kasblar haqida sherlar yangi toplam bolajonlar uchun qisqa sherlar

kasblar haqida sherlar yangi toplam bolajonlar uchun qisqa sherlar

Tarbiyachi

Bizlarga qarar doim,
U bog’chadagi oyim,
Bizga ovqat yedirar,
Doim yelib yugurar.
Islomova Mukambar

***

Tarbiyachi

Bog‘chamizga har doim

Mehribon va muloyim 

Bizni kutib olasiz

Bag‘ringizda qolamiz .    

Bog‘cha opamiz 

Ko‘rsak shodon chopamiz .   

Aziz bog‘cha , bog‘cha opamiz,

Sizdan mehir topamiz .

Eslatasiz oftobni ,

O‘rgatasiz odobni .

Bizlar bilan o‘ynaysiz

Hammamizni o‘ylaysiz.


Sportchi

Sport bilan do’stlashib,
Kuch – quvvatga to’laman.
Kelajakda men,
Jahon chempioni bo’laman.

Uchuvchi

Samolarni quchuvchi,
Manziliga eltuvchi.
Yetqazib omon-omon,
Shohaman Vatan tomon.

***

Quruvchi

Mohir usta quruvchi
Uylar qurib beruvchi.
Shahrimiz ko’rkam obod,
Minnatdormiz umrbod.

Dehqon

Dalasiga olib yo’l,
Dehqon ko’zlar hosil mo’l.
O’z ishiga u usta,
Xirmon uyadi kuzda.

Dehqon bobom yer chopar,
Yer tagidan tilla topar,
O’stirib paxta, bug’doy,
Xalqimni qiladi boy.

O’qituvchi / Muallim

Ulug‘ ilm ildizi sizda mujassam,
Turli xil sohadan berasiz ta’lim.
Uni tinglaganda kichik jussam ham,
Yetuk inson kabi o‘sgay, muallim.

Qalbingizda doim ilm porlaydi,
Go‘yo u nur kabi bizni chorlaydi.
Siz mening tundagi yorug‘ yulduzim,
Nurli kunduzimsiz, aziz muallim.

Tikuvchi / Chevar

Menchi men katta bo’lsam,
Mohir chevar bo’laman.
O’zbegimni do’ppisini,
Qoyil qilib tikaman.

Qiladilar bo’lak bo’lak,
Matodan tikib kuylak,
O’z ishiga mohirlar,
Qo’li gul chevarlar

***

Oshpaz

Qozon tovoq oldida,
Taomlar shirin juda,
Raxmat oshpaz xolalar,
Minnatdormiz bolalar.

Haydovchi

Mashinada, poezdda,
Tramvayda — temir izda.
Ziyrak, mohir haydovchi,
Tashir yuk va yo’lovchi.

Meni kasbim haydovchi,
Qani ketdik yulovchi.
Mashinam giz-g’iz etar,
Manzilga omon yetar.

Sotuvchi

Kutib olar muloyim,
El hizmatida doim.
Kelib tursa xaridor,
Ishimizda unum bor

***

 Shifokor 

Dard bor joyda darmon bor,
Buni bilar shifokor,
Shundan kim bo‘lsa bemor,
Tuzatishga u tayyor.

Shifokor bizga darkor,
Bo’lmangiz hech bemor,
Ular bor biz sog’lom,
Bo’lsinlar ular omon.

***

Прокрутить вверх