Qor parchalari, qor parchasi haqida sherlar to’plami

Qor parchalari, qor parchasi haqida sherlar to’plami

Qor parchalari, qor parchasi haqida sherlar to’plami


Qor parchalar, parchalar,
Oq kiyadi archalar.
Qir adirlar, qo’ralar
Oq kiyimda o’ralar.
Uyga kirdi oq odam,
Qarasam mening dadam.
Dadamning ustin qoqdim,
Dadamga kulib boqdim.
Yoqalarin tuzatdim,
Issiq to’nni uzatdim.

Qor

Har tomonda qor, qor, qor,
Yel bilan tushar, chiqar.
Bulutlar elab elak,
Separ oppoq kapalak.
To’da-to’da ucharlar,
Aylanishib qocharlar,
Yellarga yo’l ocharlar.

Mana har tomon oppoq,
Maydon, ko’cha, tom, chorvoq.
Yerlar to’lgan, ko’k to’lgan,
Havo charchab bo’g’ilgan.
Ko’kragiga tushgan qor
O’ziga joy axtarar,
Jimjit uylarni o’rar…

Qor (bolalar uchun sheʼr)

Аtrof qor, qish faslida,
Murod agʼanar qorda.
Yumshoq qorning ustida,
Dumalash juda zoʼrda.

Lekin baxor kelganda,
Qorlar erib ketadi.
Bugʼ boʼlib parlanganda,
Yerga singib ketadi.

Bu tabiat qonuni,
Bunga nima xam dersiz.
Koʼrib quyosh nurini,
Erib ketadi esiz!…

OQ AYIQ

Oq ayig’im, oq ayiq,
Qor kabi, oppoq ayiq.
Hansiraydi, oftobga-
Tobi yo’q, chanqoq ayiq.
Oq ayig’im, oq ayiq.
Qor kabi oppoq ayiq.
Chanqog’ingni bosib ol,

Yog’ yog’aver oppoq qor

Yog’, yog’aver oppoq qor,
Yog’ishingga ko’z tikib
Oqshom-u tonglar takror,
Ko’kka boqdik entikib.

Yog’, yog’aver oppoq qor,
Chang’i-chanamiz tayyor.
So’ng o’ynaymiz, qor bo’ron,
Vaqtimiz ketmas bekor.

Yog’, yog’aver oppoq qor,
Eshik qoqmoqda bahor.
Butun borliq yashnasin,
Yog’aver takror-takror.


Mana ,muzqaymoq ayiq.
Qulog’i ding ayiqvoy
Ochdi birdan ko’zini:
-Qaymog’ini o’zing ye,
Bergin menga muzini!

Qish yaqin

Quyonga dedi Ayiq:
-Buncha shoshasan qiziq?
-Qish kelar qilich qayrab,
Qandoq o’tiray qarab?
Qish g’amini yeyapman.
-To’xta nima deyapsan?
Qish degani bir kecha…
-Unday emasdir hecham.
-Bir uxlab tursang bahor
-Bahorgacha ko’p gap bor…
Qishli qirovli kunda,
Ovqat so’rayman kimdan?
-Qanaqa qish ey axmoq?-
Darg’azab bo’lar maymoq.
-Qishdan qo’rqmaysiz, demak…
-Gap qaytarma, tirmizak.

admin

Recent Posts

Marja 0 ga intilyapti

Marja 0 ga intilyapti Bozorlar to'yingani sayin, raqobat ham rivojlanib boraveradi, bu jarayonda esa mahsulotlarning…

2 дня ago

Odob va odobsizlik haqida maqollar

Avval salom, bad’az kalom. Odob va odobsizlik haqida maqollar…………………………………………………………………………………………………………………. Bir kattani bil,Bir kichikni bil. Bola…

2 дня ago

Agar siz yordam so’rab qichqirayotgan ayolni orzu qilsangiz

Agar siz yordam so’rab qichqirayotgan ayolni orzu qilsangiz Agar siz yordam so’rab qichqirayotgan ayolni orzu…

3 месяца ago

KONSTITUTSIYA haqida sherlar to’plami bolalar uchun

KONSTITUTSIYA haqida sherlar to'plami bolalar uchun KONSTITUTSIYA Eng sara qonunlardan, Qomusim-oftobro'ya, Yozilgan tilla harfdan, Bizning…

3 месяца ago

Qish fasli haqida eng sara sherlar, (bolalar uchun sheʼr)

Qish fasli haqida eng sara sherlar, (bolalar uchun sheʼr) Qish zavqi (bolalar uchun sheʼr) Tiniq…

3 месяца ago

Notanish qiz uchun ajoyib sher

Notanish qiz uchun ajoyib sher Notanish qiz uchun! Sherlarimda yozilgan bitik. Shunchaki tasodif qofiya halos.…

3 месяца ago