SENI QANDOQ UNUTIB BOʻLAR (sevgi haqida sherlar)
Sevgi haqida ajoyib sherni qarshi oling!!!!
SENI QANDOQ UNUTIB BOʻLAR
Yuragimdan koʻchib ketmaysan,
Ketsang yoddan oʻchib ketmaysan…
Mendan sira kechib ketmaysan,
Seni qandoq unitib boʻlar?
Bitilgandek umrbodimga,
Armon boʻlding iltifodimga.
Har kun tushib tursang yodimga,
Seni qandoq unitib boʻlar?
Koʻz oldimda qiyosi jisming,
Beixtiyor tilimda isming…
Yuragimda yashar bir qisming,
Seni qandoq unitib boʻlar?
Hayollarim yoninga daydib,
Ketaverar sogʻinchin aytib.
Kelib tursang tushimda qaytib,
Seni qandoq unitib boʻlar?
Doston aytdim kuygan baxshidek,
Goʻya hijron umrim naqshidek…
Unutmoqdan oʻlgan yaxshidek,
Seni qandoq unitib boʻlar?
Duchor boʻldim qancha qasamga,
Oshiq boʻlib bitta sanamga…
Oʻrnab qolgandaysan tanamga,
Seni qandoq unitib boʻlar?
✍ Odilbek Qodirov
Marja 0 ga intilyapti Bozorlar to'yingani sayin, raqobat ham rivojlanib boraveradi, bu jarayonda esa mahsulotlarning…
Avval salom, bad’az kalom. Odob va odobsizlik haqida maqollar…………………………………………………………………………………………………………………. Bir kattani bil,Bir kichikni bil. Bola…
Agar siz yordam so’rab qichqirayotgan ayolni orzu qilsangiz Agar siz yordam so’rab qichqirayotgan ayolni orzu…
KONSTITUTSIYA haqida sherlar to'plami bolalar uchun KONSTITUTSIYA Eng sara qonunlardan, Qomusim-oftobro'ya, Yozilgan tilla harfdan, Bizning…
Qish fasli haqida eng sara sherlar, (bolalar uchun sheʼr) Qish zavqi (bolalar uchun sheʼr) Tiniq…
Notanish qiz uchun ajoyib sher Notanish qiz uchun! Sherlarimda yozilgan bitik. Shunchaki tasodif qofiya halos.…