Marja 0 ga intilyapti

Marja 0 ga intilyapti

Bozorlar to’yingani sayin, raqobat ham rivojlanib boraveradi, bu jarayonda esa mahsulotlarning *marjasi 0% ga intilib boraveradi.

Bu degani ishlab chiqaruvchilar yoki xizmat ko’rsatuvchilarda faqatgina gigant kompaniyalar qoladi, yoki kichiklarini yeb boshlaydi.

Chunki aynan bugun ham siz ishlab chiqaroyatgan mahsulotni xitoyda ishlab chiqarib olib kelish arzonroq hamda sifatliroq bo’ladi. (Juda ko’plab mahsulotlarda)

U yerdagi masshtab + tizim sizda yo’qligi evaziga esa, ular qo’ygan *marja sizning korxonangizni ushlab turishga ham yetmay qoladi, oyliklar ham to’lay olmay qolasiz.

Nima qilish kerak ?

Branding qilish kerak, mijozlarning o’rniga ma’lum bir shaklda joylashish kerak, hamda bu o’rinni saqlab qolish kerak. USP (Unique selling proposition) hosil qilish kerak Chunki 3 000 so’m turadigan kofelar ham 22 000 dan sotilishi mumkin (bu Amerikada emas, O’zbekistonda)

Ular nima qilishadi, sizga kofeni emas uning taassurotini sotishadi, u yerdagi suhbatlar va hakazo

P.s: Branding faqat vizual (logo + firma uslubi emas)

P. s. s: Kimdadir qo’shimcha bormi yoki branding qilganmisiz ?

*marja — mahsulotning foydasi
**USP
unikal sotuv taklifi — ya’ni raqobatchilarda mavjud bo’lmagan taklif, (Belissimodagi 45 minut)

Оставьте комментарий

Ваш адрес email не будет опубликован. Обязательные поля помечены *

Прокрутить вверх