Ona haqida eng sara sherlar olami - yoshlar.ru

Ona haqida eng sara sherlar olami

***
Бу дунёни кезганим билан,
Минг бир ҳила тузганим билан.
Кундуз чироқ ёққаним билан,
Сиздек дўстни топмадим она.

Кўкка бўйин чўзса табиат,
Яралганда бир ажиб ҳилқат,
Менда асли битта ҳақиқат,
Сиздек дўстни топмадим она.

Кунлар ўтар бир-бирин қувиб,
Гоҳ ёмғирда қолсамда увиб,
Ғамларимга соёбон бўлиб,
Сиздек дўстни топмадим она.

Атрофимда не-не алп қомад,
Гоҳ тингладим аччиқ надомат.
Асл дўстлар токий қиёмат,
Сиздек дўстни топмадим она.

Дард кемирар ҳаста танамни,
Юрагимга ютсам аламни.
Дўст билмайман, ҳатто қаламни,
Сиздек дўстни топмадим она.

Дўст билганим кетдилар тониб,
Мисраларим оловда ёниб.
Яшай дейман меҳрга қониб,
Сиздек дўстни топмадим она.

Дўстман деган пастларни кўрдим,
Ҳийласида астларни кўрдим.
Қанча- қанча қастларни қўрдим,
Лек сиздайин топмадим она.

Топганларим оғритди дилни,
Тиконини кўрмабман гулни.
Топдим ҳатто бойлигу пулни,
Сиздек дўстни топмадим она.

Кўзларимга келмайди уйқу,
Ўйлаганда ёқимли туйғу.
Сиз борсизки йўламас қайғу,
Сиздек дўстни топмадим она.
 
Дилфуза Саттарова ✍

✍️Onamga atalgan…
Onam duo qilgani uchun

Sizga rahmat poyi jannatim,
Doim omad kelgani uchun.
Cho’ntak to’la pulim bor meni
Onam duo qilgani uchun.

Rizqim butun — och qolganim yo’q,
Yo’qchilikka duch kelganim yo’q,
Zo’r yuribman, sira kamim yo’q,
Onam duo qilgani uchun.

Omad o’zi quvib yuradi,
Ish boshlasam yurib ketadi,
Hamma joyga qo’lim yetadi,
Onam duo qilgani uchun.

Ko’rmaysizlar ko’zlarimda nam,
Yashayapman doim xotirjam,
Sindirolmas dushmanlarim ham,
Onam duo qilgani uchun.

Yaxshiliklar qilib yuraman,
Kim kimligin bilib yuraman,
Sezgandirsiz, kulib yuraman,
Onam duo qilgani uchun.

Sizga rahmat poyi jannatim,
Doim omad kelgani uchun.
Cho’ntak to’la pulim bor meni
Onam duo qilgani uchun.

00:10.02.01.2025

✍️Muallif: Qodir Qaxxor

Onajonginam…

Alloh sinov bergan mahalda
Uzoqlashdi yaqinlarim ham.
Siz qoldingiz boshimni silab,
Rahmat sizga, onajonginam.

Tushganida boshimga kulfat,
Sizga kerak ekanman faqat,
Betob bo’lsam, qildingiz toqat,
Rahmat sizga, onajonginam.

Siz bor sira bo’lmayman taslim,
Siz bor sira bukilmas qaddim,
Dunyodagi eng sodiq do’stim,
Rahmat sizga, onajonginam.

Ishonganim o’zingsan deysiz,
Ozor cheksam, tinmay yig’laysiz,
Har soniya meni o’ylaysiz,
Rahmat sizga, onajonginam.

Baxtimga siz salomat yuring,
Yaxshi bo’lay duolar qiling,
Siz dunyolar turguncha turing,
Rahmat sizga, onajonginam.

02:27.13.04.2025

✍️Muallif: Qodir Qaxxor

Mehrga zor bo’libdi onam.

E’tibor ham bermabman hatto
Kech bilganim qilmoqda alam.
Sochlarida oqlar ko’payib,
Mehrga zor bo’libdi onam.

Soyda oqqan suvga termulib,
Yuraverdim ishga cho’milib,
Qolganmidi ko’zim yumilib?
Mehrga zor bo’libdi onam.

Tillo-zaring kerakmas deydi,
Biroz qolgin yonimda, bolam.
Ikki og’iz shirin so’z xolos,
Mehrga zor bo’libdi onam.

Pul topib-u,  aql topmabman,
O’ylab-o’ylab rosa yig’labman,
O’g’il bo’lib sira sezmabman,
Mehrga zor bo’libdi onam.

Yayrab yurdim, o’ynadim, kuldim,
Bilib-bilmay gunohlar qildim,
Betob bo’lib qolganda bildim,
Mehrga zor bo’libdi onam.

