Kuz fasli haqida sherlar - Oltin kuzim
Kuz fasli haqida sherlar - Oltin kuzim, kuz fasli, sherlar,
Oltin kuzim
Asom Ziyomat
Mevalarni
Shakar etding,
Yaproqlarni
Sim-zar etding,
Oltin kuzim.
To’kin-sochin
Dala-yu bog…
Dehqonlarning
Dimog’i chog’,
Saxiy kuzim.
-----------------------------
,,Kuz,,
Xayirlashdik yoz bilan,
Kirib keldi ,,Oltin kuz,,
Olma-y anor bilan,
Xurmo olib keldi kuz.
Daraxtlarning barglari,
Sariq,oltinrang,go'zal.
Tebranadi shoxlari,
Mevalari naq asal!
Dehqon bobom yeridan,
Sabzavotlar yig'yapti.
Vitamenlarga to'lgan,
Oshqovoqlar teryapti.
Dalalarda oq paxta,
G'uj-g'uj bo'lib ochilgan.
Sig'masdan chanog'iga,
Shoxchalarda osilgan.
Men bu go'zal faslni,
Shunday yaxshi ko'raman.
To'rli xil ranglar bilan,
Kuz rasmini chizaman.
----------------------------------
Bugun dam olish kuni,
Oilamiz jamul-jam.
Nonushta qilgandan sung,
Hovliga chiqdim men ham.
Mana,bobom va akam,
Qurigan shoxni kesar.
Dadam qo'lida bolta,
O'tin yorar shu tobda.
Onam,buvim va opam,
Tozalikka shay,ildam.
Xazonlarni supirdi,
Barglar tog'day uyildi
Opam deydi-,,Ish bitdi,
Xazonlarni yoqsak bas,,
Darhol gugurtga ketdi,
Kattalardan chiqmas sas
,,To'xtang,,-dedim opamga,
Hech-ham hoqmang xazonni.
Barglarning tutini,
Ifloslatar havoni!
Undan ko'ra hammamiz,
Cho'qur o'ra qaziymiz
Barglarni joylagach,
Qo'm sochamiz,yopamiz.
Barakalla-der bobom,
Topding eng to'g'ri yo'lni
Ifloslanmas havo ham,
O'g'itning bo'lar zo'ri.
Buvim silab boshimni,
Deydi-donom o'zimni
Bog'cha opam o'rgatgan,
Bizga shunday bilimni!
--------------------------------------------