Qor parchalari, qor parchasi haqida sherlar to'plami
Qor parchalari, Qor parcha, qor parchasi haqida sherlar to'plami, qor
Qor parchalari, qor parchasi haqida sherlar to'plami
Qor parchalar, parchalar,
Oq kiyadi archalar.
Qir adirlar, qo'ralar
Oq kiyimda o'ralar.
Uyga kirdi oq odam,
Qarasam mening dadam.
Dadamning ustin qoqdim,
Dadamga kulib boqdim.
Yoqalarin tuzatdim,
Issiq to'nni uzatdim.
Qor
Har tomonda qor, qor, qor,
Yel bilan tushar, chiqar.
Bulutlar elab elak,
Separ oppoq kapalak.
To'da-to'da ucharlar,
Aylanishib qocharlar,
Yellarga yo'l ocharlar.
Mana har tomon oppoq,
Maydon, ko'cha, tom, chorvoq.
Yerlar to'lgan, ko'k to'lgan,
Havo charchab bo'g'ilgan.
Ko'kragiga tushgan qor
O'ziga joy axtarar,
Jimjit uylarni o'rar...
Qor (bolalar uchun sheʼr)
Аtrof qor, qish faslida,
Murod agʼanar qorda.
Yumshoq qorning ustida,
Dumalash juda zoʼrda.
Lekin baxor kelganda,
Qorlar erib ketadi.
Bugʼ boʼlib parlanganda,
Yerga singib ketadi.
Bu tabiat qonuni,
Bunga nima xam dersiz.
Koʼrib quyosh nurini,
Erib ketadi esiz!…
OQ AYIQ
Oq ayig'im, oq ayiq,
Qor kabi, oppoq ayiq.
Hansiraydi, oftobga-
Tobi yo'q, chanqoq ayiq.
Oq ayig'im, oq ayiq.
Qor kabi oppoq ayiq.
Chanqog'ingni bosib ol,