LOLA haqida sher

LOLA haqida sher

LOLA haqida sher

LOLA

 

Lola bog‘chaga chiqib

Kechga qadar gul terdi.

Etak-etak to‘pladi,

Har kungidan mo‘l terdi

 

Sochiga gul bog‘ladi,

Chakkasiga taqdi gul.

Yelkalaridan tashlab

Gulga ko‘mildi butkul.

 

So‘ngra uyga keldi-yu,

Birpas yotib dam oldi.

Kiprigi yumildi-yu,

Gul kabi uxlab qoldi.

 

???? BOLAJONLAR UCHUN