Seni sog‘indim, sevgi haqida sherlar

Seni sog‘indim, sevgi haqida sherlar

Seni  sog‘indim,  sevgi haqida sherlar

Seni sogʻindim

Jahl toʻla soʻzlarim yolgʻon,

Jerkib boqqan yuzlarim yolgʻon,

Kulib turgan koʻzlarim yolgʻon,

Hudo haqqi seni sogʻindim!

Azoblarim jonimni yoqar,

Gavharimdan jolalar oqar,

Taqdir toʻyib poʻstagim qoqar,

Hudo haqqi seni sogʻindim!

Borgin boʻldi, ketgin desam ham,

Orzuyingga yetgin desam ham,

Meni baxtli etgin desam ham,

Hudo haqqi seni sogʻindim!

Chindan ihlos qoʻyganim oʻsha,

Sendan ziyod suyganim oʻsha,

Olib... Berib qoʻyganim oʻsha,

Hudo haqqi seni sogʻindim!

Qaytarmisan aytgin sevgilim?

Hazon boʻldi yurakda gulim,

Uzoq yilmas, ayrilgan kunim,

Hudo haqqi seni sogʻindim!

Azobmi bu? Iztirobmi bu?

Bilmayman-u juda ogʻrindim.

Mumtozingni soʻngi soʻzi shu:

"Hudo haqqi seni sogʻindim!"

✍ Mumtozbegim

yoshlar.ru