00:56.17.05.2024

✍️Muallif: Qodir Qaxxor

Onamning borligi

Har tola sochlari jonimdan aziz,
Sog’-omon yurgani tillo-taxtimdir.
Dardlarimga darmon aytgan so’zlari,
Onamni borligi meni baxtimdir.

Omadim keladi ne ish boshlasam,
Boshimda tashvish yo’q, yo’qdir menda kam,
Jannatim yonimda — ko’nglim xotirjam,
Onamning borligi meni baxtimdir.

Men uchun duoda qo’llari har kun,
Yo’llarim kutadi uxlamay har tun,
Baralla baqirib aytishim mumkin,
Onamning borligi meni baxtimdir.

Ba’zida dunyoga sig’may qolaman,
Boshim tizzasiga qo’yib olaman,
Dardlarimdan shunda xalos bo’laman,
Onamning borligi meni baxtimdir.

«Qodir bolam», — deya erkalab aytar,
Tabassum qilsa gar armonim ketar,
Yonimda sog’-omon yurgani yetar,
Onamning borligi meni baxtimdir.

Men uchun duoda qo’llari har kun,
Yo’llarim kutadi uxlamay har tun,
Baralla baqirib aytishim mumkin,
Onamning borligi meni baxtimdir.

00:11.07.05.2024

✍️Muallif: Qodir Qaxxor

Onamga dard bermagin, Xudo.

Duo qilar meni tinmayin,
Ular uchun bu jonim fido.
Ey Yaratgan, yolg’iz o’tinchim,
Onamga dard bermagin, Xudo.

Kulib tursin ko’zlari doim,
Yig’lasalar bo’laman ado.
Mehribonim, jannatim mening,
Onamga dard bermagin, Xudo.

Boshim silab — dardlarim olar,
Yo’qchilikda yonimda qolar,
Ulardayin meni kim o’ylar?
Onamga dard bermagin, Xudo.

Hech vaqosiz qolsam ham mayli,
Bor boyligim olgin-u ammo,
Hayotimning mazmuni ular,
Onamga dard bermagin, Xudo.

Yashayman-da ular bor baxtli,
«Bolam» — degan so’zlari tillo,
Tursin dunyo turguncha ular,
Onamga dard bermagin, Xudo.

15:26.16.04.2025

✍️Muallif: Qodir Qaxxor

Ona…!

Allohim jonimni olmasa hali,
Kimni kim bo’lishin ko’raman, ona.
Davrimiz kelyapti shamolday yelib,
Oz qoldi zo’r bo’lib ketaman, ona.

Ust-boshim eski, noz qildi sanam,
Kechib keldim bugun sevgisidan ham,
Siz borsiz yonimda menga nima g’am?
Oz qoldi zo’r bo’lib ketaman, ona.

Yor vafo qilmadi, bevafo ekan,
Dunyo ishlariga kulaman, ona.
Erkak yig’lamaydi deb aytgan o’ziz,
Oz qoldi zo’r bo’lib ketaman, ona.

Yigit boshim egib qo’yganimcha yo’q,
Harakat qilyapman yana va yana,
Ko’zingiz yoshlarga to’lmayin tursin,
Oz qoldi zo’r bo’lib ketaman, ona.

Yo’qchilikda ketar hammasi sotib,
Eng sodiq do’stimsiz bilaman, ona.
Duo qilib turing Alloh kuch bersin,
Oz qoldi zo’r bo’lib ketaman, ona.

08:00.13.04.2024

✍️Muallif: Qodir Qaxxor

Ona, bu yil hajga borasiz.🤲

Ko’zingizga yoshlar to’lmasin,
Mendan hali xursand bo’lasiz.
Niyat qilib ishlab yuribman,
Ona, bu yil hajga borasiz.

Ishlarim ham asta yuryapti,
Duodasiz — omad kulyapti,
O’g’lingiz ham pulin yig’yapti,
Ona, bu yil hajga borasiz.

Boringizga shukur qilganman,
Qadringizga yetib yurganman,
Katta orzu qilib qo’yganman,
Ona, bu yil hajga borasiz.

Alloh nasib etsa bir kuni,
Hoji ona bo’lib kelasiz,
Hech kimdan kam qilmayman sizni,
Ona, bu yil hajga borasiz.

Ishonganim, farishtam mening,
Uyim fayzi, sarishtam mening,
Duogoyim, jannatim mening,
Ona, bu yil hajga borasiz.

17:26.19.04.2025

✍️Muallif: Qodir Qaxxor

Onamga gul..!

Mehr berib yosh-u qariga,
Yor-u do’stni o’yladim, xolos.
Yigirma besh yoshga kirdim-u,
Onamga gul bermaganim rost.

