PARONIMLAR LUG‘ATI, so‘z manolari, O‘zbek tilida PARONIMLAR LUG‘ATI

PARONIMLAR LUG‘ATI Lug‘at, So‘zlar manosi O‘zbek tilida PARONIMLAR LUG‘ATI

PARONIMLAR LUG‘ATI,  so‘z manolari,  O‘zbek tilida PARONIMLAR LUG‘ATI

O‘zbek tilida PARONIMLAR LUG‘ATI

ADRESAT — ADRESANT

Adresat — xat oluvchi.

Adresant — xat yuboruvchi., degani. (Paronimlar lug'ati)

ABAD — OBOD

Abad — doimiy, mangu.

Obod — obodon, farovon, sergavjum.

ABADIY—ADABIY

Abadiy — mangu.

Adabiy — badiiy adabiyotga oid.

ABZAL — AFZAL

Abzal — yugan, egar, jabduq kabi ot asboblari majmui.

Afzal — nisbatan yaxshi, durust, ma’qul.

ABLAQ — ABLAH

Ablaq — ola-bula tusli ot.

Ablah — o‘ta yaramas, razil, qabih.

ABRO‘ — OBRO‘

Abro‘ — eski t. qosh.

Obro‘ — hurmat, e’tibor, nufuz. Obro‘ qozonmoq.

ABGOR — AFKOR

Abgor — nochor, xarob.

Afkor — fikrlar.

ADASH — ODOSH

Adash — otlari (nomlari) aynan bir xil bo‘lgan kishilar — otdosh.

Odosh — dial. tamom bo‘lish; tugash; tamom. Odosh bo‘ldi.

ADIB — ADIP

Adib —badiiy asar yozadigan shaxs, yozuvchi.

Adip — to‘n, xalat kabilarning chetiga tikiladigan ensiz mato — mag‘iz.

ADIL — ADL

Adil — tik, to‘gri.

Adl — adolatli, odil.

ADRESAT — ADRESANT

Adresat — xat oluvchi.

Adresant — xat yuboruvchi.

AZIM — AZM

Azim — g‘oyat katta, ulkan.

Azm — qat’iy qaror, jazm. Azm qilmoq.

AZOT - OZOD

Azot — birdan, birdaniga, dast.

Ozod — tobe bo‘lmagan, erkin.

AYRILIK —AYRILIQ

Ayrilik — ayri bo‘ladigan, ayribop. Ayrilik yog‘och.

Ayriliq — judolik, firoq, hijron.

AYON — A’YON

Ayon — ma’lum, ravshan.

A’yon — amaldor.

ALIF — OLIF

Alif — arab alfavitidagi birinchi harfning nomi.

Olif - odatda lak, moy, bo‘yoq kabilarni tayyorlashda qo‘llanadigai tayyor moy, olif moy.

ALAM — A’LAM

Alam — Ma’naviy ezilish, azob chekish, og‘riq.

A’lam — din. Shariat qonun-qoidalari yuzasidan berilgan fatvoni tasdiq yoki rad etuvchi diniy arbob, bosh mufti.

ALAMON — AL’AMON

Alamon — olomon.

Al’amon — omonlik uchun murojaat.

ALIMЕNT — ELЕMЕNT

Aliment — o‘zidan ajralgan xotiniga (sag‘ir, balog‘atga yetmagan bolalari uchun) yoki mehnatga yaroqsiz

oila a’zolariga, yoxud xotin tomonidan ilgarigi eriga qonun asosida to‘lab turiladigan nafaqa.

Element — xim. Oddiy vositalar bilan bo‘lib bo‘lmaydigan modda.

ALO — A’LO

Alo — ustiga: Nur alo nur.

A’lo — eng yaxshi, ajoyib.

ALPOZ — ALFOZ

Alpoz — vaziyat, ahvol, holat.

Alfoz — esk. so‘zlashuvdagi ibora.

AMIR — AMR

Amir — Sharqning ayrim musulmon mamlakatlarida xonlik yoki podsholik unvoni va shu unvon egasi.

Amr — buyruq, farmon, farmoyish.

ANONIM — OMONIM

Anonim — nomsiz, imzo qo‘yilmagan. Anonim xat.

Omonim — shakl jihatdan bir va mazmun jihatdan turlicha bo‘lgan so‘z.

ANGAR — ANGOR

Angar — dial.: ekin maydoni, ekinzor, dala.

Angor — aft-angor, bashara, qiyofa.

ANQO — ANQOV

Anqo — afsonaviy qush.

Anqov — ovsar.

ARIQ — ORIQ

Ariq — maxsus suv yo‘li.

Oriq— ozib ketgan, ozg‘in, eti qochgan.

ARKON —ARQON

Arkon — esk. ustun, tayanch, suyanchiq; atoqli arbob; arkoni davlat — davlat arboblari.

Arqon — odatda kanop o‘simligidan yoki turli ip, junlardan pishitilib, eshiladigan yo‘g‘on chilvir.

ARPA — ARFA

Arpa — bug‘doysimon g‘alla o‘simligi va uning hosili.

Arfa — uch burchak shaklidagi nohin bilan chalinadigan musiqa asbobi.

ARTIKL — ARTIKUL

Artikl — ba’zi tillarda ot oldidan qo‘llanadigan grammatik ko‘rsatkich.

Artikul — mahsulot yoki tovarning xili, turi, tipi.

ARTISH — ARCHISH

Artish — tozalash.

Archish — po‘slog‘ini olmoq.

ASIL — ASL

Asil — haqiqiy, tabiiy.

Asl — biror narsaning asosi, asos. Asl nusxa.

ASIR — ASR

Asir — asirlikka tushgan odam, tutqun.

Asr — yuz yillik.

ATO — OTA

Ato — in’om, sovg‘a.

Ota — farzandli er kishi.

ATOQLI — OTOQLI

Atoqli — atoqli ot — gram. biror predmetga maxsus quyilgan nom.

Otoqli — dong taratgan, ko‘zg‘a ko‘ringan, mashhur. Otoqli olim.

AXIR — AXIYRI

Axir — gram. Ta’kid yuklamasi.

Axiyri— dial. oxiri, pirovardida.

AHIL — AHL

Ahil — totuv, inoq, ittifoq.

Ahl — biror soha, kasb yoki ma’lum doiradagi kishilar.

ACHIPTI — ACHIBDI

Achipti — oshiq o‘yini turi.

Achibdi — (qatiq) achipti.

I

IJOBIY — IJODIY

Ijobiy — yaxshi, durust, ma’qul.

Ijodiy — ijodga oid. Ijodiy ish baholandi.

ILIK — ILK

Ilik — ichida yog‘i bo‘lgan suyak. Ilikni qoqib yemoq.

Ilk — dastlabki, boshlang‘ich. Ilk ijod. Ilk bahor.

INDAMOQ — UNDAMOQ

Indamoq — ovoz chiqarmaslik, gap ochmaslik.

