Sevgi haqida sherlar: sms sevgi haqida eng sara sherlar to‘plami

Sevgi haqida sherlar Sms sevgi haqida eng sara sherlar to‘plami

Sevgi haqida sherlar: sms sevgi haqida eng sara sherlar to‘plami

Sevgi haqida sherlar:

❤️Sevgimni xor qilganni Ollox manga zor qilsin. Mani qadrm bilmaganni Qadrsizga yor qilsin. Kuni kelib keng dunyoni Mansiz unga tor qilsin. Sevsin lekin sevgan yori Yor qilishga or qilsin!❤️

Sevgim suvga so'ylayman.  

Sani sevishimni soya sari yo'llayman,  

soya so'zlagin so'zim sevishimni san  

unga aytgin chiroyli qilib, agar u  

indamasa uni qilmagin hafa.  

Beozor sevgimni unga yana aytasan,  

mani sevgim rost bo'lsa sanga yetib boradi  

agar sevgim lof bo'lsa sevgim suvga cho'kadi,  

kutgin mani so'zlarim, agar javob kelmasa yana  

yo'layaman yana, man charchamayman sevgim  

senga so'ylashga, kutganim sensan o'ylarim sensan,  

peshonamga yozilganim sensan faqat sensiz man yo'qman  

bu dunyoda, yashar sensiz ruhim 

Qayerdan kelding san o'zi?  

osmondanmi oydammi yo' jannattan?  

oldin hayolim! oldin hayolim  

san o'g'irladin mani jonimni! o'g'irladin mani sevgimni seni ko'rdim 

 uchdi hayolim! go'yo yo'qdekman  

man bu dunyoda hayolimda faqat ikkimiz  

sevgi ko'lida suzib yurimmiz!  

seni qarashing ..... ox bu qarashlar  

jonni yoqadi, yurak uradi o'ziga sig'may 

sevganini sanga aytmoq istaydi,  

san esa qarading kettin!  

Bu yoqda u o'lar ahvolda!!!  

Sani bir ko'rganda yurak sevdi  

manamas sani yurak sevdi...

Qo'rqar edim sevib qolishdan 

Kechalari yo'qolgan orom, 

So'roqlayman seni bolishdan. 

Nigohlaring aylaganda rom, 

Qo'rqar edim sevib qolishdan. 

So'zlashardim sen bilan to'lib, 

Charchamasdim hech ham kulishdan. 

Ba'zan faqat xayolga tolib, 

Qo'rqar edim sevib qolishdan. 

Kundan kunga borarding yoqib, 

Baxtli edim birga yurishdan. 

Vujudimda bir nido oqib, 

Qo'rqar edim sevib qolishdan. 

Bugun o'ta totli boqishlar, 

Qarshisida turolmadim jim. 

Qo'rqar edim sevib qolishdan. 

Lekin sevib ulgurgan edim.

DEVONASI O‘ZIMMAN

DEVONASI O‘ZIMMAN

Go‘zal pariruxsorning, 

Parvonasi o‘zimman. 

Dilim olgan dildorning, 

Devonasi o‘zimman.

O‘zimman hayronasi, 

O‘zimman afsonasi, 

O‘zimman begonasi, 

Giryonasi o‘zimman.

Umrim o‘tar yo‘lida, 

Oshiq jonim qo‘lida, 

Navosiman tilida, 

Taronasi o‘zimman.

Ishqi dilning ziynati, 

Hajri baxtim zulmati, 

Taqdiriman - qismati, 

Peshonasi o‘zimman.

Qul bo‘layin poyinda,

Ado bo‘ldim ko‘yinda,

Ul malak saroyinda, 

Ostonasi o‘zimman.

Oshiq Ahad telbadir,

Yorug‘ kuni tiyradir, 

Bilmay suyibman axir, 

G‘amxonasi o‘zimman, 

Vayronasi o‘zimman...

Sizni juda sevaman,

Tariflashga ojiz til.

Hatto jonim beraman,

Faqat sizni der bu dil.

Sizni juda sevaman,

O'zimdan ham qizg'onib.

Ko'zingizga qarasam,

Yonib ketaman yonib.

Sizni juda sevaman,

Hatto jonimdan ortiq.

So'rang jonim beraman,

Borim etaman tortiq.

