o’rmon hayvonlari va hashorotlar haqida sherlar (bolalar uchun)
Assalomu akaykum o’rmon hayvonlari va hashorotlar haqida sherlarni bir joyda jamladi.
reja:
- Bo’ri
- Qoplon
- Ayiq
- baliq
- laylak
- Zebra
- kenguru
- Begimot
- Jirafa
- Qurbaqa
- ilon
- jayra
- toshbaqa
- buzoq
hashorotlar
- bolari
- Ninachi
- tillaqo’ng’iz
- chumoli
- chigirtka
BO’RI
Meni deydilar Bo’ri,
Duch kelgan qurir sho’ri,
Juda o’tkir tishlarim,
Yurishmaydi ishlarim…
QOPLON
Tanishaylik Qoplonman,
Juda epchil, chaqqonman,
Xol-xol gullidir terim,
To’qaydir yurar yerim.
AYIQ
O’rmonda bo’lganmisiz?
Ayiqni ko’rganmisiz?
Ustida po’stini bor,
Pisand emas unga qor.
Men uning naslidanman,
Ayiqning aslidanman,
Otamdan qoldi po’stin,
O’sha po’stin menga to’n,
Farqim shu: men qo’g’irchoq,
Bolalarga o’yinchoq.
Baliq
Hamisha yuraman jim,
Yo’qda boshqa ilojim.
So’zlay desam bir zumga,
Suv tiqilar og’zimga.
LAYLAK
Laylakning bo’yi novcha,
Tumshug’ bor tarnovcha
Lapanglaydi uchganda,
Uyasidan ko’chganda.
Uzun ekan oyog‘i,
Xuddi cholning tayog’i,
Qanoti ola ekan,
Sayrashga balo ekan.
ZEBRA
Tanib oling — Zebraman,
Chiroyliman, zeboman.
Ola-bula badanim,
Afrikadir Vatanim.
➖➖➖➖➖➖
KENGURU
Derlar meni Kenguru,
Maxluqning qiziq turi.
Bolam yurar xaltamda,
Bexavfroqda chamamda…
BEGEMOT
Mening otim Begemot,
Suv ichida yurar ot.
Ko’rinishim qo’polroq,
O’zim yuvoshman biroq.
***
TIPRATIKON
Xo’p ajoyib jonivor
Bilsangiz tipratikon.
Bordir qarang ustida,
Sanoqsiz ko’plab tikon.
Havf-xatar sezsa agar,
To’p kabi bo’lar darhol.
Eshitgandim, ko’rdim ham,
Bugun bo’ldi shunday hol.
Itimiz Baroq sezib,
Hidlagandi go’shtmi, deb.
Baroqvoyning tumshug’i
Kaltaklandi igna yeb.
Qo’rqqanidan hattoki,
Ortiga qaytdi Baroq.
Bolalar, siz ham tegmang,
Unda bor qurol-yarog’.
RO‘ZIMUROD BOLQIYEV
Mirzacho‘l tumani
JIRAFA
Mening otim Jirafa,
Taniysiz ko’rgan daf’a.
Bo’ynim uzun — darozman,
Chopong’ichman, shovvozman
QURBAQA
Men o‘sha Qurbaqaman,
Doim vaqa-vaqaman
Turqim xunukroq emish,
Bo‘lsa bas menga — yemish
ILON
Men Ilonman, Ilonman,
Doim ilang-bilangman.
Teginsa menga birov
Zahar solaman darrov.
TIPRATIKAN
Men kim — Tipratikanman
Igna-tikonga konman.
Meni siypalab ko’rmang,
Keyin voy-voylab yurmang
➖➖➖
JAYRA
Jayra degan maxluqman,
Bosh-oyoq igna-dukman.
Kim qilsa menga hujum —
Ignamni tatir shu zum.
TOSHBAQA
Derlar meni Toshbaqa,
Qolqoni g’irt tosh baqa.
Imillabroq yuraman,
Uzoq umr ko’raman.
Buzoq
Men buzoqman, buzoqman,
Shoxim chiqqan — suzoqman.
Lekin yumdalab tortmang
U yon-bu yonga otmang.
Iflos yerga yo‘latmang,
O‘yinchoqman, qulatmang.
Buksangiz qayrilaman,
Oyoqdan ayrilaman.
Sigir bolmayman unda,
Qaymoq bermayman kunda.
Mayli, o’ynang erta-kech,
Lekin ozor bermang hech!
“Hashoratlar”
Bolari.