Undamoq — biror narsaga da’vat etmoq.

J

JAZLIK — JAZLIQ

Jazlik — bir ovqatga loyiq jaz.

Jazliq — odatda to‘qim tagiga solinadigan namat-taglik (ot asbobi).

JAYRON — JIYRON

Jayron — kiyikning bir turi.

Jiyron — qizg‘ish tusli ot.

JODI — JODU

Jodi — beda, makkajo‘xori kabilarning poyasini maydalaydigan qo‘l asbobi.

Jodu — sehrli, afsunkor, fusunkor, maftun qiladigan.

JO — JOY

Jo — dilga jo qilmoq, ko‘ngilga joylashtirmoq

Joy — biror narsa joylashadigan makon, o‘rin.

JUDA — JUDO

Juda — nihoyatda, eng.

Judo — biror narsa yoki kimsasidan ayrilmoq ayirmoq, judo bo‘lmoq. Judo qilmoq.

F

FABRIKANT — FABRIKAT

Fabrikant — fabrika xo‘jayini, egasi.

Fabrikat — yarim fabrikat, batamom tayyorlanmagan mahsulot, xom mahsulot.

FASAD — FASOD

Fasad — binoning old tomoni.

Fasod — yiring, modda. Fasod bog‘lagan yara.

FAQIR — PAQIR

Faqir — kambag‘al.

Paqir — chelak.

FЕRMA — FIRMA

Ferma — kolxoz va sovxozlarda chorvachilikning biror tarmog‘i bilan shug‘ullanuvchi alohida

ixtisoslashtirilgan xo‘jalik.

Firma — biror savdo yoki sanoat birlashmasi.

G

GAZ — G‘OZ

Gaz — uchuvchan yoki tarqaluvchan fizik modda.

G‘oz — parrandaning nomi.

GAL — GALL

Gal — safar, marta.

Gall — xalq nomi. Gallar yana Rimni dog‘da qoldirdi.

GANJ — GANCH

Ganj — xazina, boylik.

Ganch — suvoq uchun ishlatiladigan unsimon qurilish materiali.

GILOS — GO‘LOS

Gilos — mevasi olchaga o‘xshash daraxt.

Go‘los — s. t. rang turlaridan biri.

GO‘SH — GO‘SHT

Go‘sh — esk.t. eshitish organi, quloq.

Go‘sht — hayvon yoki parrandalarning taom sifatida ishlatiladigan eti.

H

HALAK — HALOK

Halak — nihoyatda charchagan, qiynalgan, azoblangan.

Halok: halok bo‘lmoq — o‘lmoq, nobud bo‘lmoq.

HARAM — HAROM

Haram — aysh-ishrat xonasi.

Harom — nopok, pok tutilmagan, toza emas. Harom ovqat.

HARIF — HARF

Harif — dushman, raqib.

Harf — tovushlarning yozuvdagi shakli.

D

DADIL — DALIL

Dadil — dovyurak.

Dalil — isbot.

DAVO — DA’VO

Davo — shifo.

Da’vo — da’vogar yoki javobgar tomonidan qilinadigan qat’iy talab; tuhmat. Da’vo qilmoq.

DAVR — DAVUR

Davr — muddat, vaqt, zamon.

Davur — s. t. qadar, -gacha. Men bu yigit bilan maktabga davur birga bordim.

DAKKI — DAQQI

Dakki — tanbeh, hayfsan. Dakki bermoq. Dakki yemoq.

Daqqi — tinkasi qurigan, holdan toygan. Daqqi ot. Daqqi odam.

DALA — DALLA

Dala — keng ekin maydoni, sayhon yer; qir.

Dalla — axloqi buzuq, qo‘shmachi (ayol haqida).

DARD — DART

Dard — qiynalish, azob chekish, azob.

Dart — qarg‘ishni ifodalaydigan so‘z.

DARZ — DARS

Darz — devor, taxta kabilardagi yoriq. Darz ketmoq, yorilmoq.

Dars — o‘quv ishining tashkiliy formasi. Adabiyot darsi.

DAFINA — DAFNA

Dafina — Yerga ko‘milgan boylik, xazina.

Dafna — doimiy yashil libosdagi xushbo‘y daraxt (lavr.) Dafna daraxti. Dafna bargi.

DAHA — DAHO

Daha — shaharning ma’muriy rayoni yoki qismi. Ilgari Toshkent to‘rt dahaga bo‘linar edi.

Daho — dohiy, dohiylik.

DЕVON — DIVAN

Devon — biror shoirning she’rlaridan tuzilgan to‘plam.

Divan — mebelning bir turi.

DЕMAK — DЕMOQ

Demak — bas, binobarin.

Demoq — aytmoq, gapirmoq. Oz yemoq tani sog‘liq, Oz demoq hikmatga bog‘liq.

DIPLOMAT — DIPLOMANT

Diplomat — davlatlar bilan aloqa qilib turuvchi hukumat vakili.

Diplomant — oliy o‘quv yurtlarida diplom olish uchun berilgan topshiriqlarni bajarayotgan student.

DUST — DO‘ST

Dust — zararli hasharotlarga qarshi ishlatiladigan maxsus zaharli dori, poroshok.

Do‘st — og‘ayni, sirdosh, oshna, o‘rtoq.

DUP — DUB

Dub — daraxt.

Dub — tovushga taqlid so‘z.

E

EGALLAMOQ — EGARLAMOQ

Egallamoq — o‘ziga qaratmoq, ega bo‘lmoq.

Egarlamoq — ot, eshaklarga egar-jabduq tortmoq.

ELLIK — ENLI

Ellik — son, kirq to‘qqiz bilan ellik bir oralig‘idagi raqam.

Enli — eni keng. Enli taxta.

EHZON — EHSON

Ehzon — qayg‘u hukm surgan kulba.

Ehson — hayli ish, ezgulik.

EMAKDOSH — EMIKDOSH

Emakdosh — birga ishlaydigan, hamkasb. Adabiy emakdosh.

Emikdosh — sut emishgan opa singil, aka-uka.

ESIZ — ESSIZ

Esiz — afsus, attang.

Essiz — esi yo‘q, nodon.

ERTAGI — ERTANGI

Ertagi — erta pishadigan. Ertagi qovun.

Ertangi — ertaga bo‘ladigan.

B

BAD — BA’D

Bad — yomon, yaramas.

Ba’d — keyin, so‘ng.

BADNAFAS — BADNAFS

Badnafas — nafasi sovuq.

Badnafs — nafsi buzuq.

BAKOR — BEKOR

Bakor — koriga yaramoq.

Bekor — ishsiz.

BAZUR — BAZO‘R

Bazur — bahuzur, bemalol.

Bazo‘r — zo‘rg‘a, arang, zo‘r bilan.

BAYON — BOYON

Bayon — biror voqea yoki hodisani ifodalab berish. Bayon yozish. Bayon qilmoq.

