MAKRLI DUNYO. IRODAXON QOSIMOVA

MAKRLI DUNYO. IRODAXON QOSIMOVA

MAKRLI DUNYO.


Tomirda qon emas,alam oqmoqda,
Omad ham g’animga doim boqmoqda.
Makrli dunyoning ming hil ishlari,
Nozik yelkam uzra tinmay qoqmoqda.

Ko’zimdan yosh emas,sizmoqda qayg’u,
Do’st deganim ham tutmoqda og’u,
Yuragim ekan faqat chin do’stim,
U bilan yo’llarimga yog’ilar yog’du.

Lablarimda tabassum o’ynamay qo’ydi,
Befavo yorlarni o’ylamay qo’ydi.
Jimgina kuzatib do’st-u,yorlarni,
Nahot yuragim ham yashashdan to’ydi.

IRODAXON QOSIMOVA

Прокрутить вверх