So’ramadi mendan hech neni,
Qancha qilsam ular uchun oz.
Sevganimdan sira ortinib
Onamga gul bermaganim rost.

Gunohlarim ko’pdur, ey Xudo,
Topilmaydi dardimga davo,
Ustozimga berganman hatto,
Onamga gul bermaganim rost.

Bizdan sovg’a-salom kutmasdi,
Bayramni ham bayram demasdi,
Axir juda qimmat emasdi,
Onamga gul bermaganim rost.

Hayotimda borligi — baxtim,
Asli gullar shu onamga mos.
Nima qilay haqiqat, do’stlar,
Onamga gul bermaganim rost.

00:10.17.11.2024

✍️Muallif: Qodir Qaxxor

Onamsiz dunyoda men bechoraman.

Qora sochlaridan asar qolmagan,
O’y- xayol tinch qo’ymas, dili poraman.
Allohim, ularga uzoq umr ber,
Onamsiz dunyoda men bechoraman.

Boshim silaydilar, yonimda sirdosh,
Borimga, yo’g’imga qiladi bardosh,
Betob bo’lib qolsa — ko’zim to’la yosh,
Onamsiz dunyoda men bechoraman.

Ular sabab jo’shib urmoqda yurak,
Mehrimni ayamay berishim kerak,
Har soniya ularni asrashim kerak,
Onamsiz dunyoda men bechoraman.

Mol-davlatim meni boy qilolmaydi,
Ishonganlarim ham sodiq bo’lmaydi,
Ulardek meni kim doim o’ylaydi?
Onamsiz dunyoda men bechoraman.

Duolar qilganda yiroqdir kulfat,
Ortimdan qolmaydi hamisha omad,
So’zlarim bari rost, bari haqiqat,
Onamsiz dunyoda men bechoraman.

15:26.23.04.2025

✍️Muallif: Qodir Qaxxor

УЙДА ОНАМ БЎЛМАСА.

Файзи кетар катта ҳовлини,
Бир дуоғой инсон бўлмаса.
Ким кўтарар отам кўнглини,
Бир кун уйда онам бўлмаса.

Маюс тортиб қолар кўзлар ҳам,
Ҳеч татимас ширин сўзлар ҳам,
Буришади  силлиқ  юзлар  ҳам,
Бир кун уйда онам бўлмаса.

Бир овқат ҳам тайин бўламайди.
Ҳеч укамни кўнгли тўлмайди.
Қиз болада синглим йиглайди.
Бир кун уйда онам бўлмаса.

Кулиб юрган кўзим кулмайди.
Ҳатто ишга қўлим бормайди.
Ҳовлидаги   гуллар   йиғлайди.
Бир кун уйда онам бўлмаса.

Онам қадри бошқача мутлоқ,
Уйнинг кўрки онамдир кўпроқ,
Қийин  экан  ишон эй ўртоқ,
Бир кун уйда онам бўлмаса.

Хувуллайди  котта ҳовлилар,
Бир файзи бор инсон бўлмаса.
Излаб қолар ҳатто қўшнилар,
Бир кун уйда онам бўлмаса.

МУАЛЛИФ: ҚОДИР ҚАХХОР

Onamni…

Ularday hech mehribonim yo’q,
Ular uchun bu jonim fido.
Iltimosim faqat shu sendan,
Onamni tez qaritma, Xudo.

Bir so’z bilan dardimni olar,
Yiqilsam gar yonimda qolar,
Hayotimda ma’no yo’qolar,
Onamni tez qaritma, Xudo.

Topib berar yozda qorimni,
Kim ichirar issiq choyimni?
Mayli, so’ra beray borimni,
Onamni tez qaritma, Xudo.

Do’st deyishga loyig’im ham  u,
Men ishongan sodig’im ham u,
Boyligim ham, borlig’im ham u,
Onamni tez qaritma, Xudo.

Oddiygna bandangman xolos,
Har on mayli qilaman duo,
Yuz yoshda ham o’ynasin kulsin,
Onamni tez qaritma xudo.

01:10.12.11.2024

✍️Muallif: Qodir Qaxxor

Onam kelin izlab yuribdi

Shu kunlarda ko’zlarim kulib,
Yuragim ham yonib turibdi.
Baxtim uchun yelib-yugurib,
Onam kelin izlab yuribdi.

Ko’nglimga mos qizlar juda kam,
Qiz topolmay qiynalar onam,
Eh sevganing yo’qmi deb bolam,
Onam kelin izlab yuribdi.

Bir soliha qizni topay deb,
Qaynonalik gashtin suray deb,
Katta-katta to’ylar qilay deb,
Onam kelin izlab yuribdi.

