Qiziqarli topishmoqlar
Qiziqarli topishmoqlar, topishmoqlar, bolalar uchun topishmoqlar, bosh qotirmalar
Qiziqarli topishmoqlar:
Polizda koptok bo'lib,
Dumalab yotar, to'pmas.
Dehqon bobom avaylab,
Oziq, suv berar termas.
(Tarvuz)
Sharqdan bosh ko'tarar u,
Har tong sog'inar bizni.
Ko'rmasak turolmaymiz
Olov yuzli qirmizli.
(Quyosh)
Singlimga o'xshar o'zi,
Aslo yumilmas ko'zi.
(Qo‘g‘irchoq)
Ertak she'r-u matnlar
Yashar bir mamlakatda.
Dunyoni o'rganishda
Uning xizmati katta.
(Kitob)
Suv ostida makoni,
Chuvalchang uning joni.
Qo'lda turmaydi, silliq,
Tanga to'nli u …
(Baliq)
Onam, singlim, opamning
Qo'llarida o'ynaydi,
Hovli uyni har kuni
Tozalaydi, to'ymaydi.
(Supurgi)
Qozonda emas, qaynaydi,
Qishin yozin tinmaydi.
(Buloq)
Dum-dumaloq oq uydan
Jajji qush uchib chiqar
“Chiy-chiy”lar murg'ak dili,
Olamni quchib chiqar.
(Jo’ja)
Qatorma –qator
Zanjirday o'tar.
(Chumoli)
Dov -daraxtda zar chakmon,
Tugmalari oq guldan
Qirlarda ko'k dasturxon,
Bahra olishar nurdan.
Mohir chevar kim ekan.
(Bahor)
Gul ustida jajji ashulachi.
(Bulbul)
Ko'p qirrali to'rtburchak,
Kerak bo'lar uy qursak.
(G‘isht)
Tunlari osmonga boq,
Mingda ko'z bari uyg'oq.
(Yulduzlar)
Oqib kelar shildirab,
Oynadayin yaltirab.
(Suv)
Kelar baland tog'lardan,
Juda ham yiroqlardan.
Giyoh bitmas bepayon,
Sahrolarga berar jon.
(Suv)
Zar gilam, zar-zar gilam,
Ko'taray desam, og'ir gilam.
(Yer)
Quyon emas, uzun quloq.
Ot emas ,to'rtta tuyoq.
(Eshak)
To'kinlikda noz-ne'mat,
Qaysi fasl, ayt, Hikmat?
(Yoz)
Tepdim,tepdim,
Terakka chiqdim.
(Narvon)
#topishmoq
BOLAJONLAR UCHUN SHE'RLAR.