O'ZBEKISTON RESPUBLIKASI DAVLAT GERBI haqida malumot

O'ZBEKISTON RESPUBLIKASI DAVLAT GERBI haqida malumot

O'ZBEKISTON RESPUBLIKASI   DAVLAT GERBI haqida malumot

O'ZBEKISTON RESPUBLIKASI

DAVLAT GERBI

 

O`zbekiston Respublikasining davlat gerbi 1992 yil 2

iyulda qabul qilingan. Davlat gerbi - davlat mustaqilligining

ramzlaridan biridir.

 

Davlat gerbi dumaloq ko`rinishga ega bo`lib, bu shaklning

so`l tomoni rizq-ro`zimiz timsoli - bug`doy boshoqlaridan, o`ng

tomoni esa o`zbekning dong`ini dunyoga taratgan bebaho

boyligimiz - chanoqlari ochilgan g`o`za shoxlaridan iborat

chambarga o`ralgan, uzoqdagi tog`lar va daryolar manzarasida

gullagan vodiy uzra quyosh zarrin nurlarini sochib turadi, ayni

paytda bu O`zbekistonning serquyosh mamlakat ekanligini ham

bildiradi. Gerbning yuqori qismida esa O`zbekiston ozodligining

ramzi sifatida sakkizburchak yulduz, uning ichki qismida yarimoy

va yulduz, markazida - baxt va erksevarlik ramzi - qanotlarini

yozgan Xumo qushi tasvirlangan. Gerbning pastki qismida

O`zbekiston Respublikasi davlat bayrog`ini ifoda etuvchi chambar

tasmasiga “O`zbekiston” deb yozib qo`yilgan.