Aytib qo’ygan amma-xolamga,
Qiz topinglar jonim bolamga,
Maqtab meni hamma hammaga,
Onam kelin izlab yuribdi.

Bo’ydoqlikdan zerikmadim rost,
Erkin qushman, tashvishlarim oz,
Uy ishlardan zerikib biroz,
Onam kelin izlab yuribdi.

Bir soliha qizni topay deb,
Qodir bolam baxtin ko’ray deb,
Katta-katta to’ylar qilay deb,
Onam kelin izlab yuribdi.

✍Muallif: Qodir Qaxxor

ONAM

Uyga kelsam sizni izlab qolaman,
Baland ovoz bilan chaqiraman ham.
Gullar olib kelsam xursand bo’lasiz,
Sizni juda yaxshi ko’raman, Onam.

Dardlarimni sizga aytib beraman,
Yuragimdan ketar shunda dard-alam.
Shifokorim o’ziz, pul so’ramaysiz,
Bunchalar yaxshisiz, jannatim onam.

«Yaxshi yursang bo’ldi, bolam», — deysiz-da,
Ammo kamim bor deb aytmaysiz hech ham.
Bir og’iz aytsangiz menga kifoya,
Aytganingiz olib beraman, Onam.

Duolar qilasiz — ishlarim zo’r-da,
Omad quvib yurar hamisha hardam.
Pullarimni olib bozor aylaning,
Bor boyligim axir sizniki, Onam,

Tobingiz qochmasin ado bo’laman,
Sal betob bo’lsangiz ko’zlarimda nam.
Yuz yoshda ham menga dalda bo’ling siz,
Baxtimga bor bo’ling o’zimni onam.

00:11.26.05.2025

✍️Muallif: Qodir Qaxxor

Uylantirmay turing onajon.

Sevamanda qosh ko’zlarini,
Juda ham yosh nozi bir jahon.
Sevgan qizim maktabda hali,
Uylantirmay turing onajon.

Kelin izlab sarson bo’lmang ko’p,
Qilavering ko’nglingizni to’q,
Bo’ydoqlikdan zerikkanim yo’q,
Uylantirmay turing onajon.

Bir sevdida yonib o’g’lingiz,
Charchagandir balki qo’lingiz,
O’zim qilay hamma ishingiz,
Uylantirmay turing onajon.

O’xshab ketar sizga o’sha qiz,
Ko’rishtiray sizni yuzma-yuz,
O’qiyabdi maktabda xanuz,
Uylantirmay turing onajon.

Ayirmasin bizni bu tag’dir,
Ahdu paymon qilganmiz axir,
Vadasini buzolmas Qodir,
Uylantirmay turing onajon.

02:09.03.2023

✍️Muallif: Qodir Qaxxor

ONAM AYTAR….

Xudo bergan xislating bordur,
Mayli sherlar to’qigin bolam,
Mashxurlikka berilmay faqat,
Nomozingni o’qigin bolam,

Ortinsang gar yaxshilik qilgin,
Boy kambag’al birdayin ko’rgin,
Bu dunyolar o’tkinchi bilgin,
Nomozingni o’qigin bolam,

Ayolingga hiyonat qilma,
Ne bo’lsa ham do’stlaring sotma,
Erta turgin g’aflatda yotma,
Nomozingni o’qigin bolam,

Tugamaydi bu dunyoda kam.
O’z vaqtida mayli olgin dam.
Har soniya yodingda tursin,
Nomozingni o’qigin bolam,

O’lim qachon kelishi gumon,
Sinov uchun  asli bu olam.
Jannatlarni orzu aylasang,
Nomozingni o’qigin bolam.

✍️Muallif:

Qodir Qaxxor

Ona, juda mehribonsiz-a?

Bir so’z bilan dardim olasiz,
Siz boshqacha xushzabonsiz-a?
Sizday inson dunyoda bitta,
Ona, juda mehribonsiz-a?

Kim yaxshi-yu, kim yomon bildik,
Men siz bilan yashayman tirik,
Borimga ham yo’g’imga sherik,
Ona, juda mehribonsiz-a?

Ko’rdim do’stman deganlarni ham,
Ko’rdim sodiq sanamlarni ham,
Siz bo’ldingiz yonimda har dam,
Ona, juda mehribonsiz-a?

Gul bermadim sizga ortinib,
Pul bermadim sizga ortinib,
Shunda ham siz qaraysiz kulib,
Ona, juda mehribonsiz-a?

Omadimni Allohdan so’rab,
Duo qilib doim ertalab,
Erkalaysiz boshimni silab,
Ona, juda mehribonsiz-a?

Оставьте комментарий

Ваш адрес email не будет опубликован. Обязательные поля помечены *

Прокрутить вверх