Boyon — boylar.

BAK — BARG

Bak — suv, umuman, suyuqlik solinadigan idish.

Barg — o‘simliklar yaprog‘i.

BAL — BALL

Bal — katta bazm, raqs kechasi.

Ball — biror hodisa, yer qimirlash, shamol kabilarning, shuningdek, o‘quvchilarning bilim darajasini va xulqi

raqam bilan ko‘rsatadigan baho.

BANDA — BANDI

Banda — din. qul, odam.

Bandi — asirlikka tushgan, tutqun. Bandi qilib olmoq. Bandi bo‘lmoq.

BANK — BANKA

Bank — davlat pul mablag‘larini to‘playdigan va taqsimlaydigan muassasa.

Banka — metall yoki shishadan yasaltan silindrik idish. Shisha banka. Tunuka banka.

BANT — BAND

Bant — sochga taqiladigan lenta.

Band — biror ish bilan mashg‘ul, modda, paragraf.

BARDA — BARDI

Barda — pivo, aroq pishirganda chiqadigan quyqa, to‘pon. Barda mollar uchun to‘yimli ozuqadir.

Bardi — uzun bargining ikki cheti arrasimon bo‘lib o‘sadigan ko‘p yillik yovvoyi o‘simlik, qiyoq o‘t.

BARMOQ — BORMOQ

Barmoq — a’zo.

Bormoq — borish.

BЕTON — BIDON

Beton — sement, suv, shag‘al qorishmasi va shu qorishmadan quyiladigan fundament, devor va shu kabilar.

Bidon — sut, suv va boshqa suyuqliklar saqlanadigan qopqoqli tuynukli idish.

BIKIR — BIKR

Bikir — pishiq, baquvvat.

Bikr — iffatli, bokira.

BOB — BOP

Bob — asarning bir qismi, bo‘lagi, bo‘limi.

Bop — mos, munosib.

BOD — BOT

Bod — med. revmatizm.

Bot — tez, tez-tez; ko‘p vaqt o‘tmay.

BORLIK — BORLIQ

Borlik — bor bo‘lish, mavjudlik. Otabek shu odamning yurak dardi borligini birinchi bilardi

Borliq — olam, dunyo.

BOSHIDA — BOSHDA

Boshida — oldida.

Boshda — avval, daslab.

BOG‘LIQ — BOG‘LI

Bog‘liq — bog‘langan.

Bog‘li — bog‘i bor.

BURJ — BURCH

Burj — esk. Yulduzlar turkumi, to‘dasi. O‘n ikka burj.

Burch — vazifa, iftixor.

BURUL — BURIL

Burul — xotdor, ko‘kish.

Buril — burilmoq.

BUROV — BIROV

Burov – burish.

Birov – kimdir.

BUT — BUD

But — to‘liq bekami ko‘st.

Bud — bor-yo‘q narsa.

BURISH — BURUSH

Burish — burmoq fe’lidan, harakatni bildiradigan ish oti.

Burush — yuzdagi ajin, tirish.

BURG‘U — BURGI

Burg‘u — qadimgi cholg‘u asbobi.

Burgi — parma.

BUYUK — BUYUQ

Buyuk — ulkan, katta.

Buyuq — esk. qattiq sovuq, izg‘irin.

BUQ’A — BUQA

Buq’a — madrasadagi.

Buqa — yosh erkak qoramol.

BO‘YICHA — BO‘YINCHA

Bo‘yicha — ko‘ra, binoan.

Bo‘yincha — arava qo‘shilganda otning bo‘yniga osiladigan asbob

K

KAFT — KIFT

Kaft — qo‘lning qismi.

Kift — yelka.

KAZAK — QOZOQ

Kazak — Tar. Moskva rusida va qadimgi Ukrainada chekka o‘lkalarga ko‘chib borib o‘rnashgan

dehqonlarning harbiylashgan jamoalari, a’zolari va ular avlodidan bo‘lgan kishlar.

Qozoq — Qozog‘istonning asosiy aholisini tashkil etuvchi mahalliy xalq.

KAMYOB — KAMOB

Kamyob — kam topiladigan, kam uchraydigan.

Kamob — suvi kam, tanqis.

KAMPANIYA — KOMPANIYA

Kampaniya — xo‘jalik yoki ijtimoiy-siyosiy jihatdan muhim masalani amalga oshirish maqsadida ma’lum

muddat ichida o‘tkaziladigan ish.

Kompaniya — sheriklar, shirkat.

KARTA — QARTA

Karta — geogr. xarita.

Qarta — ovqatga ishlatish maqsadida, otning yo‘g‘ok ichagidan maxsus tayyorlanadigan qazining bir turi.

KARTOCHKA — KARTOSHKA

Kartochka — katta-kichik varaqa shaklidagi qog‘oz. Kartochkaga yozmoq.

Kartoshka — hosili yer ostida bo‘ladigan sabzavot o‘simlik va uning mahsuli.

KASB — KASHF

Kasb — hunar, ixtisos.

Kashf — ixtiro qilmoq, kashf ztmoq, yaratmoq, ijod etmoq.

KAFЕ — KOFЕ

Kafe — kofe ichiladigan joy, qahvaxona. Kafeda o‘tirmoq. Kafega kirmoq.

Kofe — qahva. Kofe ichmoq.

KAFЕL — KAFIL

Kafel — koshin chinniga o‘xshash rangli, naqshli, yiltiroq g‘isht plitka (binolarning devoriga ishlatiladi).

Kafil — garov.

KAT — KART

Kat — yog‘och karavat.

Kart — kart dumba.

KONTAK — KONTRAK

Kontak — aloqa, bog‘lanish.

Kontrak — shartnoma.

KAVSH — KOVSH

Kavsh: kavsh qaytarmoq — ovqatni yaxshi hazm qilish uchun chaynalmoq (hayvonlar haqida).

Kovsh — ekskavator cho‘michi.

KVADRAT — KVADRANT

Kvadrat — teng tomonli to‘g‘ri to‘rtburchak.

Kvadrant — doiraning chorak qismi.

KЕCHINMA — KЕCHIRMA

Kechinma — kishilarning ichki holati.

Kechirma — boshdan kechgan hodisalar.

KOMPLЕKT — KONFLIKT

Komplekt — bir butunni tashkil etadigan narsalarning to‘liq to‘plami, yig‘indisi.

Konflikt — janjal, nizo, to‘qnashish, to‘qnashuv. Konflikt chiqarishga urinmoq.

KOMPAS — KOMPOST

Kompas — ufq tomonlarni ko‘rsatish uchun xizmat qiladigan asbob.

Kompost — o‘t, po‘choq; organik chiqindilar bilan tuproq, torf aralashmasidan hosil bo‘ladigan organik

o‘g‘it.

KOKS — KOKOS

Koks — havosiz qizdirish yo‘li bilan ko‘mir, torf, neft qoldiqlaridan olinadigan yoqilg‘i.

