Quyonchaning uychasi bolalar uchun ertaklar
Quyonchaning uychasi
Bir bor ekan, bir yo’q ekan, bir tulki bilan quyon bo’lgan ekan. Tulkining uychasi — muzdan, quyonniki — daraxtning postlog’idan qurilgan ekan. Bahor kelib, kunlar iligach, tulkining uychasi erib ketibdi. Boshpanasiz qolgan tulki tunashga joy berishni so’rab quyonning oldiga bordi-yu, uning uychasini egallab olib, o’zini haydab yubordi. Quyoncha yo’lda yig’lab borar ekan, oldidan kuchukcha chiqib qoldi:— Vov, vov, vov! Hoy quyoncha, nega yig’layapsan?— Qanday qilib yig’lamay? Mening daraxt po’stlog’idan yasalgan uycham bor edi. Tulkining muzdan qurilgan uychasi erib ketgach, tunashga joy berishimni so’rab keldi-yu, uychamni egallab olib, o’zimni xaydab yubordi.— Qo’y, yig’lama, quyoncha! — dedi kuchukcha.— Boshingga tashvish tushgan bo’lsa, men senga yordam beraman. Ular birgalikda quyonning uychasiga kelishdi. Kuchukcha vovillab dedi:— Vov, vov, vov! Hoy tulki, qani, buyoqqa chiq-chi! Tulki esa pechning ustida yotganicha ularga dag’dag’a qildi.— Hozir irg’ib o’rnimdan turaman-da, derazadan sakrab chiqib ikkalangni ham tilka-pora qilib tashlayman! Bu dag’dag’adan qo’rqib ketgan kuchukcha juftakni rostlab qoldi. Quyoncha yana yo’lda yig’lab borar ekan, oldidan ayiq chiqib qoldi:— Ha, quyoncha, nima uchun yig’layapsan? — deb so’radi.— Qanday qilib yig’lamay? — dedi hiqillab quyoncha. Mening daraxt po’stlog’idan yasalgan uycham bor edi. Tulkining muzdan qurilgan uychasi erib ketgach, tunashga joy berishimni so’rab keldi-yu, uychamni egallab olib, o’zimni haydab yubordi.— Qo’y, yig’lama, quyoncha! — yupatdi uni ayiq. — Boshingga tashvish tushgan bo’lsa, men senga yordam beraman. Ular birgalikda quyonning uychasiga kelishdi. Ayiq bor ovozi bilan baqirdi:— Hoy tulki, qani buyoqqa chiq! Tulki esa pechning ustida yotganicha ularga dag’dag’a qildi.— Hozir irg’ib o’rnimdan turaman-da, derazadan sakrab chiqib ikkalangni ham tilka-pora qilib tashlayman! Bu dag’dag’adan qo’rqib ketgan ayiq juftakni rostlab qoldi. Quyoncha yo’lda avvalgidan ham qattiqroq yig’lab borar edi. Oldidan xo’roz chiqib qolibdi.— Qu-qu-qu-qu-u-uq!- dedi qichqirib. — Hoy, quyoncha, nega yig’layapsan?— Qanday qilib yig’lamay? — dedi hiqillab quyoncha. Mening daraxt po’stlog’idan yasalgan uycham bor edi. Tulkining muzdan qurilgan uychasi erib ketgach, tunashga joy berishimni so’rab keldi-yu, uychamni egallab olib, o’zimni haydab yubordi.— Ketdik, — dedi xo’roz. — Boshingga tashvish tushgan bo’lsa, men senga yordam beraman.— Yoq, xo’roz, qo’lingdan kelmaydi. Kuchukcha haydamoqchi bo’ldi — haydolmadi, ayiq haydamoqchi bo’ldi — haydolmadi. sen ham haydolmaysan.— Men hayday olaman! Ular birgalikda quyonchaning uychasiga kelishdi. Xo’roz etiklari bilan yerni tepib, qanotlarini qoqdi: Qu-qu-qu-qu-u-uq! Tulkini qiyma-qiyma qilib tashlash uchun chalg’i o’rog’imni ko’tarib keldim. Hoy tulki, qani, chiq buyoqqa! Xo’rozning qichqirig’ini eshitib, tulki qo’rqib ketdi va ovoz berdi:— Hozir etigimni kiyib olay…Xo’roz yana qichqirdi:— Qu-qu-qu-qu-u-uq! Tulkini qiyma-qiyma qilib tashlash uchun chalg’i o’rog’imni ko’tarib keldim. Hoy tulki, qani, chiq buyoqqa! Tulki yana ovoz berdi:— Hozir! Kiyimimni kiyib olay…Xo’roz uchinchi marta qichqirdi: Qu-qu-qu-qu-u-uq! Tulkini qiyma-qiyma qilib tashlash uchun chalg’i o’rog’imni ko’tarib keldim. Hoy tulki, qani, chiq buyoqqa! Tulki lip etib uychadan chiqdi-yu, o’zini o’rmonning ichiga urdi. Shundan keyin quyoncha yana o’zining daraxt po’stlog’idan qurilgan uychasida tinch-osoyishta yashay boshlabdi.
BOLAJONLAR uchun Ertaklar
Marja 0 ga intilyapti Bozorlar to'yingani sayin, raqobat ham rivojlanib boraveradi, bu jarayonda esa mahsulotlarning…
Avval salom, bad’az kalom. Odob va odobsizlik haqida maqollar…………………………………………………………………………………………………………………. Bir kattani bil,Bir kichikni bil. Bola…
Agar siz yordam so’rab qichqirayotgan ayolni orzu qilsangiz Agar siz yordam so’rab qichqirayotgan ayolni orzu…
KONSTITUTSIYA haqida sherlar to'plami bolalar uchun KONSTITUTSIYA Eng sara qonunlardan, Qomusim-oftobro'ya, Yozilgan tilla harfdan, Bizning…
Qish fasli haqida eng sara sherlar, (bolalar uchun sheʼr) Qish zavqi (bolalar uchun sheʼr) Tiniq…
Notanish qiz uchun ajoyib sher Notanish qiz uchun! Sherlarimda yozilgan bitik. Shunchaki tasodif qofiya halos.…