KONSTITUTSIYA haqida sherlar to’plami bolalar uchun
KONSTITUTSIYA
Eng sara qonunlardan,
Qomusim-oftobro’ya,
Yozilgan tilla harfdan,
Bizning konstitutsiya!
Bering bir ahamiyat,
Jamdir davlat, jamiyat,
Har modda yuksak niyat,
Bizning konstitutsiya!
Sakkizinchi dekabr,
Doim qilingay qadr,
Ozod Vatan haqdadir,
Bizning konstitutsiya!
Bayroq nima, gerb nima,
Vatan nima, yurt nima,
So’ra undan tortinma,
Bizning konstititsiya!
Bizning konstitutsiya!
Har yurakka bo’lsin jo,
Shunday ozod Vatanda,
Tinchlik so’nmasin aslo.
Sportmi yo san’atmi,
Fan yo, madaniyatmi,
Jamlar ma’naviyatni,
Bizning konstitutsiya!
Mustaqillik ne’matdir,
Qadrin bilgan Ahaddir,
O’qib o’rgansang baxtdir,
Bizning konstitutsiya!
O‘zbekiston Respublikasining Oliy Kengashining 1992-yil 8-dekabr qarori asosida Mustaqil O‘zbekiston Respublikasining Konstitutsiyasi qabul qilingan. Bu kunni bayram sifatida nishonlash maqsadida 8-dekabr umumxalq bayrami – O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi kuni deb e’lon qilindi. O‘zbekiston Respublikasining Konstitusiyasi jahondagi insonparvar va demokratik Konstitutsiyalardan biri hisoblanadi.Davlatimiz va jamiyatimizning nafaqat bugungi qiyofasi, hayot tarzi, balki kelajagini ham belgilab ezgu maqsadlarimizning huquqiy zamin va poydevorini muhurlab beruvchi Konstitutsiyamiz asosida yashab kelmoqdamiz. Bu kun mamlakatimiz bo‘ylab keng nishonlanadi.
Мусаффо ҳаволар бағрим очади,
Чиройда тенги йўқ гўзал бўстоним.
Жаннатмакон гўзал Ўзбекистоним!
Кўзимга сураман тупроқларингни,
Туғилган маконим тандаги жоним.
Aйрилгим келмайди қучоқларингдан,
Жаннатмакон гўзал Ўзбекистоним!
Ўзбекистон Республикаси 1992 йил 8 декабрь куни қабул қилинган конституциямизнинг 28 йиллиги муносабати билан барча Ўзбекистон ҳалқини ва юртдошларимизни чин қалбимиздан муборакбод этамиз.
Юртимиз тинчлиги осмонимиз мусаффолиги ҳеч қачон бизни тарк этмасин. Барча юртдошларимизга мустаҳкам соғлиқ, оилавий тинчлик-хотиржамлик тилаймиз.
Marja 0 ga intilyapti Bozorlar to'yingani sayin, raqobat ham rivojlanib boraveradi, bu jarayonda esa mahsulotlarning…
Avval salom, bad’az kalom. Odob va odobsizlik haqida maqollar…………………………………………………………………………………………………………………. Bir kattani bil,Bir kichikni bil. Bola…
Agar siz yordam so’rab qichqirayotgan ayolni orzu qilsangiz Agar siz yordam so’rab qichqirayotgan ayolni orzu…
Qish fasli haqida eng sara sherlar, (bolalar uchun sheʼr) Qish zavqi (bolalar uchun sheʼr) Tiniq…
Notanish qiz uchun ajoyib sher Notanish qiz uchun! Sherlarimda yozilgan bitik. Shunchaki tasodif qofiya halos.…
Meva va sabzavotlar haqida sara sherlar to‘plami Meva va sabzavotlar haqida sara sherlar to‘plami SABZI…