiz bor Anvar akamda, — dedi biroz jaxl bilan kelinchak. 
—  Ha mendan qarzlari bor edi, mayli sogʻ boʻling dedi. Kelinchak gapirguncha telefonni oʻchirib qoʻydi. Soʻngra suratlarga termulgancha » Yuragimni olgandilar» dediyu, yigʻlab yubordi. 

IRODAXON QOSIMOVA

Qulogʻimga pichirlaydi ishq
Unut, oʻzga yurak deya yon.
Men aytaman yonmayman boshqa
Endi sevib qolish dargumon.

Derazamni chertar yana ishq
Quloq solgin haydama, ishon. 
Deyman,qaysar yurak koʻnmaydi
Sinovlardan charchadim yomon.

Sinovlardan azoblangan ishq
Najot istab kelar yonimga.
Deyman, zoʻrgʻa yuribman ishon
Rahm etgin hasta jonimga. 

Qulogʻimga pichirlaydi ishq… 

IRODAXON QOSIMOVA. 
05.12.2024. 21:00


SEVMAYMAN.

Dilim vayron,yig’larman tinmay,
Ko’nikdim oh sevgini bilmay,
Qo’ying,yetar bag’rimni tilmay,
Sevolmayman,endi sevmayman.

Suyib,sevib,bir kuygan o’zim,
Devonalar bo’lgan men o’zim,
Faqat sizga aytar bir so’zim
Sevolmayman,endi sevmayman.

Osmonlarda uchgandim netay,
Hayollarda qaylarga ketay.
Kuygan dilni qanday ovutay
Sevolmayman,endi sevmayman.

Ishq hajrida yondim,kul bo’ldim,
Bir gul edim,so’lidim,so’ndim,
Shum taqdirga nailoj ko’ndim,
Sevolmayman,endi sevmayman.

Bevafoga baxt tilab chindan
Uning ismi o’chirdim dildan
Alam qoldi faqat ko’ngilda
Sevolmayman,endi sevmayman.

IRODAXON QOSIMOVA.

Прокрутить вверх