Kokos — yong‘oqli meva.

KUYINDI — KUYUNDI

Kuyindi — kuyishdan qolgan iz.

Kuyundi — kuyunmoq.

L

LAHM — LAHIM

Lahm — suyaksiz go‘sht.

Lahim — yer osti yo‘li.

LOP — LOF

Lop — birdan.

Lof — mubolag‘a.

M

MAHAL — MAHOL

Mahal — vaqt, dam, payt.

Mahol — amalga oshirish qiyin, mushkul.

MATAL — MA’TAL

Matal — hikmatli so‘z.

Ma’tal — kutib qolgan, muntazir.

MILK — MULK

Milk — tishni tutib turadigan qism, tish o‘rni.

Mulk — boylik, yer-suv, ko‘p miqdordagi mablag‘.

MURABBA — MURABBO

Murabba — to‘rt tomoni baravar burchak, kvadrat (she’riyatda to‘rtlik).

Murabbo — qiyom.

MURVAT — MURUVVAT

Murvat — burab ochiladigan narsa; vint.

Muruvvat — mardlik yuzasidan qilinadigan sahovat, yaxshilik, shafqat.

N

NAV — NOV

Nav — biror narsa xili, turi.

Nov — yomg‘ir, suvlarni oqizish uchun yog‘och yoki tunukadan maxsus qilingan tarnov.

NAR — NOR

Nar — sher, mushuk yoki qushlarning erkagi.

Nor — bir o‘rkachli tuya.

NASHA — NASH’A

Nasha — chekish tufayli kishiga zararli kayf beradigan modda va shu modda olinadigan o‘simlik.

Nash’a — zavq, kayf, safo.

NAQ — NAQD

Naq — xuddi, ayni

Naqd — puli darhol to‘lanadigan.

NUFUZ — NUFUS

Nufuz — obro‘, e’tibor.

Nufus — aholi.

O

ORDЕN — ORDЕR

Orden — katta xizmatlari uchun kishilar yoki tashkilotlarga beriladigan oliy mukofot.

Order — ma’lum narsani olish, qo‘lga kiritish imkonini beradigan hujjat.

ORASIDA — ORASTA

Orasida — o‘rtasida, ichida.

Orasta — yasatilgan, bezatilgan.

OTALIK — OTALIQ

Otalik — ota so‘zidan belgi oti. Otalik hissining bebaho.

Otaliq — biror korxona yoki muassasaning boshqa bir tashkilotni biror yordam ko‘rsatish maqsadida o‘z

rahbarligiga olishi.

OQIM — OQIN

Oqim — biror narsaning harakat jarayoni.

Oqin — xalq shoiri, baxshi.

OQLIK — OQLIQ

Oqlik — oq so‘zidan belgi oti. Qorning oqligi ko‘zni qamashtiradi.

Oqliq — sut-qatiq mahsulotlari.

OG‘U — OG‘UV

Og‘u — zahar.

Og‘uv — og‘moq.

P

PAY — POY

Pay — muskul.

Poy — juft narsalarning (ko‘pincha oyoq kiyimlarining) biri. Bir poy etik.

PAYDO — FOYDA

Paydo: paydo bo‘lmoq — yuzaga chiqmoq, yuzaga kelmoq, hosil bo‘lmoq.

Foyda — naf, manfaat.

PAKT — FAKT

Pakt — siyosiy ahamiyatga ega bo‘lgan xalqaro shartnoma, bitim.

Fakt — dalil, asos.

PALAK — FALAK

Palak — gul solingan choyshab, so‘zana.

Falak — osmon gumbazi, osmon, ko‘k.

PAN — FAN

Pan — Polshada, revolyutsiyadan oldingi Ukraina va Belorussiyada — pomeshchik, boy.

Fan — ilmlar majmui.

PANTON — FONTAN

Panton: Panton ko‘prik — suvustiga vaqtincha qurilgan ko‘prik.

Fontan — truba yoki teshiklardan yuqoriga qarab otilib turgan suv, favvora.

PANЕL — FANЕR

Panel — binokorlikda keng qo‘llaniladigan temir-beton plita.

Faner — juda yupqa taxtalardan qat-qat qilib tayerlangan; binokorlik, mebel sanoatida ishlatiladigan material.

PAPIROS — PAPIRUS

Papiros — chekish uchun tamaki tiqilgan qog‘oz naycha.

Papirus — tropik mamlakatlarda o‘sadigan qamishsimon o‘simlik, qadimgi Misr va boshqa xalqlar

tomonidan tayyorlangan qog‘oz.

PAR — FAR

Par — issiqlik natijasida ko‘tariladigan bug‘.

Far — transport mashinalari, traktor kabilardagi reflektorli fonar.

PAROVOZ — PAROVUZ

Parovoz — bug‘ dvigatelli lokomotiv.

Parovuz— dial. to‘n, ko‘rpa kabilarning chetiga tikiladigan mag‘iz.

PASTA — PASTDA

Pasta — meditsina, kosmetika kabilarda qo‘llanadigan xamirsimon dorilarning nomi. Tish pastasi.

Pastda — pastlikda, quyida.

PAQIR — FAQIR

Paqir — chelak, satil.

Faqir — kambag‘al bechora.

PЕNAL — FINAL

Penal — qalam, ruchka kabilar solinadigan maxsus quticha, qalamdon.

Final: final o‘yin — biror narsaning (sportning biror turi, shuningdek, asar yoki konsertning) oxirgi qismi.

POL — FOL

Pol — xona yoki ayvonga tekis qilib qoqilgan taxta.

Fol — odatda kishining o‘tmishi yoki kelajagini oldindan «aytib berish», soxta bashorat.

POYEZD — FOIZ

Poyezd — lokomotiv yordamida harakatga keladigan, bir-biriga ulangan vagonlardan iborat sostav.

Foiz — yaxlit birlik deb qabul qilingan son (miqdor) ning yuzdan bir ulushi, protsent.

POST — PO‘ST

Post — mas’uliyatli lavozim, o‘rin. Direktorlik posti.

Po‘st — biror narsaning sirtqi qobig‘i, po‘stlog‘i. Tolning po‘sti. Terakning po‘stini shilmoq.

POCHA — POCHCHA

Pocha — shim, lozim kabilarning tizzadan pastki qismi.

Pochcha — opaning eri.

SURAT — SUR’AT

Surat — biror narsada (masalan, fotoapparatda yoki qalamda) chizilgan nusxa, rasm.

Sur’at — temp; jadallik.

SUS — SUST

Sus — ko‘ngil sus ketmoq. Biror narsa yeyish yoki ichishni nihoyatda istamoq, xohlamoq.

Sust — sustkash, sekinlik bilan (imillab) ish tutadigan.

SUYMOQ — SO‘YMOQ

Suymoq — sevmoq joni dili bilan muhabbat qo‘ymoq.

