Maqollar

Qiziqarli topishmoqlar

Qiziqarli topishmoqlar

Qiziqarli topishmoqlar:

Polizda koptok bo’lib,

Dumalab yotar, to’pmas.

Dehqon bobom avaylab,

Oziq, suv berar termas.

(Tarvuz)

Sharqdan bosh ko’tarar u,

Har tong sog’inar bizni.

Ko’rmasak turolmaymiz

Olov yuzli qirmizli.

(Quyosh)

Singlimga o’xshar o’zi,

Aslo yumilmas ko’zi.

(Qo‘g‘irchoq)

Ertak she’r-u matnlar

Yashar bir mamlakatda.

Dunyoni o’rganishda

Uning xizmati katta.

(Kitob)

Suv ostida makoni,

Chuvalchang uning joni.

Qo’lda turmaydi, silliq,

Tanga to’nli u …

(Baliq)

Onam, singlim, opamning

Qo’llarida o’ynaydi,

Hovli uyni har kuni

Tozalaydi, to’ymaydi.

(Supurgi)

Qozonda emas, qaynaydi,

Qishin yozin tinmaydi.

(Buloq)

Dum-dumaloq oq uydan

Jajji qush uchib chiqar

“Chiy-chiy”lar murg’ak dili,

Olamni quchib chiqar.

(Jo’ja)

Qatorma –qator

Zanjirday o’tar.

(Chumoli)

Dov -daraxtda zar chakmon,

Tugmalari oq guldan

Qirlarda ko’k dasturxon,

Bahra olishar nurdan.

Mohir chevar kim ekan.

(Bahor)

Gul ustida jajji ashulachi.

(Bulbul)

Ko’p qirrali to’rtburchak,

Kerak bo’lar uy qursak.

(G‘isht)

Tunlari osmonga boq,

Mingda ko’z bari uyg’oq.

(Yulduzlar)

Oqib kelar shildirab,

Oynadayin yaltirab.

(Suv)

Kelar baland tog’lardan,

Juda ham yiroqlardan.

Giyoh bitmas bepayon,

Sahrolarga berar jon.

(Suv)

Zar gilam, zar-zar gilam,

Ko’taray desam, og’ir gilam.

(Yer)

Quyon emas, uzun quloq.

Ot emas ,to’rtta tuyoq.

(Eshak)

To’kinlikda noz-ne’mat,

Qaysi fasl, ayt, Hikmat?

(Yoz)

Tepdim,tepdim,

Terakka chiqdim.

(Narvon)

#topishmoq 

BOLAJONLAR UCHUN SHE’RLAR

admin

Recent Posts

Marja 0 ga intilyapti

Marja 0 ga intilyapti Bozorlar to'yingani sayin, raqobat ham rivojlanib boraveradi, bu jarayonda esa mahsulotlarning…

2 дня ago

Odob va odobsizlik haqida maqollar

Avval salom, bad’az kalom. Odob va odobsizlik haqida maqollar…………………………………………………………………………………………………………………. Bir kattani bil,Bir kichikni bil. Bola…

2 дня ago

Agar siz yordam so’rab qichqirayotgan ayolni orzu qilsangiz

Agar siz yordam so’rab qichqirayotgan ayolni orzu qilsangiz Agar siz yordam so’rab qichqirayotgan ayolni orzu…

3 месяца ago

KONSTITUTSIYA haqida sherlar to’plami bolalar uchun

KONSTITUTSIYA haqida sherlar to'plami bolalar uchun KONSTITUTSIYA Eng sara qonunlardan, Qomusim-oftobro'ya, Yozilgan tilla harfdan, Bizning…

3 месяца ago

Qish fasli haqida eng sara sherlar, (bolalar uchun sheʼr)

Qish fasli haqida eng sara sherlar, (bolalar uchun sheʼr) Qish zavqi (bolalar uchun sheʼr) Tiniq…

3 месяца ago

Notanish qiz uchun ajoyib sher

Notanish qiz uchun ajoyib sher Notanish qiz uchun! Sherlarimda yozilgan bitik. Shunchaki tasodif qofiya halos.…

3 месяца ago