Odob axloq haqida maqollar.
Odob axloq haqida maqollar.
Otang ta’zirini olmay desang,
Odam ta’sirini ol.
Otasi tentakning biri — tentak,
Onasi tentakning bari — tentak.
O‘g‘irlik osh badanga yuqmas,
Yomon bola ota-onaga boqmas.
Qaynanalik kelin — qarqara kelin,
Qaynanasiz kelin — masxara kelin.
Qiz bola uyda yaxshi,
Er bola elda yaxshi.
Qizim uyda, qilig‘i tuzda.
Qizni erkalatsang, erningga tepar,
O‘g‘ilni erkalatsang, burningga tepar.
Qizning erkasi — echkining serkasi.
Qizining qilig‘i ko‘chada bilinar.
Qobil farzand — jonga payvand.
Qobil o‘g‘il otga mindirar,
Noqobil — otdan tushirar.
Qobil o‘g‘il rohat keltirar,
Noqobil o‘g‘il — mehnat.
Qovun qovundan rang olar.
Qo‘yni — serka,
O‘yinni erka boshlar.
Odobli ko’rinish – ichki dunyongni aks ettiradi.
Odobli inson ko’zda har doim porlaydi.
Odobsiz odamning dasturxonida do’st yo’q.
Odam odobini unutmasin, hayot kechishning kalitidir.
Odob – hayotning go’zalligi.
Odobsizlik – yomon ta’sir.