Sizni juda sevaman,

Qanday berayin tarif.

Izhorimni yozishga,

Ojizlik qilar harif.

Sizni shunday sevaman,

Izhor qilolmam sevgim.

Lekin sizni hech qachon,

Mendek sevolmas hech kim.

Shekspir aytgan edi: "Men hamisha o‘zimni baxtiyor sezaman. Bilasanmi nega? Chunki men hech qachon, hech kimdan, hech narsa kutmayman! Kutish bu- azob.  

Hayot qisqa... Shunday ekan, o‘z hayotingizni seving... 

Hamisha kulib boqing... Gapirishdan oldin tinglang. Gapirishdan oldin tinglang... 

Yozishdan oldin o‘ylang... 

Pulni sarflashdan oldin ishlab toping... 

Arazlashdan oldin kechirishni biling...

Og‘ritishdan oldin his qiling... Nafratlanishdan oldin seving... 

O‘lishdan oldin yashang...!!!

Yuragim sal telbaroq,

Qoy deganni bilmaydi.

Sendan õzga yurakni ,

Nazariga ham ilmaydi.

Senga sodiq qul emish.

Menga quloq tutmaydi.

Qaysar xuddi õzimdek,

Unga gapim õtmaydi.

Tunda rosa urushdim.

Tong otguncha oĝrindi.

Shõrlik mendan arazlab.

SENI ROSA SOĜINDI.❤️

Yuragi dardga va iztiroblarga töla,insonga etibor berganmisiz, uning qolidan hech narsa kelmaydi chin yurakdan kulish ozgani aldash judayam kam gap u bilan gaplashgan inson judayam zerikib ketadi.... Lekin u yolg'iz qolishni uddalay oladi, u sevib eshitadigan qoshiq bilan shirin hotiralarga komilib kozlarini asta yumib uning ismini takror va takror qaytarib shunday deydi . SENI JUDA JUDA SOG'INDIM ISHON...

Yurakka to'satdan in qurganda g'am)

Qalbimning dardiga bo'ladi malham)

Zulmatning qarida yolg'iz qolsam ham)

Doimo yonimda mehribon Onam..

Quyosh issiq nurin sochmay qo'ysa ham)

Alamlar bag'rimni tilib to'ysa ham)

Do'stlarim quchog'in ochmay qo'ysa ham)

Doimo yonimda mehribon Onam..

Mayli bering ming bitta sinov

Sog‘inch dilni qiynar beayov

So‘zlarimda aslo yo‘q aldov

Xazon qilmang tuyg‘ularimni...

Bag‘rim tiling men indamayman, 

Azob bering mayli chidayman.

Ismingizni qalbga qadayman

Xazon qilmang tuyg‘ularimni

Sevaman seni men qarab koʻnglingga

Azoblar bermagin nozik dilingga

Ishqingda ming zorlar ertganingda ham

Dardimni ichimga yutaveraman

Azizim men seni kutaveraman

Agarda hayotimni bir parchasi bo'lmoqchi bo'lsang yuragim eshiklari ochiq. Agar ketmoqchi bo'lsang unda ham eshik ochiq. Faqat iltimos, eshik oldida turma, menga umid berma, yo'limni to'sma. Yoki ket yoki qol...

Qõllarimda dasta gul bilan!

yo'llaringga kõz tutsam agar!

izxorlarim tõla dil bilan!

kutsam agar kelasanmi ayt!

Ajib kuy u bir ohangrabo!

sadosida qõlingni tutsam!

umid kutib sendan dilrabo!

kutsam agar kelasanmi ayt!

Yurak dardi bunchalar yomon!

har fursatda õrtanaverar!

sõrayverib yaproqdan hamon!

kutsam agar kelasanmi ayt!

Baxor õtdi sensiz azobli!

kuz bargidek hazon yuragim!

bu savollar achchiq sõroqli!

kutsam agar kelasanmi ayt!

Yuragim sog'inchla izladi seni, 

Hayolim har onda esladi seni, 

Ko'zlarim har yerda qumsadi seni, 

Chin so'zim sog'indim sog'indim seni.

Sizdek bir insonni sevganim uchun, 

O'zga sayyoraga qilsalar surgun, 

Shirin so'zlaringiz eshitish uchun, 

Baribir qaytardim yonizga bir kun.