So‘ymoq — pichoq bilan hayvon, parrandalarni yoki anor kabi mevalarni kesmoq, qirqmoq.

SUYULMOQ — SUYILMOQ

Suyulmoq — suyuqlashmoq.

Suyilmoq — sevilmoq.

SO‘TA — SO‘TAK

So‘ta — makkajo‘xori mevasining joylashadigan qismi.

So‘tak — farosati yo‘q, beso‘naqay, aqli kalta, befahm.

Qarol — birovning xizmatini qilib yuruvchi kishi, malay.

Qirol — ba’zi feodal va burjua davlatlaridagi monarxlik unvoni va shu unvonga ega shaxs.

QA’RI — QARI

Qa’ri — chuqur yer,osti, ichi, tubi. Qari — yoshi ulug‘, keksa.

QAT’I — QAT’IY

Qat’i — qa’ti nazar.

Qat’iy — uzil-kesil.

QIYIQ — QIYQ

Qiyiq — qiyalagan; ro‘molcha.

Qiyq — taqlid so‘z: qiyq etmoq.

QIYMAT — QIMMAT

Qiymat — tovarda gavdalangan va unda mujassamlangan ijtimoiy mehnat va baho.

Qimmat — ko‘p pulga baholanadigan. Bu kitob menga qimmatga tushdi.

QISM — QISIM

Qism — bo‘lak.

Qisim — siqim.

QOLIB — QOLIP

Qolib — qolmoqning ravishdosh shakli.

Qolip — oyoq kiyimi moslamasi.

QUR’A — QURA

Qur’a — chek.

Qura — qura boshlamoq.

QUYILDI — QUYULDI

Quyildi — oqdi.

Quyuldi — quyuqlashdi.

QULP — QULF

Qulp — qulp urmoq, yashnamoq, barq urib ochilmoq.

Qulf — kalit yordamida qulflanadigan asbob. Uyga qulf solib berkitmoq.

QURT — QURUT

Qurt — qumursqalarning umumiy nomi. Qurt tushgan olma.

Qurut — suzmaga ko‘pincha tuz qo‘shib, dumaloq qilib quritilgan yemish.

QURUQ — QO‘RIQ

Quruq — nam tegmagan, ho‘l bo‘lmagan. Quruq yog‘och. Quruq o‘tin.

Qo‘riq — ochilmagan, ishlanmagan (yer haqida).

R

RAVON — ROVON

Ravon — to‘g‘ri, tekis, silliq. Ravon yo‘l.

Rovon — dial. ayvon.

RAZM — RAMZ

Razm — ko‘z tashlash, qarash, nigoh.

Ramz — simvol, belgi.

RASO — ROSA

Raso: aqli raso — dono. Aqli raso yigit.

Rosa — juda, nihoyatda.

RЕAL — RIAL

Real — haqiqiy, haqqoniy.

Rial — Eronda pul birligi.

ROL — RUL

Rol — kino yoki sahnada yaratiladigan dramatik obraz va uning nutqi. Sahnada rolni ijro etmoq.

Rul — ba’zi trapsport vositalarida boshqarish mexanizmi.

S

SAYD — SAYID

Sayd — ov.

Sayid — Muhammad Payg‘ambarimiz avlodlari.

SADA — SADO

Sada — sersoya katta daraxt.

Sado — ovoz.

SANAT — SAN’AT

Sanat — sanatmoq.

San’at — badiiy ijodiyot turi.

SAVSAR — SAFSAR

Savsar — terisidan mo‘yna sifatida foydalaniladigan suv hayvoni va uning terisi.

Safsar — gul turi, rang.

SAYIL — SAYR

Sayil — ommaviy tomosha, bayram.

Sayr — tomosha qilish, aylanib yurish, kezib yurib hordiq chiqarish.

SALLOH — SALOH

Salloh — mol so‘yadigan mutaxassis, qassob.

Saloh — esk. haqqoniylik, to‘g‘rilik.

SALMOQ — SOLMOQ

Salmoq — biror narsa yoki kimsaning salobati, og‘irligi. Salmoq bilan gapirmoq.

Solmoq— biror idishga quymoq, quyib qo‘ymoq.

SAROB — SARROF

Sarob — aslida yo‘q, lekin uzoqdan ko‘zga sharpa bo‘lib ko‘rinadigan «narsa».

Sarrof — pul maydalovchi.

SAQOV — SOQOV

Saqov — ot, eshaklar kasalligi.

Soqov — gung, tilsiz.

SERVIS — SERVIZ

Servis — xizmat

Serviz —badiiy bezakli idish-tovoqlar to‘plami

SODA — SODDA

Soda — karbonat kislotaning umumiy texnik nomi.

Sodda — oddiy, jo‘n sofdil.

SЕKSIYA — SЕSSIYA

Seksiya — tashkilot, muassasa, jamiyat kabilarning ma’lum bo‘limi.

Sessiya — kollektiv va saylanma organlarning, sud, ilmiy tashkilot va jamiyatlarning ma’lum vaqtda

chaqiriladigan majlisi.

SЕROB — SIROP

Serob — ko‘p, ko‘p miqdorda.

Sirop — shirinlik solib suyultirilgan meva sharbati, shirin ichimlik. Sirop ichmoq.

SIYOQ — SIYOH

Siyoq — biror qiyofada ko‘rinish, kelbatli.

Siyoh — yozish uchun ishlatiladigan rang.

SINTAKTIK — SINTЕTIK

Sintaktik — gram. sintaksisga oid.

Sintetik — sintezga asoslangan. Sintetik kauchuklar.

SIQIM — SIG‘IM

Siqim — hovuch.

Sig‘im — hajm, miqdor. Sig‘imi katta idish.

SOF — SOP

Sof — toza, pok, musaffo. Sof oltin.

Sop — biror narsaning dastasi, tutqichi. Boltaning sopi.

SOVLIQ — SOG‘LIQ

Sovliq — urg‘ochi qo‘y.

Sog‘liq — sihat-salomatlik. Tozalik sog‘liqning garovi.

SOLIQ — SOLIH

Soliq — nalog, o‘lpon.

Solih — esk. e’tiqod, talablarga qattiq rioya qiluvchi, haqqoniy, odil.

SOHIL — SOHIR

Sohil — daryo, ko‘l, dengiz kabilar qirg‘og‘i, cheti.

Sohir — esk. ajoyib, antiqa, g‘alati.

SURGIN — SURGUN

Surgin — surmoq.

Surgun — badarg‘a bo‘lgan.

SUDXO‘R — SUTXO‘R

Sudxo‘r — foydaxo‘r, foydatalab odam. Sudxo‘r boy.

Sutxo‘r — sut ichuvchi, sutni yaxshi ko‘radigan.

SUVOQ — SHUVOQ

Suvoq — loy, qum, ganch, sement kabilar suvash protsessi. Suvoq qilmoq. Loy suvoq.

Shuvoq — mahalliy o‘simliklarning yovvoyi turi.

