O'ZBEKISTON RESPUBLIKASI DAVLAT MADHIYASI
O'ZBEKISTON RESPUBLIKASI DAVLAT MADHIYASI
O'ZBEKISTON RESPUBLIKASI
DAVLAT MADHIYASI
O`zbekiston Respublikasining Davlat madhiyasi 1992 yil 10
dekabrda qabul qilingan. O`zbekiston Respublikasining Davlat
madhiyasi — davlat mustaqilligining ramzlaridan biridir.
Davlat madhiyasi musiqasini kompozitor Mutavakkil
Burhonov, so`zini shoir Abdulla Oripov yozgan.
Serquyosh hur o`lkam, elga baxt, najot,
Sen o`zing do`stlarga yo`ldosh, mehribon!
Yashnagay to abad ilmu-fan, ijod,
Shuhrating porlasin toki bor jahon!
Naqorat:
Oltin bu vodiylar - jon O`zbekiston,
Ajdodlar mardona ruhi senga yor!
Ulug`xalq qudrati jo`sh urgan zamon,
Olamni mahliyo aylagan diyor!
Bag`ri keng o`zbekning o`chmas iymoni,
Erkin, yosh avlodlar senga zo`r qanot!
Istiqlol mash'ali, tinchlik posboni,
Haqsevar, ona yurt, mangu bo`l obod!
Naqorat:
Oltin bu vodiylar - jon O`zbekiston,
Ajdodlar mardona ruhi senga yor!
Ulug` xalq qudrati jo`sh urgan zamon,
Olamni mahliyo aylagan diyor!