OLTIN KUZ, Kuz fasli haqida sherlar to’plami yangi, fasillar kulgusi,
Kuz fasli
Sayrning ilinjida,
Bir kuni chiqdim boqqa.
Barglar gilamday bunda,
Toʼshalgan xammayoqqa.
Tut daraxti yoz boʼyi,
Yana qaytgan asliga.
Baxorda ipak qurti,
Tashna boʼlar bargiga.
Yozda men koʼrgan qushlar,
Janublarga ketibdi.
Kuz fasli demak doʼstlar,
Oʼlkamni zabt etibdi.
***
Kechgi kuz
Tungi bog’lar – sirli, qo’rqinchli,
Xususan kuz, xususan kech kuz.
Qora tunga bo’lib qo’riqchi,
Qotib turar daraxtlar unsiz.
Oyog’ingning ostida nogoh,
«Chirs» etaru sinib tushar shox,
Biroq, ulkan qushdek banogoh,
Qalqib ketar butun ulkan bog’.
Tungi bog’lar qora o’pqonday,
Guvlar bo’ron kezingan chog’lar.
Bog’ni chetlab o’tadi tunda,
Qo’rqa-pisa oydin so’qmoqlar.
***
OLTIN KUZ
Kuzni olib o’tdi dehqonlar,
Aravada olmalar bilan.
To’lib ketdi cheksiz sayxonlar,
G’ildiraklar g’irchillashidan.
Daraxtlarning rangi qorayib,
Bog’da esdi achchiq kuyundi.
Kuz yo’llari misli qora ip,
Cho’zildilar – yomg’irlar yuvdi.
Oq varaqqa siyoh dog’lari,
Sochilganday – ayni kun botar,
Har sharpadan kuzak bog’lari,
Qarg’alarni ko’kka sachratar.
***
???? OLTIN KUZ
Atrof go’zal, yo’q qiyos,
Ko’kda nur sochar quyosh,
Ba’zan bulut to’kar yosh,
Yurtimizda oltin kuz,
Barglar olgan oltin tus.
Bog’-rog’larda ish qizg’in,
Bog’bonlar meva uzgan,
Rahmat aytishar kuzga,
Hosil began qarang, yuz,
Rahmat senga oltin kuz!
Yig’ildi qovun, tarvuz,
Uzumlar deydilar:- Uz,
Barchasi rizqimiz, tuz,
Hosil yuz, tegmasin ko’z,
Rahmat senga oltin kuz!
✍️ RO’ZIMUROD BOLQIYEV
***
To‘rt fasl
Milt etib chiqdi quyosh,
Dedi:-Do‘stlar qish odosh.
Ko‘rsak, yo‘q qora bulut,
Yer yuzi ko‘k gilam-o‘t.
Keldi ko‘klam kabi soz,
Bizlar sevgan issiq yoz.
Ekin o‘sdi yerlarda,
Bug‘doy pishdi qirlarda…
Poliz to‘la bodring,
Bog‘bon, tez uzib bering!
-Sabr qiling siz andak,
So‘yib beray handalak.
Quyosh tushar taftidan,
Qo‘rqib qishning aftidan.
Sarg‘ayadi ko‘katlar,
Barg to‘kadi daraxtlar.
Hosil yig‘ib olinar,
Qishga zamin solinar.
Dala-dashtda tindi ish,
Keldi mehmon bo‘lib qish.
Qish emas, u – qorbobo,
Sovg‘alari bor bobo…
Xuddi yozday, bahorday –
Iliq, kuzgi nahorday.
Qor yog‘ar, kecha-kunduz,
Suv sovuq qotib kiygan muz.
***
Ona tabiat
Qish der: – Kumush qorim bor,
Qorbobo yasang!
– Gulim ko‘rkam, – der bahor,
Guldasta yasang!
Yoz der: – Suvim beg‘ubor,
Suz baliq misol!
Kuz der: – Mevam, bolim bor,
Bari senga, ol!
Demak, ona tabiat
Bizni der har vaqt.
***
Fasllar kulgusi
Qish kulsa, og‘zidan to‘kiladi qor,
Xovridan yaxlaydi, daryo-yu anxor.
Baxoroy kulganda, isiydi kunlar,
Og‘zidan to‘kilar turfa xil gullar,
Yoz kulsa, soyaga «berkinib» gullar,
Tap-taqir bo‘ladi, issiqdan cho‘llar.
Lekigin, mevalar yetilib pishar,
Lazzatli bol misol bo‘lib yetishar.
Kuz kulsa, mo‘l bo‘lar — meva, sabzavot,
Mexnat-la qiziydi, dalada xayot.
Xirmonlar yuksalar, xosilga «to‘yib»,
Daraxtlar barg to‘kar, o‘zin bo‘sh qo‘yib.
Xar fasl kashf etar, o‘zgacha surur,
Fasllar kulgusi — mo‘jiza erur!
***
Marja 0 ga intilyapti Bozorlar to'yingani sayin, raqobat ham rivojlanib boraveradi, bu jarayonda esa mahsulotlarning…
Avval salom, bad’az kalom. Odob va odobsizlik haqida maqollar…………………………………………………………………………………………………………………. Bir kattani bil,Bir kichikni bil. Bola…
Agar siz yordam so’rab qichqirayotgan ayolni orzu qilsangiz Agar siz yordam so’rab qichqirayotgan ayolni orzu…
KONSTITUTSIYA haqida sherlar to'plami bolalar uchun KONSTITUTSIYA Eng sara qonunlardan, Qomusim-oftobro'ya, Yozilgan tilla harfdan, Bizning…
Qish fasli haqida eng sara sherlar, (bolalar uchun sheʼr) Qish zavqi (bolalar uchun sheʼr) Tiniq…
Notanish qiz uchun ajoyib sher Notanish qiz uchun! Sherlarimda yozilgan bitik. Shunchaki tasodif qofiya halos.…