Nima uchun arilar,
Qo’nar gul yaprog’iga,
Ashulalar aytishar,
Gullarning qulog’iga.
Ninachi.
Bog’da uchar ninachi,
Gulni quchar ninachi.
Biram chiroyli qarang,
Qanotlari rang-barang.
Shisha kabi yuzi bor,
Yum-yumaloq ko’zi bor.
Barmoqlar mashqi.
Kapalak.
Kapalagim, kapalak.
Uchgin osmon-u falakka.
Sakrayver guldan-gulga,
Raqsing yoqar ko’ngilga.
Tilla qo’ng’iz.

Tilla qo’ng’iz Birovga sen,
Deydi “g’iz-g’iz”. Berma ozor.
Qo’yvor meni, Bekorchidan
Ishim tig’iz.
El ham bezor.
Kapalak.

-Kapalakjon beri kel,
Buncha parvoz etasan.
-Meni quvma, Erkinjon,
Gulni bosib ketasan.
Olmaxon va zagʼizgʼon (ertak — sheʼr)
Tinmay yongʼoq yigʼibdi,
Yozu-kuzda olmaxon.
Faqat oʼynab kulibdi,
Yallo qilib, zagʼizgʼon.
Olmaxonni Zagʼizgʼon,
Rosa mazax qilibdi.
Jigʼiga tegib xar on,
Juda xafa qilibdi.
Soʼngra yoz va kuz oʼtib,
Qaxraton qish kelibdi.
Zagʼizgʼonni qorni xoʼp,
Karnay-surnay chalibdi.
Boray desa doʼsti yoʼq,
Rosa boshi qotibdi.
Xattoki u bechora,
Kasal boʼlib qolibdi.
Shiftga qadab, nursiz koʼzin,
Yotar edi zagʼizgʼon.
Zagʼizgʼonning betobligin,
Eshitibdi olmaxon.
Olmaxon zagʼizgʼondan,
Xabar olib turibdi.
Bir oz oʼtgach, zagʼizgʼon,
Sogʼayib xam ketibdi.
Zagʼizgʼon doʼst qadriga,
Shundagina yetibdi.
Zagʼizgʼon olmaxondan,
Kechirishin soʼrabdi.
Olmaxon zagʼizgʼonga:
«Xoʼp, men kechirdim» debdi.
Shundan keyin ikkovlon,
Bir umr doʼst boʼlibdi.
Qissadan xissa qilsam,
Mexnatning tagi roxat.
Doʼstlarim, ertagim xam,
Tugabdi-ku, nixoyat!
CHIGIRTKA.
— Hoy, chigirtka, chigirtka,
Sen ham ekin yeysanmi?
Hoy, chigirtka, chigirtka,
Ekmay tekin yeysanmi?
— Men ham ekin yeyman, ha,
Lekin tekin yemayman.
Yesam halol deyman, ha,
Sira tekin demayman.
Ekin yesam, oʻrniga
Qo’shiq aytib beraman
Yotganingda o’rningga,
Alla aytib turaman.
CHUMOLI.
Bellar qildek, tin bilmas,
Bizlar bir jon-bir tanmiz.
Intizom hech buzilmas —
Tizilishgan marjonmiz.
Topsak hamki bir uvoq,
Talashmayin yeymiz biz.
Ahillik noni har chog’
Barakali deymiz biz.
LAYLAK
Laylakning bo’yi novcha,
Tumshug’ bor tarnovcha
Lapanglaydi uchganda,
Uyasidan ko’chganda.
Uzun ekan oyog‘i,
Xuddi cholning tayog’i,
Qanoti ola ekan,
Sayrashga balo ekan.
Toshbaqa (bolalar uchun sheʼr)
Meni toshbaqa derlar,
Baʼzilar tutib yerlar.
Yeyar ovqatim tekin,
Lekin yuraman sekin.
Doim ortda qolaman,
Chunki charchab tolaman.
Chidamliman sabrda,
Yashayman qir-adirda.
Kosam oʼxshaydi toshga,
(Masalni oling esga.
Nishin urolmay chayon,
Qolgani sizga ayon)
Shilliqqurtdan oʼzaman,
Suvda yaxshi suzaman.
Mendan oʼrnak olmanglar,
«Kulgi» boʼlib qolmanglar.
Uxlamayman baxor, yoz,
Bor xislatim shu xolos!…
Quyoncha (bolalar uchun sheʼr)
Jajjigina quyoncha,
Yugura olmas uncha.
