Kuz fasli haqida sherlar — Oltin kuzim

Kuz fasli haqida sherlar — Oltin kuzim

Oltin kuzim

Asom Ziyomat

Mevalarni
Shakar etding,
Yaproqlarni
Sim-zar etding,
Oltin kuzim.

To’kin-sochin
Dala-yu bog…
Dehqonlarning
Dimog’i chog’,
Saxiy kuzim.

——————————

,,Kuz,,

Xayirlashdik yoz bilan,
Kirib keldi ,,Oltin kuz,,
Olma-y anor bilan,
Xurmo olib keldi kuz.

Daraxtlarning barglari,
Sariq,oltinrang,go’zal.
Tebranadi shoxlari,
Mevalari naq asal!

Dehqon bobom yeridan,
Sabzavotlar yig’yapti.
Vitamenlarga to’lgan,
Oshqovoqlar teryapti.

Dalalarda oq paxta,
G’uj-g’uj bo’lib ochilgan.
Sig’masdan chanog’iga,
Shoxchalarda osilgan.

Men bu go’zal faslni,
Shunday yaxshi ko’raman.
To’rli xil ranglar bilan,
Kuz rasmini chizaman.

———————————-

Bugun dam olish kuni,
Oilamiz jamul-jam.
Nonushta qilgandan sung,
Hovliga chiqdim men ham.

Mana,bobom va akam,
Qurigan shoxni kesar.
Dadam qo’lida bolta,
O’tin yorar shu tobda.

Onam,buvim va opam,
Tozalikka shay,ildam.
Xazonlarni supirdi,
Barglar tog’day uyildi

Opam deydi-,,Ish bitdi,
Xazonlarni yoqsak bas,,
Darhol gugurtga ketdi,
Kattalardan chiqmas sas

,,To’xtang,,-dedim opamga,
Hech-ham hoqmang xazonni.
Barglarning tutini,
Ifloslatar havoni!

Undan ko’ra hammamiz,
Cho’qur o’ra qaziymiz
Barglarni joylagach,
Qo’m sochamiz,yopamiz.

Barakalla-der bobom,
Topding eng to’g’ri yo’lni
Ifloslanmas havo ham,
O’g’itning bo’lar zo’ri.

Buvim silab boshimni,
Deydi-donom o’zimni
Bog’cha opam o’rgatgan,
Bizga shunday bilimni!

———————————————

admin

Recent Posts

Marja 0 ga intilyapti

Marja 0 ga intilyapti Bozorlar to'yingani sayin, raqobat ham rivojlanib boraveradi, bu jarayonda esa mahsulotlarning…

2 дня ago

Odob va odobsizlik haqida maqollar

Avval salom, bad’az kalom. Odob va odobsizlik haqida maqollar…………………………………………………………………………………………………………………. Bir kattani bil,Bir kichikni bil. Bola…

2 дня ago

Agar siz yordam so’rab qichqirayotgan ayolni orzu qilsangiz

Agar siz yordam so’rab qichqirayotgan ayolni orzu qilsangiz Agar siz yordam so’rab qichqirayotgan ayolni orzu…

3 месяца ago

KONSTITUTSIYA haqida sherlar to’plami bolalar uchun

KONSTITUTSIYA haqida sherlar to'plami bolalar uchun KONSTITUTSIYA Eng sara qonunlardan, Qomusim-oftobro'ya, Yozilgan tilla harfdan, Bizning…

3 месяца ago

Qish fasli haqida eng sara sherlar, (bolalar uchun sheʼr)

Qish fasli haqida eng sara sherlar, (bolalar uchun sheʼr) Qish zavqi (bolalar uchun sheʼr) Tiniq…

3 месяца ago

Notanish qiz uchun ajoyib sher

Notanish qiz uchun ajoyib sher Notanish qiz uchun! Sherlarimda yozilgan bitik. Shunchaki tasodif qofiya halos.…

3 месяца ago