Sevgi haqida sherlar to‘plami

Sevgi haqida sherlar to‘plami

Sevgi haqida sherlar to‘plami

Sevgi haqida sherlar:

Kunlarim oʻtyabdi sensiz ham bekam

Yoʻqlamay qoʻydi tashvish yoki gʻam

Yurishlarim qaysi malikadan kam...

Sen meni sogʻinasan hali juda ham...

Sensiz bogʻlarim ham ochildi qiygʻos

Yuribman sensiz ham qaddim tutib gʻos

Yurishlarim aytsam malikaga xos..

Sen meni sogʻinasan hali juda ham...

Sen bergan gʻamlar ham tugadi oxir 

Sinovlarni yengdim boʻldim men mohir 

Boʻlolmading menga munosib Tohir

Sen meni sogʻinasan hali juda ham...

Qara vaqt oʻtyabdi juda ham shoshib

Yuzimga tabassum turar yarashib 

Meni tashlab sen ketding adashib

Sen meni sogʻinasan hali juda ham

Yoʻllarimga kelma duch rangim oʻchadi

Tushlarimga ham kirma uyqim qochadi

Men uchun oʻzga yor quchoq ochadi 

Sen meni sogʻinasan hali juda ham...

Oʻtmishga qaytish yoq yoʻq ortga qaytish 

Endi hayotimni qilmayman taftish

Tunlar uyqularingda koʻrib meni tush 

Sen meni sogʻinasan hali juda ham..

Muallif :Dilim.

Dunyo o'zi shunday yaralgan bir kam,

Sinovlarga taslim bo'lmagin hech ham.

Baxtli kunlar kelar, erta yoki kech,

Behuda ko'zlaring yoshlamagin hech.

Sevgi deya qalbing yoqmagin bekor,

Sevaman, deb diling o'rtama zinhor,

5 kunlik dunyoda bilmaylik ozor,

Sevgi deb ko'zlaring yoshlamagin hech.

Do'st ham toliladi omon bo'lsang gar,

Dunyo ham kuladi, sen kulsang agar,

Bu dunyo imtihon bizga birodar,

Dunyo deb ko'zlaring yoshlamagin hech.

Kimnidir butunlay unutdi qalbim,

Kimdir yuragida yashaymiz balkim,

Ota-onangchalik sevolmas hech kim,

Behudaga ko'zing yoshlamagin hech.

????????????????????????????????????????????????

 ???? ROBIYA Rasulova ✍

Hisoblashamiz 

Yuragimdan ketganlar

Meni arzon sotganlar

Ortdan kulib qotganlar

Qiyomatda hisoblashamiz

Pinhon g'iybat qilganlar

Qalbimni og'ritganlar

Ustimizdan kulganlar

Qiyomatda hisoblashamiz

Ishonchimdan chiqqanlar

Har hil gap so'z qilganlar

Gunohimni to'kkanlar

Qiyomatda hisoblashamiz

Yuragimdan ketganlar

Meni arzon sotganlar

Ortdan kulib qotganlar

Qiyomatda hisoblashamiz

Yolg'on qasam ichganlar 

Meni tashlab qochganlar 

Qalbimni qon etganlar 

Qiyomatda hisoblashamiz 

(Muallif ruxsatisiz foydalanilmasin)

✍Mashrabbek Rakhimjonov

TURMADINGIZ SOʻZINGIZGA 

Xushboʻy atir sepib rosa, 

Rom etdingiz oʻzingizga, 

Sevaman deb ichib qasam, 

Turmayapsiz soʻzingizga. 

Ayting menga rostin-dangal, 

Qolayapman koʻyib har gal, 

Sevmas edim balki sizni, 

Bilganimda buni avval. 

Ketayapsiz bilmam qayga, 

Toʻy  qoldimi endi mayga, 

Ruxsatimni olmay turib,

Chiqayapsiz  katta  yoʻlga.

Yoqani ham bordir yengi, 

Siz edingiz meni tengim, 

Sotilmoqda nahot sevgim,

Bir chaqasiz bozorlarga.

Siz edingiz meni borim, 

Kimga aytay endi zorim, 

Karimbekni oʻyin qilib, 

Oʻzgasiga  ketdi  yorim. 

Ayting menga rostin-dangal,

Qolayapman koʻyib har gal, 

Sevmas edim balki sizni, 

Bilganimda  buni  avval. 

Kirolmadim koʻnglingizga, 

Endi chiqmam yoʻlingizga.

Meni qadrim bilmadingiz,

Yomgʻir yogʻsin toʻyingizda.

✍-Karimbek ASATULLAYEV 

Интернет пайдо бўлди, 

Ҳамма ўзини урди, 

Кимдир йиғлади, кулди, 

Кимлардир машҳур бўлди. 

Кимдир телеграм кезди, 

Кимлардир ундан безди,

Ёлғонми, ростми билмай, 

Маълумот дунё кезди. 

Каналларни айтманг хўп, 

Сон-саноқсиз жуда кўп, 

Ундан бунга бошловчи, 

Рекламалар эҳей кўп. 

Севимли каналингдан, 

Кетгинг келмайди ҳеч ҳам, 

Кимлардир қўшиб кўяр, 

Аччиғинг чиқар ҳар дам. 

Баъзан шундай кезларда, 

Спамлаб қўярсанда, 

Ёзолмайди ҳеч кимга, 

Шунда қувонасанда. 

Танишдинг опа-сингил, 

Дўст ҳам ортириб олдинг, 

Сўзлаганда ортиқча, 

Баъзан балога қолдинг. 

Ҳар инсон ҳам ўзига, 

Кераклисин олади, 

Дўст тутган айримидан

Кўнглинг тўлмай қолади.

Профиллар ўзгача, 

Тақводор кўринади, 

Кузатсанг бир куласан, 

Барчаси билинади. 

Эҳ яхшилар шошилманг, 

Интернетдан ёр топманг, 

Аллоҳдан сўранг бари, 

Ҳеч кимсага ишонманг... 

©Ҳаётхоним‌‌‌‌‌‌‌‌‌‌‌‌‌‌‌‌‌‌‌‌‌‌‌‌‌‌‌‌‌‌‌‌‌‌‌‌‌‌‌‌‌‌‌‌‌‌‌‌‌‌‌‌‌‌‌‌‌‌‌‌‌‌

Бир бор сизга эркалик қилиб, 

Қалбимдаги ишққа зўр бериб, 

Ҳеч ошмаган ҳаддимдан ошиб, 

Меникисиз, десам майлими?

Shodiyona????

Миш-мишлари кўп бу дунёга. 

Парво қилма қилма кўзинг нам. 

Севгин жоним севиниб яша. 

Бир сеники бўлиб қоламан

Kamron Nur