Dilda bordir orzu armon, 

Ammo ishqqa ishonmayman. 

Sevgi nima bilmaymanu, 

Ammo sensiz yasholmayman..

Sen tabassum qilganda Jonim. 

Men O'zimni kuchli sezarman. 

Sen tabassum qilganda Jonim. 

Men xayollar bog'ida kezaman. 

Sen tabassum qilmasang Jonim. 

Menga tuyilardi dunyo qorong'u. 

Sen tabassum qilmasang Jonim. 

Yutganday bo'lardim men og'u

Sizzi qattiq sevaman, buni bilasiz!

Nega bilib turib araz qilasiz?

Manga ishonmisiz, shubhalanasiz

Shubha-gumonlariz bekor, afsuslanasiz!

Sizga xiyonat qilish hayolimga kemagan,

"Boshqa yigiting bormi?" deb so'rayverasiz.

Gar biror yigitga gapirganim ko'rsez,

Rashkdan yonib-kuyib, hafa bo'lasiz!

Nuqul qidirasiz xatoni mandan,

O'zizni xatolariz ko'zga ko'rinmas,

Bilib qo'ying, nima bo'lganida ham

Maniki bo'lasiz baribir yaramas!

SEVISHGANLAR SUHBATIDAN PARCHA...

-Qiz alo ? 

-Bola salom ertaga to'yim (ko'zida yosh) 

-Qiz zórku quvonchli kunda nega

yeglayapsiz ?

-Bola to'yimga kelasami ?

- Qiz albatta boraman akamni tóyiga bormemanmi (g'amgin 

ovozda) siz akamdek kóramanku

-Bola aniq kel kutaman

 

Gulim dedim qismati xazon ekan. 

Dilim dedim goxi 

dil xam vayron ekan. 

Baxtim dedim baxtning Uzi 

armon ekan...

 Ertasi kuni to'y bo'ldi lekin qiz kemadi bola rosa 

kutti. To'ydan keyingi kun xabarlarda bir qizi o'z 

uyida joniga qasd qiganini ko'rsatishdi Bola qizni

tanidi u o'sha qizedi. Qizni qólida xat bo'gan xatda 

shular yozilgandi kechirin boshqa chidomiman siz 

mani farishtam derdiz mana endi farishtaga aylanib xar doim yonizda bo'laman mani unutmen! 

Man sizi SEVAMAN 

♥...........Umringda hech yig'laganmisan - kimnidur sog'inganingdan...?

Kipriklaring namlanganini, ko'zlaringdagi to'kilishga tayyor bo'bturgan yoshlaringni yashirishga uringanmisan hech - kimnidir jon joningdan sevganing uchun..?

"Kerakliging" yoningda emasligidan yuraging ezilganida, kundan kunga so'lib borsang ham labingda tabassum bilan yashaganmisan hech...?

Umrimning har bir kuni shunday azoblarda o'tyabti desam ishonmaysan bilaman... Sen bularni qanchalik og'irligini bilmaysaan, tushunmaysan...!

Chunki senda tuyg'u yo'q, yurak yo'q...!

​​​.....Nega xomushsan....?

????.....Uni soğindim....

.......Кimni...... ? 

????......HAYOTIM mazmuniga aylangan insonni .....

......U ham sani soğindimikan..... ?

......Buni bilmadim lekin man uni juda juda qattiq SOĞINDIM.....

......Hm shunde degin....

????..... Özgalardan sababsiz qizğonishlaridan bazan töyib ketardim.... Bilsayiz edi..... 

....Bugun hatto ösha sababsiz rashklarini ham SOĞINDIM..... 

..... Unday bölsa gaplash yoniga qayt... 

????...... U mani unutdi...

..... Unutganni unut san yiğlasang mani yuragim yiğlaydi.... 

????..... U mani umrim mazmuni edi....

...... HAYOTIM sönggigacha uni sevib yashayman...

Qiz...

Kim u qiz? namuncha termuladi?

Yigit...

Bilmadim, ko'zi buganidan kiyin qaraydida.

Qiz....

O'ldiraman sizzi.

Yigit...

Jinni.

Qiz...

Hmmm telzga kimdan sms keldi qani?

Yigit...

O'rtog'imdan.

Qiz...

