OQIBAT haqida sherlar
Qattiq nonni turli millat,
Tengga boʻlib yegan ekan.
Koʻzlariga surtib donni,
Shukr Olloh degan ekan.
Bu dunyoning u chetida ,
Ekan ular vatani.
Bu chetida ardoqlashib,
Sizlabdilar otani.
Har kun qaynar atala,
Dasturxonda qattiq non.
Ular uchun ertalab ,
Ota keltirdi iymon.
Yoʻq ochlikka chidaymiz,
Chetga surib iymonni.
Har galgiday chaynaymiz,
Bugun ham qattiq nonni.
Bu kuniga kiribdi,
Ota tongda yoʻtalib.
Dasturxonga suribdi,
Oqibatni koʻtarib.
Yenglar manglar qoʻymanglar,
Yana oʻzni oldirib.
Bari atala yalar,
Oqibatni qoldirib.
Barin otaga tutib,
Olib qoʻying bularni.
Faqatgina yemasdan,
Ishlatamiz ularni.
U zamonlar oʻtibdi,
Kelibdi yorugʻ kunlar.
Kabob, palov isidan,
Taralibdi tutunlar.
Neʼmatlarga avlodning,
Ketib koʼzi qamashib.
Iymon ,insof,vijdonni,
Yebdi bir-bir adashib.
????muallif:Surayyo Xatamova
SHeroli qizi
Аёлни камситманг, у гўзал зийнат,
Ҳар недан устундир Ҳақ адолати.
Отасига, сўнгра фарзандга Жаннат,
Ҳадя этмоқликка бор ваколати.
⚡️⚡️⚡️
Аёлни камситманг, меҳрга ўранг
Ёмон сўз кўксини олади ўйиб.
Аллоҳим эьзозлаб қўйибди қаранг,
Оёғин остига жаннатни қўйиб.
⚡️⚡️⚡️
Аёлни камситманг, эрнинг ярмини,
Тўлдириб тургувчи фариштасидир.
Фарзандин камолга бошлаб боргувчи,
Ҳикматли ақлнинг соҳибасидир.
⚡️⚡️⚡️
Аёлни камситманг, у дунё дардин,
Кўтариб юришга кучи етади.
Хўрласангиз, сабри яшасада жим
Аммо қалби сизни ташлаб кетади.
⚡️⚡️⚡️
Аёлни камситманг, сўзламанг тахир,
Кўнглини синдирар дўқ дағдағангиз.
Ширин сўз, меҳрингиз қизғониб охир,
Синиб кетмасинда чап қовурғангиз…
✍️ ДИЛДОРА АБДИНАЗАРОВА.
ЖАМШИД СУЛТОНОВ.
Каналга аьзо бўлиш
Marja 0 ga intilyapti Bozorlar to'yingani sayin, raqobat ham rivojlanib boraveradi, bu jarayonda esa mahsulotlarning…
Avval salom, bad’az kalom. Odob va odobsizlik haqida maqollar…………………………………………………………………………………………………………………. Bir kattani bil,Bir kichikni bil. Bola…
Agar siz yordam so’rab qichqirayotgan ayolni orzu qilsangiz Agar siz yordam so’rab qichqirayotgan ayolni orzu…
KONSTITUTSIYA haqida sherlar to'plami bolalar uchun KONSTITUTSIYA Eng sara qonunlardan, Qomusim-oftobro'ya, Yozilgan tilla harfdan, Bizning…
Qish fasli haqida eng sara sherlar, (bolalar uchun sheʼr) Qish zavqi (bolalar uchun sheʼr) Tiniq…
Notanish qiz uchun ajoyib sher Notanish qiz uchun! Sherlarimda yozilgan bitik. Shunchaki tasodif qofiya halos.…