Muhabbat

Muhabbat

muhabbat

Muhabbat nima u? xech bilolmadim, 

Yurakda uyg`ongan otash tuyg`umi. 

Sevdimu o`zimga lek kelolmadim, 

Boshimga bitilgan g`ammi, qayg`umi? 

Gohida sevinib o`zimdan- o`zim, 

Kechalar telbadek mijja qoqmadim. 

Gohida aldanib bo`zarib yuzim, 

Nafratdan ko`p kunlar unga boqmadim. 

Gohida yuragim, gohida u qiz, 

Sevdimmi? Undan xech voz kecholmadim. 

Aldandim, qiynaldim, o`rtandim yolg`iz, 

Bu sevgi jumbog`in lek yecholmadim. 

Ammo kunlar o`tib, sevgi negadir, 

Zerikdi qalbimda uzoq qolishga. 

So`ngra g`oyib bo`ldi ketdi qaygadir, 

Endi urinmasman ko`ngil olishga. 

Titroq ham yo`qoldi, bedorliklar ham, 

Uzun kechalarda uxlarman beg`am. 

Unga baxt tiladim, u menga omad, 

Tinchkina ayrildik aslo chekmay g`am

Прокрутить вверх