Qani ko'raychi?

Yigit....

Bo'ldi qil tergovchi.

Qiz...

Tergamadim smsdi ko'ray.

Yigit...

Yo'q.. Bas qil.

Qiz...

Anu qizdan keldi a?

Yigit...

Eeey jonga tegdinku

Qiz...

Lekin Sizni Sevamanku...

Yigit...

Sevsang manga ishon.

Qiz...

Unda ishonchimni oqlang smsdi yashirmay.

Yigit...

Bo'ldida rashking ham jonga tegdi.

Qiz...

O'zi sizga yoqmay qoman...o'zgarb qogansiz.

Yigit...

Eeey bilganingni qil.

Qiz...

Nimaaaaaa....ketishimni hohlaysmi?

Yigit...

Hohlasang ket ushlab turganim yo'q.

Qiz...

Sizni Sevganimdan rashk qilaman.... mayli ketaman lekin unutmang muhabbat insonga bir marta beriladi.

Qiz shunday dediyu burilib keta boshladi u sekin qadam tashlab ketar guyoki jondan aziz sevgani "to'xta gulim ketma" diyishini kutardi..... lekin yigitdan sado chiqmadi, qizning ko'zlaridan marjondek yoshlar oqardi u orqasiga qaramadi ko'z yoshlarini sevgilisiga ko'rsatishdi istamadi.

Oradan ancha vaqt o'tdi jimjitlik..... qiz sevgilisini tel qilishini sms tashlashini kutardi.

Bu orada qizga sovchilar kelar qiz qarshilik qilar u sevgilisini kutib yashardi.

Yana sovchilar.....oxiri oyisi qistay boshladi, shunda qiz közlari to'la yosh bilan oyisga qarab sekingna "o'zlariz bilasizlar" deb qo'ydi.

Bir kun qizning teliga tanish raqam tel qildi.

Qiz...

Alo.

Yigit...

Salom qalesan?

Qiz...

Salom raxmat yaxshi.

Yigit...

Kechir Sani Sog'indim.

Qiz...

Kechirdim!

Yigit...

Bilasanmi, o'shanda to'g'ri aytgan ekansan muhabbat bir marta berilarkan... Sani sevaman gulim kechir mani.

Qiz...

Mayli kechirdim.

Yigit...

San doim mani kechrib kelgansan... mani sanchali hech kim sevolmaydi raxmat gulim.

Qiz..

Sizni qanchalar kutim.. endi sizham mani kechiring man man unashtrldim, yaqinda to'yim, yodzdami sizni sevmaganimda rashk qimasdim deganim ha man sizni dunyolardan qizg'anib sevdim lekin siz mani bir qizga almashib ketgandiz, vaqt balki unitishga o'rgatmas lekin ko'nikishga o'rgatarkan... Hayr o'zizi extiyot qiling. Alvido.!!!

Sovuq kunda sovuqotsam, quyosh bergin Allohim,

Yolg'iz qolib ketsam gar, sirdosh bergin Allohim!

Insonlarning qilmishidan ozor chekar bo'lsam men,

Hammasiga chidash uchun bardosh bergin Allohim!

Qo‘rqαmαn dunyσdα sensιz qσlιshdαn,

Qo‘rqαmαn mehrιngdαn judσ bo‘lιshdαn...

Qo‘rqαmαn hαyστιm, judα qo‘rqαmαn, 

Senι o‘zgαlαrgα berιb qo‘yιshdαn...!

Hech Sevganmisiz ??

Ha ..

Azob chekanmisiz ??

Ha ..

Qaytsa yana sevarmidiz 

Ha ..

Nega yana azob chekish uchunmi ??

  Ha azobimiz ham lazzatli sevgi bilan bulgan...

  Yana qayta dunyoga kelsam uni tanlardim...

Yana ko'zlarimga to'ldi achchiq yosh,

Yana esga tushdi biz tanishgan kun.

Ko'zyoshim sirlarim qilib quyar fosh,

Nahot gunohkorman sevganim uchun.

Netay menga sizdek hech kim hech qachon,

Mehr berolmagan etmagan shodon.

Qadrlay olmadim balki men nodon,

Nohot gunohkorman sevganim uchun.

Ozim ham to'g'risi anglolmay qoldim,

Sizni sevib qoldim qachon va nechun.