SUNMOQ — SO‘NMOQ

Sunmoq — esk.t. uzatmoq, qo‘l bilan bermoq.

So‘nmoq — o‘chmoq, yonishdan to‘xtamoq.

N

NAV — NOV

Nav — biror narsa xili, turi.

Nov — yomg‘ir, suvlarni oqizish uchun yog‘och yoki tunukadan maxsus qilingan tarnov.

NAR — NOR

Nar — sher, mushuk yoki qushlarning erkagi.

Nor — bir o‘rkachli tuya.

NASHA — NASH’A

Nasha — chekish tufayli kishiga zararli kayf beradigan modda va shu modda olinadigan o‘simlik.

Nash’a — zavq, kayf, safo.

NAQ — NAQD

Naq — xuddi, ayni

Naqd — puli darhol to‘lanadigan.

NUFUZ — NUFUS

Nufuz — obro‘, e’tibor.

Nufus — aholi.

O

ORDЕN — ORDЕR

Orden — katta xizmatlari uchun kishilar yoki tashkilotlarga beriladigan oliy mukofot.

Order — ma’lum narsani olish, qo‘lga kiritish imkonini beradigan hujjat.

ORASIDA — ORASTA

Orasida — o‘rtasida, ichida.

Orasta — yasatilgan, bezatilgan.

OTALIK — OTALIQ

Otalik — ota so‘zidan belgi oti. Otalik hissining bebaho.

Otaliq — biror korxona yoki muassasaning boshqa bir tashkilotni biror yordam ko‘rsatish maqsadida o‘z

rahbarligiga olishi.

OQIM — OQIN

Oqim — biror narsaning harakat jarayoni.

Oqin — xalq shoiri, baxshi.

OQLIK — OQLIQ

Oqlik — oq so‘zidan belgi oti. Qorning oqligi ko‘zni qamashtiradi.

Oqliq — sut-qatiq mahsulotlari.

OG‘U — OG‘UV

Og‘u — zahar.

Og‘uv — og‘moq.

P

PAY — POY

Pay — muskul.

Poy — juft narsalarning (ko‘pincha oyoq kiyimlarining) biri. Bir poy etik.

PAYDO — FOYDA

Paydo: paydo bo‘lmoq — yuzaga chiqmoq, yuzaga kelmoq, hosil bo‘lmoq.

Foyda — naf, manfaat.

PAKT — FAKT

Pakt — siyosiy ahamiyatga ega bo‘lgan xalqaro shartnoma, bitim.

Fakt — dalil, asos.

PALAK — FALAK

Palak — gul solingan choyshab, so‘zana.

Falak — osmon gumbazi, osmon, ko‘k.

PAN — FAN

Pan — Polshada, revolyutsiyadan oldingi Ukraina va Belorussiyada — pomeshchik, boy.

Fan — ilmlar majmui.

PANTON — FONTAN

Panton: Panton ko‘prik — suvustiga vaqtincha qurilgan ko‘prik.

Fontan — truba yoki teshiklardan yuqoriga qarab otilib turgan suv, favvora.

PANЕL — FANЕR

Panel — binokorlikda keng qo‘llaniladigan temir-beton plita.

Faner — juda yupqa taxtalardan qat-qat qilib tayerlangan; binokorlik, mebel sanoatida ishlatiladigan material.

PAPIROS — PAPIRUS

Papiros — chekish uchun tamaki tiqilgan qog‘oz naycha.

Papirus — tropik mamlakatlarda o‘sadigan qamishsimon o‘simlik, qadimgi Misr va boshqa xalqlar

tomonidan tayyorlangan qog‘oz.

PAR — FAR

Par — issiqlik natijasida ko‘tariladigan bug‘.

Far — transport mashinalari, traktor kabilardagi reflektorli fonar.

PAROVOZ — PAROVUZ

Parovoz — bug‘ dvigatelli lokomotiv.

Parovuz— dial. to‘n, ko‘rpa kabilarning chetiga tikiladigan mag‘iz.

PASTA — PASTDA

Pasta — meditsina, kosmetika kabilarda qo‘llanadigan xamirsimon dorilarning nomi. Tish pastasi.

Pastda — pastlikda, quyida.

PAQIR — FAQIR

Paqir — chelak, satil.

Faqir — kambag‘al bechora.

PЕNAL — FINAL

Penal — qalam, ruchka kabilar solinadigan maxsus quticha, qalamdon.

Final: final o‘yin — biror narsaning (sportning biror turi, shuningdek, asar yoki konsertning) oxirgi qismi.

POL — FOL

Pol — xona yoki ayvonga tekis qilib qoqilgan taxta.

Fol — odatda kishining o‘tmishi yoki kelajagini oldindan «aytib berish», soxta bashorat.

POYEZD — FOIZ

Poyezd — lokomotiv yordamida harakatga keladigan, bir-biriga ulangan vagonlardan iborat sostav.

Foiz — yaxlit birlik deb qabul qilingan son (miqdor) ning yuzdan bir ulushi, protsent.

POST — PO‘ST

Post — mas’uliyatli lavozim, o‘rin. Direktorlik posti.

Po‘st — biror narsaning sirtqi qobig‘i, po‘stlog‘i. Tolning po‘sti. Terakning po‘stini shilmoq.

POCHA — POCHCHA

Pocha — shim, lozim kabilarning tizzadan pastki qismi.

Pochcha — opaning eri.

Q

QAD — QAT

Qat — qomat.

Qad — qavat, qatlam.

QALA — QAL’A

Qala — o‘tinni taxla.

Qal’a — shahar.

QALMOQ — QOLMOQ

Qalmoq — millat.

Qolmoq — qolish.

QARZ — QARS

Qarz — qaytariladigan narsa.

Qars — taqlid so‘z: qars etmoq.

QAVIQ — QOVUQ

Qaviq— qavilgan, qavib tikilgan. Qaviq ko‘rpa.

Qovuq—anat. inson yoki hayvon organizmi.

QADOQ — QADAH

Qadoq — qabargan, qabarib ketgan.

Qadah — ichimlik ichiladigan idish, ryumka, fujer.

QAZI — QOZI

Qazi — ot go‘shtidan maxsus tayyorlanadigan milliy ovqat.

Qozi — shariat hukmi bilan ish ko‘ruvchi mansabdor shaxs.

QAYD — QAYT

Qayd — belgilab olish. Qayd etmoq.

Qayt: qayt qilmoq—yeganini qaytarmoq, qusmoq.

QAROL — QIROL

T

TA’B — TAB

Ta’b — kishining ichki tabiati.

Tab — taft, harorat.

TABAQA — TAVAQA

Tabaqa — kishilarning ijtimoiy qatlami, ijtimoiy guruh.

Tavaqa — eshikning ochilib-yopilib turadigan har bir tomoni, qanoti.

TAQIB — TA’QIB

Taqib — taqib ko‘ydi.

