Sabzavotlar suhbatga qo‘shildi. piyoz haqida sher

Sabzavotlar suhbatga qo‘shildi. Sabzavotlar suhbatga qo‘shildi. piyoz haqida sher

Sabzavotlar suhbatga qo‘shildi. piyoz haqida sher

Sabzavotlar suhbatga qo‘shildi. 

Hazmni yaxshilayman, 
Sizga sog‘lik tilayman. 
Lavlagiman qip~qizil, 
Bo‘g‘da, qozonda pishir. 

Gar yesang och qoringga, 
Qon bo‘laman tomirda. 
Bog‘ni chetidan arang, 
Yetib keldi Boshkaram. 

Do‘stlar bizlar qarindosh, 
Bir oilamiz~turdosh. 
Sabzavot deb atarlar, 
Bahor ekar qatorlab. 

Parvarishlaydi dehqon, 
Qolmasin deya nimjon. 
Bizlarni yeb bolalar, 
O‘sadi, ko‘chga to‘lar. 

Hali aytganday Anjir, 
Bo‘laylik misli zanjir. 
Do‘st bo‘laylik biz inoq, 
Mevalar bilan o‘rtoq. 

Vatanimiz~ona yer, 
Serquyosh O‘zbekiston! 
Zarga teng tuprog‘i~der, 
Otamiz~Bog‘bon, Dehqon! 

Mehrjon

– Xush kelibsan, Mehrjon,
Saxovatli sehrjon.
Shirin-shakar, lazzatli,
Qalb to‘rida izzatli.
Sensan tenglik bayrami,
Bag‘rikenglik bayrami.
Quchog‘ing bolga to‘la,
Hosil, iqbolga to‘la.

Mevalar suhbati. 

Bog‘da turli mevalar, 
Qizg‘in suhbat boshlashdi. 
Barg ostidan muralab, 
Egilib salomlashdi. 

So‘z oldi avval gilos, 
Ja serhosil mevaman. 
Anov qushni qiz Charos, 
O‘pib olar yuzchamdan. 

Kampotga beraman rang, 
Sal turshroq, yoqimli ta'm. 
Shu paytda alang~jalang, 
Shaftoli turar qarang. 

Ha, maqtading o‘zingni, 
Chaqchaytirib ko‘zingni. 
Sendan xam a'lolar bor, 
Eshitib qo‘y so‘zimni. 

Bog‘ning erka qiziman, 
Sharbat tomar yuzimdan. 
Navlarimiz xilma~xil, 
Eng hushbo‘yi o‘zimman. 

Voy~bu shaftoli xonim, 
Navbat berda bizga ham.
Axir qushnimiz, jonim, 
Foydamiz ham emas kam. 

Olma deyishar bizni, 
Quvontiramiz ko‘zni. 
Ranglarimiz tovlanib, 
Bog‘ga chorlaymiz sizni. 

Qarindoshmiz olmaga, 
Qovog‘ingni solmada! 
Qomatlarim o‘zgacha, 
Bilmaslikka olmada. 

Ha, nokman juda shirin, 
Yeb ko‘rib baho bering. 
Po‘stinga o‘ralvolib, 
Behi ochadi sirin. 

Men behiman, naq tabib, 
O‘tgan yil qo‘shni Habib. 
Rosa yo‘tal bo‘lganda, 
Olib borgandi Tolib. 

So‘ngra o‘yib ichimni, 
Toza asal quyishdi. 
Mayin pishishim uchun, 
Gaz qozonga qo‘yishdi. 

Pishib bo‘ldim naq asal, 
Yeb tuzaldi~ya kasal. 
Boshga kiyib tojini, 
Anor kelar bir mahal. 

Men shu bog‘ning qiroli, 
Hamda qirolbardori. 
Eng baquvvat anorman, 
Topishmoqda  ham borman. 

Ichimda yuzlab askar, 
Bitta buyrug‘im kutar. 
Shunda so‘z boshlar Anjir, 
Terilib misli zanjir. 

Aziz opa~singillar, 
Axir mevamiz bizlar. 
Bitta bog‘da turamiz, 
Foydamiz kup bilamiz. 

Qo‘lni~qo‘lga beraylik, 
Juda ahil bo‘laylik. 
To‘ldirib bozorlarni, 
Elimga ko‘ch beraylik. 

Raxmat olar bog‘bon ham, 
Raxmat deydi yeganlar. 
Qaysi yurtdan deyishsa, 
Maqtashadi bilganlar.