Javobsiz savoldan shunchalar toldim,

Nahot gunohkorman sevganim uchun.

O'ylasam aqlimga sig'maydi hatto,

Sizni unutmoqqa yetmaydi kuchim.

Sevilmasdan sevdim bilaman ammo,

Nahot gunohkorman sevganim uchun.

Balki kunglingizda yashaydi kimdur,

Nima ham qilardim bu ahir taqdir.

Sevgim sohta emas samimiy ahir,

Nahot gunohkorman sevganim uchun

Men uning qalbiga kirmadim o'ynab,

Boqsam ko'zlaridan hasrat yog'ardi.

U lazzat olardi o'zini qiynab,

Mendan xafa bo'lish unga yoqardi

Ketsangiz kelishiz intizor ku'tkan

Bu meni ko'zlarim 

Soĝinib qayĝu ĝamlarga botkan

Bu meni yuragim

Yana ....

Ming bora eslab eslamaslikka harakat qilgani sari hammasi ni ko'zlarimga namoyon qilgan

Bu... 

Meni xotiralarim

Oldingdan oqqan suvni qadri yo deydi bir kun vaqti soati kelib manashu suv oqishdan butkul tóxtab qolsa San usiz qolganingda san uchun qanchalik zarur ekanini tushunib yetganingda hayotingni usiz tasavvur eta olasanmi?Anashuni qadrini esa yóqotganingda tushunib yetasan,bu yóqotish inson bólishi ham mumkin ya'ni Man!

Seni eslamoqlik azob, aslida  

Ammo unutmoqlik undan-da mushkul,  

Qalbimni zabt etding bahor faslida  

Endi bu qalb senga asirdir butkul.  

Bilki, sendan menga hech ne kerakmas  

Faqat eslamoqqa izn bersang bas

Bizgacha ham olov bo'lgan suv bo'lgan, 

Bizgacha ham ne ne ohu so'z bo'lgan, 

O'zingizga bino qo'ymang yaxshi qiz, 

Bir paytlar yalmog'iz ham, 

Sizday go'zal qiz bo'lgan.

Sen barbod qilib ketgan hayotimni hali hamon tiklolmayman... Lekin yuragimga shuncha azob bergan bolsang ham hamon seni soginadi..vadalari yolg'onchi yorim.. 

Assalom_Aliykum

Tôğrisiyamda

Qizlarga yigitiz bormi desa yu deyishadi. Lekin kuni bilan telgramga obi-Hovo malimotini ko'rgani kirmasa kerak aa

♥...Chin sevgi doimo dilda yashaydi.

♥...Yolg'on sevma yaproq tashlaydi.

♥...Mard Yigit hech qachon Qizni

aldamas.

♥...Chin sevgi hech qachon chiroy

tanlamas!

Yana yomg'ir yog'yapti, 

Seni menga eslatib. 

Dilga sog'inching solib, 

Xayollarim uchurib. 

Tomchilarning ovozi, 

Ovozingni eslatib. 

Yana yomg'ir yog'yapti, 

Yuragimni yig'latib

Hayot shunaqa g'alati! Kecha baxtli eding, yettinchi osmon seniki edi bugun esa...

       Bugun esa, shunchaki tirik(san)...

SEVIB QOLDIM

Sochingizni yoyib olib,

Ko'cha kuyda yuribsizda.

Nima bo'ldi sizga desam,

O'n sakkizga to'libsizda.

Yurak yutib gaplar otsam,

Shirin nozlar qilibsizda.

Shaxloginam endi bilsam,

O'n sakkizga to'libsizda.

Bir bor tinglang yurak zorim,

Men dunyoga sig'may qoldim.

Bir ko'rishda sizni yorim,

Sevib qoldim, sevib qoldim.

Ko'nglingizni qanday olay,

Nazar qilmay yuribsizda.

Menday majnun qaydan bilsin,

O'n sakkizga to'libsizda.

Ko'zgu tushmas qo'lingizdan,

Oydan go'zal bo'libsizda.

Nur yog'ilar yuzingizdan, 

O'n sakkizga to'libsizda.

Bir bor tinglang yurak zorim 

Men dunyoga sigmay qoldim

Bir ko'rishda sizni yorim,

Sevib qoldim, sevib qoldim