Ta’qib — yashirincha kuzatuv.

TALAT — TAL’AT

Talat — talatmoq.

Tal’at — chehra, yuz.

TABIAT — TABIIYOT

Tabiat —insonni o‘rab turgan va inson faoliyatisiz yaralgan moddiy borliq.

Tabiiyot — tabiat haqidagi fan.

TAKSA — TAKSI

Taksa — tovar, xizmat va hokazolarga oid qat’iy belgilangan baho.

Taksi — kira qiluvchi avtomobil.

TAMBUR — TANBUR

Tambur — passajir vagonlarning bir-biriga ulanadigan joyidagi yopiq dahlizcha.

Tanbur — torli milliy muzika asboblaridan biri. Tanbur chalmoq.

TANA — TA’NA

Tana — gavda.

Ta’na — gina-qudurat.

TANG — TONG

Tang — yomon ahvolga tushib qolish. Ahvoli tang.

Tong — tunning tugash, kunduzning boshlanish payti.

TARIF — TA’RIF

Tarif — rasmiy suratda belgilangan yig‘im, soliq, to‘lov, ish haqi, kira haqi kabilar majmui. Temir yo‘l tarifi.

Ta’rif — ifodalash, ifoda.

TASIR — TA’SIR

Tasir — tasir-tusur.

Tas’ir — tazyiq.

TAASSUB — TAASSUF

Taassub — ma’lum yo‘l yoki oqimga nihoyatda e’tiqod qo‘ygan, sodiq.

Taassuf — eski.t. afsuslanish, achinish. Taassuf bildirmoq.

TAFSIL — TAFSIR

Tafsil — biror iarsaning to‘liq, mukammal holati, mukammallik. Tafsili bilan gapirib bermoq.

Tafsir — eski.t. biror narsaga berilgan izoh, sharh, tushuntirish.

TЕKIS — TЕKST

Tekis — to‘g‘ri, silliq, g‘adir-budur bo‘lmagan.

Tekst — yozilgan, ko‘chirilgan yoki bosilgan biror asar parchasi.

TЕRI — TIRЕ

Teri — odam yoki hayvon badanining sirtqi qobig‘i. Teri kasalliklari.

Tire — gram. gorizontal chiziq (—) shaklidagi tinish belgi.

TIZ — CHIZ

Tiz — tartib bilan termoq. Munchoqni ipga tizmoq. Qalampir tizmoq,

Chiz — chiziq tortmoq. Qalam bilan chizmoq.

TIP — TIB

Tip — biror narsaning turi, xili, ko‘rinishi.

Tib — meditsina.

TOBLANMOQ — TOVLANMOQ

Toblanmoq — chiniqmoq.

Tovlanmoq — har xil tusga kirmoq, turli rangda o‘zgarmoq.

TORT — TO‘RT

Tort — shirin, yegulik konditer mahsulotlaridan birining nomi.

To‘rt — «3» bilan «5» oralig‘idagi raqam.

TUB — TUP

Tub — tag, asos, biror joyning eng pastki qismi. Masalaning tub mohiyati.

Tup — bir dona o‘simlik yoki daraxt ko‘chati. Bir tup o‘rik.

TUZUM — TO‘ZIM

Tuzum — sistema, tuzilish. Kapitalistik tuzum.

To‘zim — sabr, toqat, chidam. To‘zimsiz bitar, To‘zimli o‘zar.

TON — TO‘N

Ton — ma’lum ohang, tovush.

To‘n — qalin ustki kiyim.

TUTUN — TUTIN

Tutun — olovning tutuni.

Tutin — tutinmoq.

TRAKTIR — TRAKTOR

Traktir — Chor Rossiyasi davridagi qahvaxona, restoran.

Traktor — yer haydaydigan qishloq xo‘jalik mashinasi.

TO‘PON — TO‘FON

To‘pon — qipiq, chor.

To‘fon — bo‘ron, dovul.

U

UZOQ — UZOG‘

Uzoq —masofasi uzun, yiroq.

Uzog‘ — dial. Uzog‘ yili — o‘tgan yili.

UZUK — UZIK

Uzuk — ayollarning, qadimda erkaklarning ham taqadigan ziynati, bezagi.

Uzik — uzilgan, uzilib ketgan, yuluq.

UY — O‘Y

Uy — odatda yashash uchun qurilgan maxsus joy.

O‘y — fikr, hayol.

ULISH — ULUSH

Ulish — s. t. It bo‘ri kabilarning uvlashi.

Ulush — hissa, o‘ziga tegishli bo‘lak, qism.

UNDASH — UNDOSH

Undash — undamoq.

Undosh — nutq apparatida havo oqimining to‘siqqa uchrashi tufayli hosil bo‘ladigan tovush.

URISH — URUSH

Urish — urmoq.

Urush — jang, kurash.

UQUV — O‘QUV

Uquv — fahm-farosat bilan bilib olish, fahmlash.

O‘quv — o‘qimoq.

V

VAQF — VOQIF

Vaqf — vasiyat qilingan, inoyat qilingan, bag‘ishlangan yer.

Voqif — xabardor, baxabar yoki boxabar.

VAQE — VOQEA

Vaqe — sodir (bo‘lmoq). Voqea — hodisa.

X

XALAL — HALOL

Xalal — zarar, nuqson, xalaqit.

Halol — sof, toza.

XALOS — XOLOS

Xalos — ozod, erkin. Xalos etilgan xalq.

Xolos — faqat, faqatgina.

XALQ — HALQ

Xalq — el, ulus.

Halq — halqum.

XAM — HAM

Xam — egilgan, bukilgan.

Har uchovlari bo‘yinlarini xam qilib, Mahamat Oqilning oldiga bordilar.

Ham — gap yoki gap bo‘laklarini bog‘laydigan, bog‘lovchi hamda ko‘makchi vazifasida keluvchi yordamchi

so‘z.

XAT — HAD

Xat — yozilgan narsa, maktub kabilar.

Had — chegara, mayor.

XAYOLI — HAYOLI

Xayoli — o‘yi, fikri

Hayoli — iffatli

XIYOL — HAYOL

Xiyol — sal, salgina, bir oz.

Hayol — o‘y, fikr.

XIRS — HIRS

Xirs — ayiq.

Hirs — kuchli istak, intilish.

XIYLA —HIYLA

Xiyla — ancha, anchagina, ko‘pgina.

Hiyla — nayrang, firib.

XIL-XIL — HIL-HIL

Xil-xil — xilma-xil, rang-barang.

Hil-hil — ortiqcha ravishda pishib yetilgan, keragidan ortiqcha pishgan. Hil-hil olmalar.

XOL — HOL

Xol — badanda tug‘ma ravishda bo‘ladigan qora bo‘rtma, nuqta, chiqiq.

Hol: hol-ahvol — holat, vaziyat.

XOMTALASH — XOMTAROSH

Xomtalash — bo‘lib-bo‘lib talashib olish. Xomtalash qilmoq.