Shunda xam u tirishib,
Yugurishga kirishib,
Dikir-dikir sakraydi,
Panjalari titraydi.
Xammadan oʼzmoq boʼlar,
Baribir ortda qolar.
Lekin qorni ochganda,
Tanda darmon qochganda,
Yeb olar sabzi, sholgʼom,
Mayli, boʼlsa xamki xom.
Kech kirgan paytda quyosh,
Togʼ ortiga qoʼyar bosh.
Shundan soʼng quyoncha xam,
Uyquni koʼrar «baxam»!…
Chumchuq bolalari (bolalar uchun sheʼr)
Pechkaning karnayiga,
Chumchuq uya quribdi.
Moʼralasam ichiga,
Bolalari turibdi.
Yoqsak agar pechkani,
Ularning umri tugar.
Shunday qoldirmay buni,
Oʼylay boshladim tadbir.
Soʼng ularni avaylab,
Karnay ichidan oldim.
Xavfsizroq joyga qoʼyib,
Tagiga xashak soldim.
Ularga ovqat berib,
Qaray olaman oʼzim.
Birdan shularni oʼylab,
Yorishib ketdi yuzim!…
OCHKO’Z SICHQON
Mushukvoyga mehmon keldi,
Mehmoni-chi, edi sichqon.
Mushukvoyning uyin ko’rib
Sichqon qarang bo’ldi hayron.
Hamma narsa muhayyodir
Sut, non bor, hatto suyak.
Baridan totib ko’rdi,
Sichqonda yo’qdir uyat.
Hayron qolar u mushukka,
Xo’p sharoit yaratgan.
E’zozlaydi uydagilar,
Mushuk-chi, nom taratgan.
Qani endi mening ham
Shunday uyim bo’lsaydi.
Teginmasa mushuk, qopqon,
Uyim donga to’lsaydi.
Deya orzu qilar sichqon,
Kemirishni qo’ymay bir on.
Mushukvoyga yoqmadi bu,
So’z qotsa ham boqmadi u.
O’yin uchun chorlasa ham,
Kemirardi bo’lib beg’am.
Bir miyovlab sichqonga u
O’ynaymiz deb gap tashladi.
Qimirlagan edi zo’rg’a,
Mushuk tishlab yeb tashladi.
✍️ RO’ZIMUROD BOLQIYEV
HAYVONLAR TILIDAN
FIL
Quloqlarim kattakon,
Uzun qarang, xartumim.
Oyoqlarim baquvvat,
Faqat kalta-da, dumim.
AYIQ
Tirikman men
Asalman.
Gar yemasam
Kasalman.
Xo’p baquvvat
Polvonman.
O’rmondagi
Hayvonman.
KENGURU
To’rt oyog’im bor,
Ikkovi kalta.
Qornimda esa,
Kattakon xalta.
Unda bolamni
Solib yuraman.
Ko’pgina ishda
G’olib yuraman.
TULKI
Mendirman o’sha tulki,
Bo’lganman juda kulgu.
Tovuq-xo’roz o’g’risi,
Ayyordirman to’g’risi.
Dumim bor ancha uzun,
Dam olaman kunduzi.
Bo’lsa ham-ki, kun sovuq,
Ovdaman o’ljam tovuq.
✍️ RO’ZIMUROD BOLQIYEV
Quyoncha (bolalar uchun sheʼr)
Jajjigina quyoncha,
Yugura olmas uncha.
Shunda xam u tirishib,
Yugurishga kirishib,
Dikir-dikir sakraydi,
Panjalari titraydi.
Xammadan oʼzmoq boʼlar,
Baribir ortda qolar.
Lekin qorni ochganda,
Tanda darmon qochganda,
Yeb olar sabzi, sholgʼom,
Mayli, boʼlsa xamki xom.
Kech kirgan paytda quyosh,
Togʼ ortiga qoʼyar bosh.
Shundan soʼng quyoncha xam,
Uyquni koʼrar «baxam»!…
✍️ Abdulla Pulatov
QUYON BILAN ESHAK
Quyon dedi Eshakvoyga:
— Quloqlaring buncha uzun?
Jahli chiqdi eshakvoyning:
— Uzunquloq axir o‘zing!
Bir-birini yerga urib,
Ozor berib jon-joniga,
Ajrim so’rab borishdilar
Hakam Bo‘rining yoniga.
Vaziyatdan foydalanib,
Bo’ri shovvoz xullas kalom,
Quloqlarin uzib tashlab,
Ikkisini qildi badnom.