Qish fasli haqida eng sara sherlar, (bolalar uchun sheʼr)
Qish zavqi (bolalar uchun sheʼr)
Tiniq suv shildir-shildir,
Muz tagidan oqqanda.
Chana uchgim keladir,
Qish fasli qor yoqqanda.
Qor ustidan chanalar,
Gʼiz-gʼiz uchar oʼq kabi.
Chunki oʼynab bolalar,
Qizib ketar choʼgʼ kabi.
Baʼzan qor boʼron oʼynab,
Quvlashib qor otamiz.
Qorqiz, qorbobo yasab,
Qish zavqini totamiz!…
QOR
Zamin uzra yog’ar oppoq qor,
Tabiatga berib tarovat.
Derazalar bo’lar naqsh-nigor
Ayoz bobo chizadi surat.
Qish qahridan muzlagan anhor,
Tabiatning tiniq ko’zgusi.
Lahza o’tmay tutar olamni
Bolalarning shodon kulgusi
So’ngra atrof jim-jit sukunat
Moviy osmon, qorday bulutlar.
Birinchi qor. Yozaman qorxat
Eltib berarparday bulutlar.
QISH BO‘LSIN
Qor yog‘sin-u
Qish bo‘lsin.
Menga o‘yin
Ish bp‘lsin.
Meni kutar
Chang‘ ham.
Uchsam ketar
Zangi ham.
Chiniqtirib
tanamni,
Ishga soldim
Sanamni.
Qor yog‘sin-u
Qish bo‘lsin.
Ko‘ngilim doyim
Xush bo‘lsin.
Yog’ yog’aver oppoq qor
Yog’, yog’aver oppoq qor,
Yog’ishingga ko’z tikib
Oqshom-u tonglar takror,
Ko’kka boqdik entikib.
Yog’, yog’aver oppoq qor,
Chang’i-chanamiz tayyor.
So’ng o’ynaymiz, qor bo’ron,
Vaqtimiz ketmas bekor.
Yog’, yog’aver oppoq qor,
Eshik qoqmoqda bahor.
Butun borliq yashnasin,
Yog’aver takror-takror.
Marja 0 ga intilyapti Bozorlar to'yingani sayin, raqobat ham rivojlanib boraveradi, bu jarayonda esa mahsulotlarning…
Avval salom, bad’az kalom. Odob va odobsizlik haqida maqollar…………………………………………………………………………………………………………………. Bir kattani bil,Bir kichikni bil. Bola…
Agar siz yordam so’rab qichqirayotgan ayolni orzu qilsangiz Agar siz yordam so’rab qichqirayotgan ayolni orzu…
KONSTITUTSIYA haqida sherlar to'plami bolalar uchun KONSTITUTSIYA Eng sara qonunlardan, Qomusim-oftobro'ya, Yozilgan tilla harfdan, Bizning…
Notanish qiz uchun ajoyib sher Notanish qiz uchun! Sherlarimda yozilgan bitik. Shunchaki tasodif qofiya halos.…
Meva va sabzavotlar haqida sara sherlar to‘plami Meva va sabzavotlar haqida sara sherlar to‘plami SABZI…