Xomtarosh — chala tarashlangan, yuza qirilgan. Yog‘ochni xomtarosh qilmoq.

XOSIYAT — HOSIYAT

Xosiyat — xususiyat.

Hosiyat — his etish.

XURMA — XURMO

Xurma — odatda sut-qatiq solinadigan mo‘ndisimon sopol idish. Xurmada tayyorlangan qatiq.

Xurmo — janubiy mamlakatlarda doim yashil bo‘lib, tepasidan uzun- uzun barg chiqarib o‘sadigan daraxt va mevasi.

XUR — HUR

Xur — taqliq so‘z: xur-xurlamoq.

Hur — ozod, ekin.

XUSH — HUSH

Xush — yaxshi, ma’qul.

Hush — ong, aql, idrok.

XO‘RLIK — HURLIQ

Xo‘rlik— xo‘rlik, azoblanish.

Y

YAGANA — YAGONA

Yagana — ekinni siyraklatish.

Yagona — yakka, tanho.

YAROQSIZ — YAROG‘SIZ

Yaroqsiz — yaramaydigai, ishlatib bo‘lmaydigan, Yaroqsiz asbob. Yaroqsiz xodim.

Yarog‘siz — qurol-aslahasi yo‘q, yarog‘i yo‘q.

YETTI — YETDI

Yetti — son.

Yetdi — yetib bordi.

YETMAK — YETMOQ

Yetmak — nisholda tayyorlash uchun foydalanadigan o‘simlik ildizi.

Yetmoq — biror parsa yoki kimsaga erishmoq.

YETOV — YETTOV

Yetov — yetaklab yuriladigan (ot haqida).

Yettov — yetti so‘zidap jamlovchi son.

YONDOSH — YONDASH

Yondash — yaqinlash.

Yondosh — yaqinidagi, yonidagi.

YOD — YOT

Yod — xotir, xotira, es. Yodda saqlamoq.

Yot — begona, o‘zga.

YOLQIN — YORQIN

Yolqin — alanga shu’lasi, alanga.

Yorqin — porloq, ravshan.

YONILG‘I — YOQILG‘I

Yonilg‘i — gaz, kerosin, benzin kabi yonuvchi suyuqliklar majmui.

Yoqilg‘i — o‘tin, ko‘mir kabilar majmui.

YONOQ — YONG‘OQ

Yonoq — yuzning (chehraning) ko‘tarilgan qismi, o‘rtasi.

Yong‘oq — mevasi qattiq qobiq ichiga o‘ralib, dumaloq shaklda pishadigan ko‘p yillik o‘simlik va uning

hosili.

YORIQ — YORUG‘

Yoriq — darz ketgan, yorilgan.

Yorug‘ — ravshan, nurli. Yorug‘ xona. Yorug‘ sinf.

YOQ — YOG‘

Yoq — tomon, taraf.

Yog‘ — moy, jir.

YUVINDI — YUVUNDI

Yuvindi — suv bilan tozalandi.

Yuvundi — iflos suv.

YO‘YMOQ — YOYMOQ

Yo‘ymoq — biror gap tush kabilarni ta’birini aytib bermoq.

Yoymoq — tarqatmoq, yozib yubormoq.

YO‘QLAMOQ — YOQLAMOQ

Yo‘qlamoq — biror munosabat bilan narsa yoki kimsani so‘ramoq, sovg‘a qilib bormoq.

Yoqlamoq — himoya qilmoq, tarafini olmoq.

Z

ZAMIN — ZOMIN

Zamin — tag, asosi, tayanch.

Zomin: zomin bo‘lmoq — aybdor, sababchi.

ZAFAR — ZA’FAR

Zafar — g‘alaba.

Za’far — sap sariq rang.

ZIYRAK — ZIRAK

Ziyrak — diqqat e’tiborli, hushyor, tiyrak.

Zirak — ayollarning quloqqa taqadigan bezagi, sirg‘a, baldoq.

O‘

O‘TKAZMOQ — O‘TQAZMOQ

O‘tkazmoq — o‘tish uchun imkoniyat yaratib bermoq, yo‘l bermoq. Bolani ariqdan o‘tkazmoq.

O‘tqazmoq — o‘tqazmoq. Bolani stulga o‘tqazmoq.

SH

SHA’N — SHON

Sha’n — sharaf, sharaf-shon; izzat-nafs.

Shon — shuhrat, dovrug‘. Shonu-shuhratga to‘liq Vatanim.

SHARAF — SHAROB

Sharaf — shon, oliy hurmat. Rejani sharaf bilan bajaramiz.

Sharob — kt. vino; spirtli ichimlik. Sharob ichmoq.

SHAHID — SHOHID

Shahid — haqqoniy, to‘g‘ri ish uchun qurbon bo‘lgan. Shahid bo‘lmoq.

Shohid — guvohlik beruvchi shaxs, guvoh.

SHЕR — SHЕ’R

Sher — mushuklar oilasiga mansub, yirik vahshiy hayvon.

She’r — qofiyadosh qilib yoki ritm qoidalariga asoslanib turib yozilgan kichik poetik asar, nazm.

SHIVIT — SHUVUT

Shivit — mahalliy o‘simliklardan birining nomi.

Shuvut — uyat, yuzi qoralik, sharmandalik.

SHIPR — SHIFЕR

Shipr — atirning bir turi.

Shifer — tom yopish uchun ishlatiladigan slanes yoki asbest bilap sementdan tayyorlanadigan binokorlik

materiali.

SHOX — SHOH

Shox — butoq, shox-shabba.

Shoh — podshoh, hokim.

SHUBA — SHO‘BA

Shuba — mo‘ynali qishki kiyim.

Sho‘ba — bo‘lim, idora.

SHTAB — SHITOB

Shtab — umumiy rahbarlik organi. Revolyutsiya shtabi.

Shitob — shoshilinch, tezlik. Shitob bilan hamla qilmoq.

SHTORM — SHTURM

Shtorm — dovul, po‘rtana.

Shturm — astoydil harakat, qat’iy hujum.

CH

CHAKKA — CHAKKI

Chakka — yomg‘ir yoki qorning erishi tufayli hosil bo‘ladigan tomchi.

Chakki — bekor, bekorga, foydasiz.

CHALG‘I — CHOLG‘U

Chalg‘i — tik turib o‘radigan, tig‘i bir tomondan chiqarilgan uzun tutqichli katta o‘roq.

Cholg‘u — chalinadigan muzika asboblarining umumiy nomi.

CHIRIK — CHURUK

Chirik — chirigan narsa, chirindi.

Churuk — eskirib ketgan, eski-tuski (mato haqida).

CHUCHIMOQ — CHO‘CHIMOQ

Chuchimoq — chuchuk bo‘lmoq, chuchuklanmoq.

Cho‘chimoq — qo‘rqmoq, hayiqmoq.